O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-mavzu. Sayёh’lar va elchilarning esdaliklari Darsning mazmuni
- 18.2. Sayёx va elchilarni esdaliklari tavsifi. 18.2. 1. ”Risola”
- 18.2.2.“Risolat ul-avval”
- 18.2.4. «İogann Shiltbergerning Evropa, Osiё va Afrika bwylab qilgan saёh’ati»
- 18.2.5. «Samarqandga Amir Temur saroyiga saёh’at kundaliklari» (1403-1406 yy.)
- 18.2.6. İ.D.Xoxlov elchiligi h’ujjatlari
17.2.3. «Mirot ul-mamolik» «Mirot ul-mamolik» («Mamlakatlar kwzgusi») XVI asrda wtgan turk admirali Seydi Ali Reis asaridir. Muallifning twliq ismi Seydi Ali Husayn wg’li, sherlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan ёzgan. Seydi Ali Reis keng malumotli dengizchi bwlib, sultonning Mag’rib dengizi, Wrta Er dengizi da olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va Sinon posho rah’barligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G’alatiyadagi dorussaloxiyi omira, qurol-yarog’ omboriga boshchilik qilganlar. 206 Uning xavf-xatarlar bilan twla sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida Suriyaning Basra shah’ridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, dengizchi wz h’amroh’lari bilan Hindiston, Badaxshon, Movarounnah’r, Xorazm, Dashti qipchoq, Xuroson va İroqi Ajam (G’arbiy Eron)da bwlgan. U wz yurtiga 1556 yilda qaytib borguncha wsha mamlakatlarda kwrgan- bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mirot ul-mamolik» deb atadi. Asarda muallifning kwrgan-kechirganlari, wzi bwlgan mamlakatlarning XVI asr wrtalaridagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli va xalqi h’aqida qimmatli malumotlar uchratamiz. Masalan, Seydi Ali Reis wsha paytlarda Movarounnah’rni egallab turgan Navrwz Ah’mad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya wrtasidagi munosabatlar h’aqida mana bu malumotlarni keltiradi; «Samarqandi beh’ishti monandga doh’il bwldik. Bu erda Navrwz Ah’madxon, yani Baroqxon bilan kwrishib, unga keltirgan faqirona tortig’imizni taqdim etdik. Xon bu faqirga bitta ot, bosh-oёq sarupo marh’amat qildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton Muh’ammad Fotih’) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir miqdor miltiq otuvchilar va bir qancha qala twplari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Samarqand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda xonlik taxtiga wtirgan, Balxda Pirmuh’ammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton wz nomlariga xutba wqitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi biror chora kwrishga qodir bwlmasa-da, keyinroq ularning wzaro nizolaridan foydalangan. Avval Samarqandni olgach, keyin Shah’risabzga borib u erda h’am kwp urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir qancha boshliqlari wlgan. Nih’oyat, Shah’risabz uning qwliga wtgan. Yana u erdan Buxoroga borib shah’arni bir necha vaqt qamal qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonsha bardosh berolmay, Qorakwlni Balx xoni Pirmuh’ammadga bergan. Pirmuh’ammadxon wz inilari yuborib, Qorakwlni qwlga kirgizgan. Oxiri sayyid Burxon dosh berolmay, Baroqxondan omonlik tilab, wrtada sulh’ tuzilgan. Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, wzi Qorakwl ustiga yurgan. Pirmuh’ammadxonning inilari Baroqxondan omonlik tilab, Qorakwlni unga topshirganlar. Baroqxon uni h’am sayyid Burxonga qaytarib, wzi Samarqandga qaytgan... Baroqxonning ёnida atigi 150 ga yaqin rumlik nayzaboz qolgan. Qolganlari uning wg’illari ёnida qolgan». («Mirot ul-mamolik», 101- 102- betlar). Seydi Ali Reisning Qazvinda Eron podshosi shoh’ Tah’mosib (1524-1576 yy.) bilan uchrashuvi h’aqida keltirgan malumotlar wsha yillari Turkiya Shayboniylar davlati va Eron wrtasidagi munosabatlarini tushunishda juda muh’imdir. Asarda xususan mana bularni wqiymiz; «Shoh’ (Shoh’ Tah’mosib) ning elchisi Sobit og’a Tabriz ywli orqali podshoh’ h’azratlari (Sulton Sulaymon soniy qonuniy, 1520-1566 yy.) h’uzuriga bizdan oldin jwnab ketgan edi, shoh’ (shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta chaqirib, kwp suh’batlashdi. Bir kun suh’bat vaqtida «Rum diёri Baroqxonga ёrdam bkrish uchun 300 ta yanichar 112 yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular 112 Яничар –ени (янги) черик, аслзодалар ва ҳарбийларнинг болаларини йиғиб махсус ўтгатилган сипоҳий. 207 Baroqxonga ёrdam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif h’azratlarini qwriqlab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) ywlida xoja Ah’mad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shah’id qilgani sababli, bu ywllar ёlg’iz yurishga xatarli h’isoblanib qolgan edi. Agar ёrdam uchun yuborilganda, faqat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mirot ul-mamolik», 122-bet). «Mirot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib wtgan mamlakat va shah’arlar , ularning osori atiqalari h’aqida h’am qimmatli maxlumotlar keltirilgan. «Mirot ul-mamolik» matnini Ah’mad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 yili İstanbulda chrp etgan. Uni G.Vamberi ingliz tiliga tarjima qilib 1899 yili Londonda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan wzbek tiliga tarjima qilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. 4.Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 17.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 1. Memuar swzning manosini aytib bering? 17.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1. B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 2001. 2. T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. 3. Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. –S. 3-7. 2. Qanday memuar adabiёtlarni bilasiz? 3. Memuar adabiёtlarning tarix fani wrganishdagi ah’amiyati nimada? 18-mavzu. Sayёh’lar va elchilarning esdaliklari Darsning mazmuni: talabalarga yurtimizda bwlgan elchi va sayёxlarning estaliklar twg’risida umumiy malumot berish, ularning tarixni wrganishdagi ilmiy ah’amiyatini ochib berishdan iborat. Reja: 18.1. Sayёx va elchilarning esdaliklarining umumiy xususiyatlari. 18.2. Sayёx va elchilarni esdaliklari tavsifi. 18.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 18.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. Asosiy tushunchalar: Sayёh’, elchi, xotira, kundalik, rasmiy qabul..... 18.1. Sayёh’lar va elchilarning esdaliklari 208 Arab, Xitoy va Rossiya elchilari va sayёh’larining esdaliklarida h’am tariximizni chuqur va atroflicha wrganish uchun zarur daliliy malumotlar kwp. Shu bois esdaliklar h’am muh’im tarixiy manba h’isoblanadi. Shuni etiborga olib, ulardan ayrimlariga qisqacha twxtalib wtishga qaror qildik. Markaziy Osiё Rossiya va uning sarmoyador guruh’larini h’ar jih’atdan; h’arbiy strategik, yani uning Hindiston va Xitoyga yaqinligi, zaminning boyligi va xalqining soddadil va meh’natsevarligi bilan kwp vaqtlandan beri qiziqtirib kelgan. Markaziy Osiё bilan qiziqish, uni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirish ywlidagi h’arakat podshoh’ Mih’ail Fёdorovich (1613-1645 yy.) davridan boshlandi va ikki yuz qirq besh yildan keyin, 1865 yili Qwqon, Buxoro va Xiva xonliklarini bwysundirish bilan yakunlandi. Rossiya h’ukumati wzining bu siёsatini amalga oshirish uchun Markaziy Osiёni yaxshi bilgan, keng malumotli diplomatlari va h’arbiylaridan foydalangan. Ular og’izda savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun, aslida esa mamlakatdagi h’arbiy-siёsiy vaziyatni wrganish, Xiva, Buxoro va Qwqon xonliklarining qwshni davlatlar; Hindiston, Eron, Turkiya va Xitoy bilan qanday munosabatda ekanligini aniqlash va Markaziy Osiё shah’arlariga olib boridigan yaqin va qulay ywllarni belgilash uchun yuborildi. Darslikda 1620 yildan to rus armiyasining Markaziy Osiёga bostirib kirishigacha kechgan ikki yuz yil mobaynida mamlakatimizga Rossiyadan kelib ketgan bazi elchiliklar va h’arbiy mutaxassislarning faoliyatiga qisqacha twxtalib wtiladi. 18.2. Sayёx va elchilarni esdaliklari tavsifi. 18.2. 1. ”Risola” ”Risola” nomli asarni X asrning birinchi yarmida yashab wtgan arab sayёh’i va jug’rofiy fanlar bilimdoni olim va ёzuvchi Ah’mad ibn Fadlan ёzgan. İbn Fadlanni 921-922 yillari Bulg’or, yani Volga bwyi podshoh’ining iltimosiga binoan, bulg’orlar orasida islomni mustah’kamlash, bulg’or podshoh’ligini qwshni xazar h’oqonlarining h’ujumidan h’imoya qilish uchun qalalar bino qilishda ёrdam berish uchun xalifa Muqtadir (908-932 y.) Bag’doddan yuborilgan elchi bilan uning kotibi vazifasida Bulg’orga yubordi. Bag’dod elchilari Bulg’orga Hamadon, Ray, Domg’on, Nishopur, Marv, Poykand, Buxoro, Xorazm, Ustyurt, Ёyiq (Urol) orqali bordilar. İbn Fadlan ana shu saёh’at vaqtida kwrgan va eshitganlari h’aqida “Risola” deb ataluvchi bir kitob ёzib qoldirgan. Asar etnografik malumotlarga boy, unda turli xalqlar, ularning turish-turmushi, mashg’ulotlari xususida qimmatli malumotlar bor. İbn Fadlanning ushbu asari XII-XIII asrlardan buёn jamoatchilikning diqqat etiborini tortgan, tarixchi olimlar undan birinchi manba sifatida foydalanganlar. “Risola”ning aslidan ayrim parchalar Ёqut Hamaviyning “Mwjam ul-buldon” asarida saqlanib qolgan. 1923 yili uning qisqartirilgan tah’riri qwlёzmasi Mashh’ad kutubxonalarining birida topilib, asarni yaqindan, bevosita wrganishga ywl ochildi. 209 İbn Fadlan “Risola“cining arabcha matni 1823 yili Peterburgda, Ёqut Hamaviy asarida saqlangan parchalar asosida va 1959 yili Damashqda nashr qilingan. Asar rus tilida (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr qilingan. 18.2.2.“Risolat ul-avval” “Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) nomli kitob muallifi Abu Dulaf, X asrda yashab wtgan adib, sayёh’ va geograf olimdir. Uning twla Masar ibn Muh’alh’il al-Hazrajiy al-Yanbuiydir. Madinaning mashh’ur h’azraj qabilasiga mansub bwlib, asli Qizil dengizning port shah’ri Yanbulikdir. Abu Dulaf X asr boshlarida Buxoroga kelgan va shoir sifatida Nasr 11 ibn Ah’mad Somoniy (taxm. 914-943) xizmatiga qabul qilingan. 942 yili Buxorodan qaytaёtgan Xitoy elchilariga h’amroh’ bwlib, Sharqiy Turkiston orqali Xitoy poytaxtiga borgan, u erdan Hindistonga wtgan. Muallif Buxorodan Xitoy va Hindistonga qilgan safari vaqtida kwrgan-bilganlari h’aqida “Risolat ul-avval” asarini ёzgan. Olimning Ozarbayjon, Armaniston va Eronning shah’arlari va osori atiqalari h’aqida “Risolat ul-uxro” (“İkkinchi risola”) asari h’am Eronda wsha vaqtda ёzilgan. Ulardan ayrim parchalar Ёqut Hamaviy h’amda Zakariya ibn Muh’ammad Qazviniy asarlari ichida saqlangan. Bu parchalar nemischa tarjimasi bilan birga F.Vyustenfeld (1942) h’amda K.Shlёtser (1844) tomonidan chop etildi. Abu Dulaf va uning asarlari mashh’ur sharqshunos olimlar diqqat etiborini qozongan. “Risolat ul-uxro” rus tiliga tarjima qilingan (1860). 18.2.3. Marko Polo xotiralari Evropalik sayёh’ Marko Polo (1254-1324 yy.)ning 1271-1275 yillari Mwg’uliston va Xonbaliq (Xitoy)ga saёh’at qilgan. U 17 yil davomida Xitoyning kwp viloyatlarini borib kwrgan. U Samarqandda h’am bwlgan va bu h’aqda mana bu malumotlarni qoldirgan; «Samarqand katta, mashh’ur shah’ar. Unda sarasinlar bilan xristianlar h’am istiqomat qiladilar». Marko poloning kitobida Oltin Wrda va Chig’atoy ulusiga qarashli shah’arlar, ularning xalqi h’aqida h’am qimmatli malumotlar keltirilgan. Uning asari 1298 yili ёzilgan va bir qancha Evropa tillariga tarjima qilingan. Asarning ruscha nashri 1955 va 1990 yillari amalga oshirilgan. 18.2.4. «İogann Shiltbergerning Evropa, Osiё va Afrika bwylab qilgan saёh’ati» Bavariyalik ritsar, qurchi İogann Shiltberger Amir Temur davriga oid wz esdaliklarini ёzib qoldirgan. U asli nemis jangchisi bwlib, 1396 yilning 15 sentyabridagi Turklar va Evropaliklar umumiy qwshini wrtasidagi jangda asir olingan va keyinchalik qariyb 8 yil Boyazid 1 ning xizmatida bwlgan. 1402 yilgi Anqara ёnida bwlgan urushda İogann Shiltberger Amir Temur tarafidan asir olindi va Samarqandga olib ketildi. Amir Temur vafotidan (1405 y.) keyin u dastlab Shoh’ruh’, swngra Mironshoh’ va uning wg’li Abubakr mirzo xizmatida bwldi. Shundan boshlab uning Osiё va Afrika mamlakatlari bwylab jah’ongashtaligi boshlandi. İogann Shiltberger qariyb 31 yil mobaynida qilgan 210 «saёh’at»i paytida kwrgan-bilganlarini esdalik sifatida ёzib qoldirgan. Unda juda kwp noaniqliklar, ayrim voqealarni bwrttirib ёki kamsitib ёzishlar bor. Shunga qaramay, İogann Shiltbergerning kundaliklarida qimmatli tarixiy malumotlar, muh’im dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol; 1)Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan Abubakr Mirzo Oltin Wrda h’ukmdorlarining wzaro kurashlariga aralashib turganlar. 2)XU asrning boshida Oltin Wrdaning ichki ah’voli va bunda qudratli amir Edigey (İdiku Wzbek)ning nomi kwrsatib wtiladi. 3)Ozarbayjon, Dashti qipchoq va uning xalqi h’aqida muh’im malumotlar keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon h’aqida bunday malumotlar bor; Tabriz Eronning bosh shah’arlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir xristian davlati topadigan foydadan ortiq. «Sultoniya, Ray, Marog’a, Axlat, Gilon h’am ushbu mamlakatning yirik shah’arlaridan... Rayning xalqi boshqalardan shu bilan farq qiladiki, u Muh’ammadga emas, balki Aliga imon keltiradi. Ularni rofiziylar 113 deb ataydilar». Dashti qipchoq va uning xalqi h’aqida İogann Shiltbergerning «Esdaliklari» da mana bunday gaplar bor; «Men, shuningdek, Buyuk Tataristonda 114 h’am bwldim. Xalqi don ekinlaridan faqat tariq ekadi. Ular umuman non va vino istimol qilmaydilar. Vino wrniga ot va tuyaning sutini ichadilar, shu va boshqa h’ayvonlarning gwshtini uydilar ...Yana shuni h’am aytish kerakki, xon saylashda uni oq kigizga wtqizib, uch marta kwtarib erga qwyadilar, swng chodir atrofida aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxtga wtqazadilar.» Umuman, bu kitob Sharqiy Evropa, Kichik Osiё, Eron, Movarounnah’r, Dashti qipchoq, İroq, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalqi h’aqida ayrim, diqqatga sazovor malumotlar beradi. İogann Shiltbergerning mazkur asari «İogann Shiltbergerning Evropa, Osiё va Afrika bwylab qilgan saёh’ati (1394- 1427 yy.)» deb ataladi va uning rus tilida (nemischa nashri 1859 yili amalga oshirilgan) uchta yaxshi nashri bor. Birinchis Odessa Universitetining profkssori F.K.Braun tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi Z.M.Bunёdov 1984 yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga oshirilgan. 18.2.5. «Samarqandga Amir Temur saroyiga saёh’at kundaliklari» (1403-1406 yy.) Lui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga Amir Temur saroyiga saёh’at kundaliklari» asarida XV asr boshidagi Movarunnah’rning ichki ah’voli, uning obod shah’ar va qigloqlari, xususan Shah’risabz va poytaxt shah’ar Samarqand h’aqida, Amir Temur saroyidagi udumlar, soh’ibqironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan wrni h’aqida muh’im malumotlar keltiriladi. Masalan, Kesh (Shah’risabz) h’aqida Klavixoning «Kundaliklar»ida quyidagilarni wqiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, 113 Рофизийлар - ғайридинлар. Сунна мазҳабидаги мусулмонлар шиаларни шу ном билан атаганлар. 114 Буюк Татаристон – европаликлар Дашти қипчоқ (Иртиш дарёсининг бошланишидан Днепр дарёсигача бўлган ерлар)ни ХI . асрдан юошлаб шундай атаганлар. 211 tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shah’ar oldiga kelib twxtadik. Shah’ar h’ar bir tarafini soy va ariqlar kesib wtgan tekislik erda joylashgan ekan. Shah’arning tevaragi obod qishloqlar va bog’lar bilan wralgan edi. Uning tevarak atrofi h’am tekis bwlib, kwpgina obod qishloqlar, nah’rlar, wtloqlar bor. Ёzda bu er juda chiroyli. Sug’oriladigan erlarida bug’doy, uzum, paxta, qovun- tarvuz etishtiriladi, katta mevali daraxtlar wsadi. Shah’ar paxsa devor va chuqur xandaq bilan wralgan, darvozalari qarshisida osma kwpriklar wrnatilgan. Temurbekning asli Keshdan. Otasi h’am shu erda tug’ilgan. Katta imoratlar va masjudlar kwp. İmoratlardan biri, Temurbek h’ali qurib bitirmagan juda katta saroy, uning ichida katta bir maqbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta maqbara h’am bwlib, uni Temurbek wzi uchun qurdirgan. Lekin u h’ali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda bwlganida uni kwrib ёqtirmagan, chunki eshiklari past qilib qurilgan ekan. Temurbek uni qaytadan kwrishni buyurgan. Hozir qurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, mazkur maqbara ichida h’ozir uning Jah’ongir ismli twng’ich wg’li ёtibdi. Masjid bilan maqbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan qoplangan, sah’ni katta va unga daraxtlar ekilib, h’ovuzlar qurilgan. U erga Temurbekning amri bilan h’ar kuni, otasi va wg’lining ruh’ini ywqlab yigirmata pishirilgan qwy gwshti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon ёzib, kwp gwsht va mevalar tortib ziёfat qiladilar. Ziёfatdan keyin ularni katta bir qasrga olib borib joylashtirdilar. Ertasiga, juma kuni, elchilarni Temurbekning amr-farmoni bilan qurilaёtgan katta bir saroygva olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish ywli uzun, darvozalar baland. Kirishda, darvozalarining wng va swl tarafida pishiq g’ishtdan qurilgan va h’ar xil naqshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan peshtoq bor. Peshtoq ostidagi supalarda Temurbek saroyda bwlgan paytlarda soqchilar wtirgan. Birinchi darvozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi va ulardan wtib saroyning sah’niga wtiladi. Ustiga oq marmar ёtqizilgan va atrofi bezatilgan ayvonlar bilan wralgan katta h’ovliga kiriladi. Hovli wrtasida katta h’ovuz bor. Hovlining sah’ni eniga uch yuz qadam keladi. Saroyning eng katta xonasiga shu h’ovli orqali kiriladi. Unga katta ywlak va oltin suvi berilgan, lojuvard va koshin bilan qoplangan, katta sanat bilan ishlangan udkan va baland eshik orqali kiriladi. Eshik tepasida, uning wrtasida, quёsh fonida turgan sher tasviri tushirilgan. Bu Samarqand podshosining gerbidir...Shu eshik orqali twrtburchak, oltin, lojuvard va boshqa rangdagi koshinlar bilan qolangan qabulxonaga kiriladi...» Klavixoning bu h’ikoyasida Amir Temur Shah’risabzda qurdirgan mah’obatli va gwzal Oqsaroy kishini kwz oldida namoёn bwladi. Lekin, Klavixo bwlgan paytda, saroy qurilishi h’ali oxiriga etkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl moh’iyatini, ne maqsadda qurdirilganligini birdan anglash qiyin bwladi. Jumboqni taxminan 90 yil wtib ketgan Zah’iriddin Muh’ammad Bobur echib bergan. Uning swzlariga qaraganda h’azrat soh’ibqiron Keshni boshda poytaxt qilmoqchi bwlgani uchun oqsaroyni h’am podshoh’ning ah’lu oilasi 212 bilan, turar joyi h’amda davlat muassasalari joylashgan rasmiy qarorgoh’ sifatida qurdirgan. «Boburnoma»da, masalan, mana bunday deyilgan; «Temurbekning zobu budi Keshdin (bwlg’oni) uchun shah’ar va poytaxt qilurg’a kwp say va eh’timollar qildi, oliy imoratlar Keshga bino qildi. Wzining devon wltirur uchun bir ulug’ peshtoq va uning ёnida va swl ёnida tavochi beklar wlturub devon swrar uchun, ikki kichik peshtoq qilibdur. Yana savrun eli wltirur uchun bu devonxonaning h’ar zilida kichik-kichik toqchalar qilibdur. Muncha oliy toq olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidin bu biyiroqdur». Klavixo Amir Temurning otasi va xotinlari h’aqida h’am wta qimmatli malumotlar keltirgan. Masalan, amir Tarag’ay bah’odir h’aqida bunday deydi; «Temurbekning otasi oliyjanob odam bqlgan, chig’atoy urug’idan. Maishati wrtacha bwlgan. Uch-twrt yigit bwlib, Shah’risabzdan kwp h’am olis bwlmagan qishloqlarning birida yashagan.» Hazrat soh’ibqironning xotinlari qabul marosimlari va podshoh’ning majlislarida erkaklar bilan bir qatorda ishtirok etganlar. Klavixo Amir Temurning xorijiy mamlakatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlaridan biri h’aqida h’ikoya qilar ekan, unda h’azrat soh’ibqironning xotinlari Saroy mulk xonim (Kano), kichik xotini Chwlpon Malik va katta kelini Xonzoda begofimlar h’ozir bwlib, Amir Temurning ёnida wtirganlar. Temur wz davrida qonun ustivorligini, u h’amma uchun barobar ekanligini taminlagan davlat arbobi edi. U etti yillik (1399-1404 yy.) arbiy yurishdan qaytib kelgach, bozor maydonida mansabini suiistemol qilgan bir vazirni, molini ortiq narxda sotgan ber necha kosibni h’ammaning oldida tergab- tkushirib jazoga buyurgani malum. Bu voqeani wz kwzi bilan kwrgan Klavixo bu h’aqda quyidagilarni h’ikoya qiladi; «Podshoh’ birinchi bwlib, wzining mashh’ur vazirlaridan birini jazoga tortdi. Temurbek etti yillik yurishga ketaёtib uni davlat tepasiga qwyib ketgan edi. Temurbek ywq paytida wsha vazir, aytishlaricha, wz mansabini suiistemol qilgan...Temurbek bazi dwkondorlarni, gwshtni qimmat bah’oda sotgan qassobni, molini ortiq bah’oda sotgan maxsidwzlarni, etikdwzlarni h’am jazoga buyurgan». Klavixoning «Kundaliklar»ida Samarqand osori atiqalari va bozorlari, u erga kwp mamlakatlardan olib kelingan mollar h’aqida h’am wta qimmatli malumotlar keltiradi. Klavixoning asari bir necha bor ispan tilida nashr etilgan, bir necha evropa tillariga, ikki marta rus tilida, oxirgi marta 1990 yili İ.S.Mirokova tarjimasida chop etilgan. 1881 yilgi K.İ.Sreznevskiy tarjimasi asosida kitbni Ochil Tog’aev wzbek tiliga tarjima qilgan. 18.2.6. İ.D.Xoxlov elchiligi h’ujjatlari İvan Danilovich Xoxlov XVII asrda wtgan istedodli rus diplomatidir. Uning h’aёti va faoliyatini wrgangan yirik rus sharqshunosi olimi N.İ.Veselovskiy (1848-1918 yy.) keltirgan malumotlarga kwra 115 , İ.D.Xoxlov 115 Веселовский Н.И. Иван Данилович Хохлов (русский посланник в Персии и Бухаре в ХУ111 веке)/ЖМНП, ч. 273. – Москва; 1891.-с. 48-72. 213 asli qozonlik bwlib, aslzoda (boyarin) oilasida dunёga kelgan. Uning h’aqidagi dastlabki malumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. İ.D.Xoxlov wsha vaqtda og’asi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bwlgan va Qozondagi wqchilar qismiga bosh bwlib turgan. 1600 yili yurtiga qaytib ketaёtgan Eron elchisi Pirqulibekni Qozondan Saratovgacha (shah’arga 1590 yili asos solingan) kuzatib qwygan. 1606 yili İ.D.Xoxlov og’asi Vasiliy h’amda voevoda Golovin bilan birgalikda Terekka, uning xalqini yangi podshoh’ Vasiliy İvanovich Shuyskiy (1606-1610 yy.)ga qasamёd qildirish uchun .boriladi. Lekin terekliklar yangi rus podshoh’ini tan olmaydilar, İ.D.Xoxlovni bwlsa qattiq dwpposlab, qamab qwyadilar. Malum vaqt wtib terkliklar İ.D.Xoxlovni soqchi qwshib Astraxanga jwnatib yuboradilar. Shu tariqa u Astraxanda etti yil, 1613 yilgacha qamoqda wtirdi. 1617 yili Astraxanda h’okimiyat ataman İ.V.Zarutskiy qwliga wtdi va u İ.D.Xoxlovni ozod qilib, Eronga shoh’ Abbos 1 (1587-1629/30 yy.) h’uzuriga elchi qilib yubordi. Ataman Zarutskiy shoh’dan pul, oziq-ovqat va askar bilan ёrdam berishini swradi va Moskvani egallagandan keyin Astraxanni unga inom qilajagini bildirdi. Shoh’ Abbos I boshda bunga kwndi va atamanga 12 tuman naqd pul va katta miqdorda oziq-ovqat yuborishini vada qildi. Lekin keyincha wz elchisi xoja Murtazodan ataman Zarutskiy isёni barbod bwlgani va toj-taxt Mixail Fёdorovich qwliga wtganini, Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va Mixail Tixanov boshliq yangi elchilar kelgani h’aqidagi xabarni eshitgandan keyin, fikridan qaytdi. Shoh’ Rossiya elchilarini katta sovg’a-salomlar bilan qaytarib yubordi. Wshanda İ.D.Xoxlovga h’am ketishga ijozat berdi. Lekin, Vladimirga etganlarida podshoh’ning amri bilan uni tutib qoldilar. 1615 yilning iyul oyida, Astraxanda Zarutskiy isёni bartaraf qilingandan keyin, İ.D. Xoxlovning gunoh’idan kechdilar va uni qwyib yubordilar. İ.D.Xoxlovning taqdiri 1620 yilgacha qanday bwlgani bizsha malum emas. Eh’timol, shu davr ichida u Qozon h’okimi (voevodasi)ning xizmatida bwlgan. 1620-1622 yillari u podshoh’ning farmoni bilan Markaziy Osiёda, Buxoro va Xiva xonliklarida bwldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga qaytgandan keyin İ.D.Xoxlov bir muncha vaqt Moskvada istiqomat qildi, 1623 yilning boshlarida unga Qozonga qaytishiga ijozat berildi h’amda voevoda Odoevskiyning xizmatida bwldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga chaqirib oldilar va Buxoro va Xiva xonliklari h’aqidagi malumotlarni tartibga solish h’aqida topshiriq oldi. İ.D.Xoxlovning h’aёtga oid swnggi malumot 1629 yilga tegishli. Wsha yili Eron elchisi Muh’ammad Silibek va Eronning savdo karvonini Qozondan Moskvagacha va Moskvadan Qozongacha kuzatib qwygan. İ.D.Xoxlovdan ikki muh’im h’ujjat; podshoh’ning maxsus topshirig’i (nakaz) va İ.D.Xoxlovning Buxoro va Xiva xonliklarining ah’voli h’aqida podshoh’ga ёzgan axboroti (Stateynıy spisok) qolgan. Birinchi h’ujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar h’aqida swz boradi. Uning vazifasi eng avvalo, h’ar ikki xonlik h’ukmdorlarini Rossiya bilan dwstlashish, savdo va bordi-keldi aloqalarini wrnatishga kwndirish, xonlarni 214 Rossiya qudratli davlat ekanligi va uning boshqa nufuzli mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod qilish, h’ar ikkala xonlik wrtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron, Turkiya va Gruziya bilan munosabatlar qanday ekanligini aniqlash, tabiiy boyliklari va h’arbiy qudratini aniqlashdan iborat bwlgan. İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasi (Posolskiy prikaz)ga ёzgan axboroti (Stateynıy spisok)ga qaraganda, u wziga yuklatilgan vazifaning katta qismini bajargan. Masalan, İmomqulixon wz ixtiёridagi 23 rus asirini ozod qilgan. Boy- badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar qwlidagi asirlar xususida İmomqulixon elchiga «ularni qidirishga h’ozircha fursat ywq, xizmatkori (Toshkent h’okimi Tursunxon) isёnini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu iltimosini bajaramiz va topganlarimizni wzimiz yuboramiz», deb vada bergan. Har ikkila xonlikdagi ichki vaziyat h’aqida h’am Rossiya elchisi kwp malumotlar twplashga muvaffaq bwlgan. Elchining axborotida, masalan, quyidagilarni wqiymiz; «...(biz Buxoroda bwlgan paytda) Buxoro xoni bilan Toshkent h’okimi wrtasida urush boraёtgan edi. Xon unga qarshi wzining katta amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jwnatdi. Shulardan 10 ming navkarini Toshkent h’okimi urushda h’alok qildi. Shundan keyin İmomqulixonning shah’zodalari borib Tursun sultonning yigitlarini mag’lubiyatga uchratdilar. İkki wrtadagi urush h’ali bir ёqlik bwlgani ywq...» İmomqulixon Rossiya elchisi kelib-ketgan vaqt ichida wzaro urushlar va isёnlar tufayli Balx bilan Samarqandda turdi. Shu vaqt ichida elchiuni ikki marta borib kwrdi,-birinchi marta, Buxoroga kelgandan wn kun keyin, ikkinchi marta yurtiga qaytib ketishi, yani 1622 yil 3 avgust oldidan. İ.D.Xoxlovning axborotida wqiymiz; «Xon wsha vaqtlarda Samarqandda emas edi. İnisi Nadr h’uzuriga qochib borib turgan edi.» İmomqulixon Samarqandga İ.D.Xoxlov Buxoroga kelgandan bir h’afta wtgandan keyin, qaytib keldi. Lekin qattiq og’rib qoldi. Rus elchisi bilan muzokarani Nadr devonbegi olib bordi. Muzokaralarda kwtarilgan asosiy masala qalmoqlar, nwg’aylar, shuningdek rus asirlarini ozod qilish masalasi bwldi. Rus asirlari xususida Nadr devonbegi elchiga bueday javob berdi; «İmomqulixon sizga quyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshqalarini inshoalloh’, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin qidirtirib topadi va yurtiga jwnatib yuboradi. Sizning podshoh’ingiz h’am shu tarzda ish tutib, qwlidagi İmomqulixonning odamlarini bwshatib yuborsin». Buxoro va Xiva xonliklarining ichki ah’voli h’aqida h’am İ.D.Xoxlov muh’im malumotlar twplagan. Uning malumotlaridan malum bwlishicha, mamlakat wzaro urushlar iskanjasida qolgan, Balx, Toshkent va Samarqand ustida turgan noiblar markaziy h’ukumatga bwysunishdan bosh tortib, wzlarini mustaqil tutaёtganliklari natijasida Buxoro h’ukumati kuchsizlanib qolgan. Xiva xonligida h’am aynan shunday vaziyat h’ukm surar edi. Bu erda Arab Muh’ammadxon (1602-1623 yy.) bilan uning wg’illari Avanesh va İlbors wrtasida toj-taxt uchun kurash borardi. İ.D.Xoxlovning Elchilar mah’kamasiga ёzgan axborotida wqiymiz; «Urganch zaminida isёn boshlangan. Arabxonning wg’illari Avanesh va İlbors (otasini) tutib olib kwziga mil tortganlar. 215 Arabxonning boshqa wg’illari; Abulg’ozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni h’uzuriga qochib ketganlar». Rossiya elchisi Xiva xonligi h’ududlariga Ёyiq (Wrol) kazaklari va qalmoqlarning tez-tez qilib turgan talonchilik xurujlari h’aqida muh’im malumotlar keltiradi. Bu h’aqda İ.D.Xoxlovning malumotnomasida mana bularni wqiymiz; «İvan Bovatda (Bog’otda) tutqinda turgan paytda Urganchga qarashli kwchmanchi xalq ustiga bosqinlar rus kazaklari Trenka Us va uning odamlari bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj qildilar, kwp odamlarni wldirdilar, kwplarini asir olib ketdilar...Urganch erlariga qalmoqlar h’am kwp bor bostirib kirib, kwplarini wldirgan». Rossiya elchis xabarnomasida Buxoro, Xiva shah’ar va qishloqlarining umumiy ah’voli h’aqida h’am muh’im malumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan paytda ancha xarobalikka yuz tutib qolgan edi. Elchining swzlariga qaraganda, bunga tinimsiz wzaro urushlar, toju taxt uchun kurash va qozoq, qalmoq va ёyiq kazaklarining tez-tez qilib turgan xurujlari sabab bwlgan. Malumotnomada bojxona twlovlari h’aqi İ.D.Xoxlovda qimmatli malumotlar uchratamiz. Bojxona h’aqi, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga wtgandagina emas, balki bir mamlakatning wzida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga wtganda h’am olingan. İkkinchidan, u naqd pul bilan h’am, mol bilan h’am twlangan. Masalan, h’ar bir yukdan 33 parcha mato h’ajmida boj olingan. Shuningdek, İ.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Hindiston va Eron bilan bwlgan munosabatlari h’aqida h’am ayrim malumotlar twplagan. Masalan, uning xabarnomasida bunday gap bor; «İmomqulixonning, Balx xoni Nadr Muh’ammadning qizilboshlar podshoh’i shoh’ Abbos bilan aloqasi ёmon. Ular (bir-birlari bilan) urush h’olatidadirlar. Hozirgi paytda ular orasida urush bwlaёtgani ywq. Tinchlik h’am wrnatilmagan. Urushning ywqligi sabab, shoh’ bilan Hindiston wrtasida (Qandah’or uchun) urush bormoqda». Buxoro va Balx xonlari bilan Hindiston wrtasida h’am munosabatlar aynan shu vaqtda yaxshi bwlmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharh’laydi; «Buxoro xoni İmomqulixon Hindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balx xoni Nadr Muh’ammadxon bwlsa uni (Buxoro elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan Hindiston podshoh’i u bilan savdo aloqalarini wzdi, savdogarlarni Balx bilan Buxoroga yubormay qwydi, Buxoro savdogarlariga Hindiston mollarini olib ketishni man qildi...» İ.D.Xoxlovning guvoh’lik berishicha, Xiva xonligi bilan Eron wrtasidagi munosabatlar h’am wsha paytlarda yaxshi bwlmagan. U, masalan, ёzadi; «Urganchliklar shoh’ Abbos bilan yaxshi munosabatda emaslar. İvan (Xorazmda turgan) xonzoda İlbars qizilboshlarga qarashli Obivardga h’ujum qilgan, obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir qilib h’aydab ketgan...» Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling