O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlar Xiva xotiralari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
- 18.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.
- 19.2. Mah’alliy manbalar.
- 19.4. Rasmiy h’ujjatlar va ushbu davr twg’risidagi adabiёtlar.
- 19.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.
- Asosiy tushunchalar
18.2.13. Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlar Xiva xotiralari Sirdarёning quyi oqimidagi shah’ar va qishloqlar, Orol dengizini wrganish uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, er wlchovchi İ.Muravinlar yuborilgan. Orskda olgan kwrsatmaga binoan, ular 1717 yili Pёtr I zamonida Rossiya tobeligiga wtgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa Eron podshoh’i Nodirshoh’ bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev bilan Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va tog’asi Niёz bilan birga Orolga jwnab ketdilar va xon h’uzuriga etib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. Wsha vaqtda Abulxayr xon deb elon qilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr kuni Nodirshoh’ h’uzurida bwlganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva Rossiyaning tabaqalari ekanligini aytib, Xivaga meh’ru shavqat qilinishini swraganlar. Zobitlarning swzlariga qaraganda, ularning iltimosi ijobat topgan. Lekin ular Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. Shunday bwlsa-da, Abulxayr shlh’dan chwchib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga qochib ketdi. Bu erda kwp tortishuvdardan keyin Nurali xon deb elon qilindi. Abulxayr Gladishev bilan Muravinni olib Odam ato arig’i bwyida joylashgan eski wrdasiga qaytdi. Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka qaytib keldilar. Ularning mazkur saёh’ati paytida twplagan malumotlari «Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax poruchikom Gladishevım i geodezistom Muravinım, İRGO, vıp.1U, -SPb.,1850, s.519-599» deb atalgan. Gladishev va Muravin twplagan malumotlarning ah’amiyati shundaki, ularda Orol dengizining soh’illari, Xorazmning Xiva, Shoh’temir, Xojayli, Xonqa va Shovot shah’arlari h’aqida, shuningdek, wzbek, qozoq, qoraqolpoq va turkman ah’olisi h’aqida ayrim malumotlar keltirilgan. Bulardan bazilari keltirildi: Gladishev h’amroh’lari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon qarorgoh’iga olib bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari wltirishgan ekanlar. Xon Gladishevdan swradi: «Sen qaerdan bwlasan?» Nladishev javob qildi: «Meni imperator h’azrati oliylari jwnatdilar, marh’amatli maktub bilan»,- dedi va maktubni xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muh’rini peshonasiga surdi va uni ёzib (kotibiga) uzatib, «h’ammaning h’uzurida wqi!» deb buyurdi. Maktub wqib bwlingach, h’uzurida wltirganlarga qarab dedi: «Kwrdilaringmi, umid bog’lab turgan oldimdagi chirog’ni kwryapsizlarmi? Shu nur ёrdamida sizlarni (Nodirshoh’dan) h’imoya qilmoqchiman». Shundan keyin menga qarab dedi: «Sening h’aqingda eshitganman. Ywlda senga ozor etkazibdilar. Huzurimga eson-omon etib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim. Chunki, malumki, Eron podshosi Nodirshoh’ Xiva shah’rini egallash uchun kelaёtir. Men esam wzim h’am, bu shah’ar h’am men kabi imperator h’azratlarining qwl ostida bwlishni istaymiz. Men uning h’uzuriga bormoqchiman. Sening h’am uning h’uzuriga borishingga twg’ri keladi. İmperator h’azratlarining sen olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, 232 toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob qildi: «İen sizning h’uzuringizga yuborilganman. Shunday bwlgach, sizning amr- farmoningizda bwlaman». Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini, xususan er wlchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va imperator oliy h’azratlari jwnatgan maktubni qwllariga berib, ularga maktub bilan twrt odamni – orollik bir qoraqalpoq va bir qozoqni qwshib, Eron podshoh’i h’uzuriga jwnatdi. Shoh’ wsha vaqtda Xivadan 35 verst narida joylashgan Xonqada turgan edi. Ular shoh’ga «Abulxayr)xon imperator h’azratlarining tabaqasidir, ushbu shah’arni h’am u wz tobeligiga qabul qildi», dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoh’i Rossiya imperiyasi bilan ittifoq tuzmoqchi emish. Shu sababdan u Xivani va unga qarashli erlarni talon-taroj qilmaydi», degan xabarni etkazishlari lozim edi». D.Gladishevning Xivada istiqomat qilib turgan rus asirlari h’aqida keltirgan malumotlari h’am wta muh’imdir. U ёzadi: «Wsha erda asirda bwlgan Ёyiq kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasidan asirga tushib qolgan ruslar, qalmoqlar va boshqa erliklarning soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Bah’orda ularni Xiva tevaragidagi ariqlarni tozalashga h’aydab boradilar. Orolda shunday asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Qozoq va Qoraqalpoq wrdalarida yashab turibdilar...» Sheldeltog’da h’am rus asirlari turadilar. Wsha tog’da kumush va oltin konlari bor. Qazilgan rudalarni tekshirib qaraganlarida uning uchdan bir qismi sof oltin bwlib chiqdi. Buni aniqlangan odam Sherg’ozixonga borib aytdi. Xon uni tiriklayin kwmib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshqa birovga borib aytmasin, deb». Xivaliklarning kasb-kori h’aqida h’am Gladishev ayrim malumotlar keltirgan: «Ular,-deb ёzgan edi u,-bwg’doy, arpa, jwxori, tariq, kunjut, paxta va tamaki ekadilar. Eri, bazi erlari qumloq, bazilari loyqadan iborat, sug’orib ekadilar. Uni h’wkiz bilan h’aydaydilar... Chorvalari: tuya, ot, mol, arg’umoqlar va oddiy otlar, eshak, qwy, echki. Qushlari: wrdak, tovuq. Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut. Poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, turp, sholg’om, karam, piёz etishtiriladi. Daraxtlar: sada qayrag’och, terak, tol ...wsadi. Shuningdek, tut meva beradi, bargi bilan pilla qurti boqiladi. Xivada mis pul zarb qilinadi, miltiq dori tayёrlanadi... Qamish va beda etishtiriladi. Darёlarida: Sirdarё, Quvondarёda, Ulug’ darёda kechuvlar bor. İkki sajenlik, ikki yarim sajenlik qayiqlar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab wtish mumkin...Sirdarё bilan Ulug’ darёda baliq kwp. Qamishzorlarda bars, bwri, shag’ol,tulki kabi yirtqich h’ayvonlar yashaydi». Rossiya uchun Orol dengizining iqtisodiy va h’arbiy-strategik ah’amiyati katta edi. Shuning uchun h’am Orol flotiliyasining boshlig’i kontr-admiral 233 A.İ.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini wrganish va uni tavsiflash vazifasi yuklatildi. A.İ.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (twla nomi «Dnevnıe zapiski plavaniya po Aralskomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka k pechati E.K.Betgera.-Tashkent: 1953) baёn etilgan. Uning ёzishicha, «Orol dengizi tinch dengizlardan bwlmay, ayniqsa shamol turgan paytida panoh’ topish qiyin». «Uning G’arbiy soh’ilini suratga tushirishni Qumsuat qwltig’idan boshladik. Qumsuatdan boshlab menga dengiz chuqurlasha boshlaganday tuyuldi...» Butakov wshanda Orol dengizini va uni bandargoh’ qurish mumkin bwlgan erlarini qarichma-qarich wlchab chiqdi. Umuman, kontr-admiral Butkvoning kuzatishlari, Rossiya h’ukumatiga kelajakda dengizda h’arbiy va savdo floti qurish mumkinligini kwrsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdarё va amudarёda h’am kemalar qatnovini ywlga qwyishga va bu bilan Koshg’ar va Hindistonga suv ywlini ochib berish imkonini berar edi. (B.Ah’medov. 348 bet) 18.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1. B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 2001. 2. T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 3. Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. –S. 3-7. 18.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 1. Elchi va sayёxlarning asosiy maqsadi nima? 2. Elchi va sayёxlar esdaliklarida qanday masalalar ёritiladi? 3. Elchi va sayёx esdaliklarini tarixni wrganishdagi ilmiy ah’amiyati nimada? 19-mavzu. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davriga oid manbalar Darsning mazmuni: Turkiston wlkasining chor Rossiyasi mustamlakasiga aylanishi, uning sabablari, mustamlakachilik tuzumining xalqlar boshiga solgan zulmu bedodliklari twg’risidagi tarixiy manbalar asosiy xususiyatlari, ularning ilmiy ah’amiyati talabalarga tushuntiriladi. Reja: 19.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar. 19.2. Mah’alliy manbalar. 19.3. Rossiya manbalari. 19.4. Rasmiy h’ujjatlar va ushbu davr twg’risidagi adabiёtlar. 234 19.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 19.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. Asosiy tushunchalar: Chor Rossiya, Turkiston wlkasi, mustamlaka, oq podshox, mardikor. 19.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar. Movarounnah’rdagi yirik davlat bwlgan Buxoro va Xiva xonligi XVIII asrning birinchi yarmida Eron shoxi Nodirshox tasir doiraisga tushdi. 1753 yili Nodirshoxni vasiy sifatida tan olgan Muh’ammad Rah’im wzini Buxoro amiri deb elon qildi va 1920 yiligacha xukm surgan mang’itlar sulolasiga asos soldi. Fag’ona vodiysida yashab turgan wzbek qabilalaridan biri minglar wz etakchisi Shoxruxbiyni xokimiyat tepasiga kwtardilar va Qwqon xonligi tashkil topdi. XIX asr boshida Muh’ammad Raximxon avval (1806-1825) mustaqil Xiva xoni sifatida mustaqil faoliyat kwrsata boshlaydi. Shunday qilib, XVIII oxiri XIX asr boshlarida Movarounnah’rda uchta mustaqil davlat faoliyat kwrsata boshlaydi. Rossiya iqtisodiy va h’arbiy qudratga erishishi munosabati bilan uning Qwqon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga bwlgan munosabatida istilochilik ruxi ustun kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan wlkani zabt etishga kirishdi. 1860 yili Rossiya Qwqon xonligiga qarshi elon qilinmagan urush boshladi. Polkovnik Mixail Chernyaev 1864 yili avliё ota shaxri tomon yurish boshladi va shaxarni egallab, general darajasiga kwtarildi. 1865 yil general M.Chernyaev Toshkentni egalladi. 1866 yili general M.Chernyaev Buxoro amirligiga qarshi istilochilik h’arakatlarini boshladi va 2 yil davomida uning yarim xududining egalladi. Rossiya xukumati yangi bosib olingan erlarni boshqarish uchun va bu h’arakatni davom ettirishni muvofiqlashtirish uchun 1867 yilning 11 iyulda Turkiston general gubernatorligini tasis etdi va uning rah’bari etib general K.P.fond Kaufanni (1867-1881) tayinladi. 1872 yil oxirlarida h’arbiy vazir boshchiligiga Peterburgda Turkiston, Orenberg, general – gubernatorlari va Kavkazdagi podshox noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. 1873 yili may oyida ruslar Xiva shaxrini egallaydilar. Bu esa kuchayib boraёtgan Rossiya davlatining osonlikcha wlkani wz tasir doirasiga wtkazish imkonini berdi. 1917 yilgi Sank-Peterburgda yuz bergan Oktyabr twntarilishi Rossiya davlati tarixida Shwrolar h’ukmronligiga asos soldi. Bu davrda yuz bergan voqealar bir toionda wsha davr rasmiy h’ujjatlarida mah’alliy xalq vakillari va rosiyalik mualliflar tomonidan turlicha ёritilgan. Mana shuning uchun h’ar manba aloh’ida wrganilishi, turli tomonlar qarashlari wzaro qiёsiy tah’lil qilinishi maqsadga muvofiq. Ushbu davr voqealari keyingi davr adabiёtlaridan h’am turlicha talqin etib kelindi. Chunki ularga siёsiy tuzum 235 tazyiqi juda kuchli edi. Wzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan mustamlaka bavri tarixini xolislik va odilona tarzda ёritish imkoni yaratildi. 19.2. Mah’alliy manbalar. Bu davrda «Afzal at-tavorix», «Tarixiy Umarxon», «Risolai askariya», Hakimxon Turani «Mumtaxab ut-tavorix», Mulla Niёz Muh’ammadning «Tarixiy Shoxruxiy», Avaz Muh’ammad attorning «Tarixiy jaxonnamoiy», Muh’ammad Solixning «Tarixiy jadidayi Toshkand», Mullo Yunusjon Munshiyning «Amiriy Lashkar Alimkul tarixi» kabi asarlar Qwqon xonligida, «Tuxfat ul-xoniy», «Tarixiy amir Xaydar», «Fatxnomai sultoni», «Mang’itlar xonadoni tarixi», «Wzbek podshoxliklari zikri», Mirzo Abdullazim somining «Tarixi Salitin mang’itiya», «Tarixiy Salotini mang’itia uzbakiia va ashtarxonia», «Shajarai xusravi Komkor» nomli asarlar Buxoro amirligida, Munisning «Firdavs ul-iqbol», Muh’ammad Rizo Ogah’iyning «Riёz ud-davlat», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi al-voqioti sultoniy», «Gulshan ud-davla», Baёniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», «Xorazm tarixi», «İqboliy Feruziy» tarixiy asarlar Xorazmda yaratildi. Xorazmda yaratilgan tarixiy asarlar wzbek tilida yaratilganligi bilan diqqatga sazovor. Bundan tashqari Xorazmlik olim va tarjimonlar kwplab tarixiy asarlarni wzbek tiliga tarjima qilganlar. Umaman mustamlakachilik arafasida va bu davrda kwplab maxalliy tarixchilar bwlib wtgan siёsiy voqealarga wz munosabatlarini bildirganlar. Bugungi kunda ushbu manbalardagi qimmatli malumotlarni boshqa manbalar bilan qiёsiy wrganish asosida tarixni xolis va odilona ёritish mumkin. 19.3. Rossiya manbalari Mustamlakachilik davriga oid Rossiya manbalari deganda birinchi galda Chor Rossiyaning rasmiy idoralari, tashqi ishlar vazirligi rus amaldorlarining xotiralari h’amda rus tarixchilarning asarlarini tushunamiz. Chor Rossiyaning ramiy idoralarining Turkistonni zabt etilishi va mustamlakaga aylantirilishiga oid kwplab qimmatli malumotlar mavjud. Ammo ular yaxlit h’olda chop etilmagan. Bu manbalarda Wzbekiston yangi tarixining birinchi jildi «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlachiligi davrida» (Tashkent 2000 g.) malum darajada foydalanilgan. Lekin ularni katta tarixiy ilmiy ah’amiyatga egaligini nazarda tutgan h’olda chop etilishini maqsadga muvofiqdir. 19.4. Rasmiy h’ujjatlar va ushbu davr twg’risidagi adabiёtlar. Turkiston wlkasining rus mustamlakachiligi va shwro h’ukmronligi davrida kechgan mazlumona h’aёti tarixiy-ilmiy adabiёtlarda, qay nuqtai- nazardan bwlmasin, h’arh’olda, nisbatan twlaroq ifoda etilgan, deyish mumkin. Bu adabiёtlarni mazmun va moh’iyat etibori bilan twrt davrga ajratish twg’ri bwladi. Birinchi davr asosan 1917 yilgacha ёzilgan tadqiqotlarni, ikkinchi davr 20—50-yillarda, uchiinchi davr esa 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga qadar 236 yaratilgan asarlarni qamrab oladi. Twrtinchi davr oid adabiёtlar tarixshunoslikda «qayta qurish» deb nom olgan 80-yillarning ikkinchi yarmidan to Wzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga qadar va mustaqillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir. 19.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1. Masalskiy V.M. Xlopkovodstvo, oroshenie gosudarstvennıx zemel i chastnaya predpriimchivost. SPb, 1908; Turkestanskiy kray. SPb, 1913. 2. Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyayushego zemledileim i zemleustroystvom o poezdke v Turkestan. SPb, 1912, 111-bet. 3. Safarov G.İ. Kolonialnaya revolyutsiya (opıt Turkestana). M., 1921. 4. Galuzo P.G. Turkestan – koloniya. Ocherk istoriya Turkestana ot zavoevaniya russkimi do revolyutsii 1917 goda. M., 1929. 19.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 1. Bu davrga oid qanday tarixiy manbalarni bilasiz? 2. Baёniy asarlarida ruslarning bosqini qanday tasvirlangan? 3. Rus tarixchilari Turkiston wlkasini zabt etilishini qanday ёritganlar? 4. Turkistonning tarixi zamonaviy adabiёtlarda qanday ёritilgan? 20-mavzu. Wzbekiston Sovet davridagi manbalar. Darsning mazmuni: Wzbekistonning shwrolar xukmronlik qilgan (1917- 1991) davriga oid manbalar, umumiy xususiyatlari baёn etiladi. Reja: 20.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar. 20.2. Rasmiy manbalar. 20.3. Davr tarixi tadqiqotlarda. 20.4. Shwro davri tarixiy xorijiy olimlar asarlarida. 20.5. Shwro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda. 20.6. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 20.7. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: Sovet, shwro, bolshevik, kompartiya, sezd, deh’qon, ishchi, pioner, komsomol, partiya, lenin, stalin. 20.1. Asosiy siёsiy-ijtimoiy voqealar Yaqin wtmishimizning sobiq sovet h’okimiyati h’ukmronlik qilgan davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida wziga xos wrin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bwlsa-da, lekin wzining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bolsheviklar zwrlik bilan amalga oshirilgan twntarish sobiq İttifoq xalqlari, shu jumladan, Wzbekiston xalwlari tarixida 237 salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sah’ifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi wrnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan wlka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mashum mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siёsiy tarixiy jaraёnning wta murakkab va ziddiyatli kechishi kwplab qurbonlar berilishiga, madaniy va manaviy ywqotishlarga olib keldi. Oktyabr twntarishidan keyin Wzbekistonning Turkiston h’ududida bwlgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga qwshib olindi. 1924 yilda zwraki wtkazilgan milliy-h’ududiy chegaralanish natijasida Wzbekiston SSR tashkil topib, SSR İttifoqi tarkibiga kiritildi. SSR İttifoqi wz moh’iyatiga kwra unitar (qwshma) davlat edi. Oqibatda Wzbekiston twla-twkis Moskvaga qaram bwlib qoldi. Wzbekiston SSR faqat nimgagina mustaql edi. Respublikaning rah’bar organlari Kompartiya Markaziy Qwmitasi (MQ) va İttifoq h’ukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bwysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.-Tah’ririyat) manfaatlari ywlida siёsat yurgizishga majbur edilar. Wzbekiston xalqlarining suveren h’uquqlari asosida ularning tub manfaatlarini h’imoya qilishga qaratilgan ularning tub manfaatlarini h’imoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rah’barlarning chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qatiyatlik bilan barh’am toptirardi. Mustabid tuzum Wzbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida wz iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashё bazasi va mah’sulot bozori sifatidagi h’olatini yanada mustah’kamlashga intildi. Bunday siёsat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xwjaligi tobora kwproq paxtachilik ywnalishiga ega bwlib bordi, shu alfozda paxta yakkah’okimligi qaror topdi. Wzbekiston sanoati asosan qishloq xwjaligi extiёjlariga xizmat qilishga ywnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq xwjaligi mah’sulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy wrinni egallardi. Respublika xom ashёsining pirovard mah’suloti İttifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi h’am wsha erda qolardi. Markazning Wzbekitondagi mustamlakachilik siёsati respublikaning madaniy rivojida h’am wzining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu soh’ada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bwlsa-da, wlka xalqlarining manaviy h’aёti twla-twkis wz davrining h’ukmron mafkurasi va siёsati tasiriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish rwy berdi. Wzbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari oёqosti qilindi, Wzbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Darvoqe, Markazning bunday mafkura siёsati tufayli xalqimiz h’aёtining barcha soh’alariga putur etkazilganligini takidlash barobarida respublika tarixiy wtmishining sovet davrida h’am bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib wtmaslik noxolislik bwlur edi. Zero, wsha yillarda xalqimizning fidokorona meh’nati bilan kwplab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi erlar wzlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xwjaligining moddiy-texnika 238 negizi mustah’kamlandi, uning mah’sulotlari h’ajmi ortdi. Wnlarcha oliy va wrta maxsus wquv yurtlari ochildi, ularda xalq xwjaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayёrlandi, umumtalim maktablari h’unar-texnika bilim yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, kwpgina madaniy-marifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada ah’olining talimiy va madaniy saviyasi oshdi. Twg’ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bwlib qolgan «partiyaning dono siёsati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona meh’nati tufayli erishildi. Biroq, shuni aloh’ida takidlash joizki, og’ir va mashaqqatli meh’natlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar wzbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-manaviy boyliklar wzbek xalqini kamsitish, milliy g’ururini oёqosti qilish, wzligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. Wzbekiston h’ududida bunёd etilgan korxonalar (ayniqsa, kimё kombinatlari), keragidan ortiqcha wzlashtirilgan qwriq va bwz erlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ah’volini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dexqonchilik erlari tarkibini wzlashtirib yubordi, atrof muh’itni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, h’ukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zwrovonlik va g’ayriinsoniy siёsatni h’uch qachon oqlash mumkin emas. 20.2. Rasmiy manbalar Shwro davri rasmiy manbalar deganda turli davlat idoralarning h’ujjatlari partiya tizimi organlari qarorlarini tushunamiz. Wsha davr rasmiy matbuotda ularning bir qismi chop etilgan. Lekin turli tasiq organlari h’ujjatlari malum davrgacha kwpchilikdan pinh’on saqlangan. Agar chop qilingan rasmiy malumotlar maxsus tizimlar h’ujjatlari bilan qiёsiy wrganishini juda muh’imdir. Bu h’ujjatlar ichida shwro davri rah’barlari h’aёti ijodiyga oid malumotlar ularning asarlari muh’im tarixiy manba vazifasini wtaydi. Faqat, Wzbekiston davlat mustaqilligini qwlga kiritishi bilan tarixiy h’aqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis ёndashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jaraёnga respublika va uning xalqi manfaatlarini h’isobga olgan h’olda printsipial bah’o berish asos qilib olindi. Aynan shunday ёndashuvlarning asosiy printsiplari Wzbekiston Respublikasi Prezidenti İ.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Mah’kamasining 1996 yil dekabrdagi «Wzbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998 yil iyuldagi «Wzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish twg’risida»gi qarorlarida baёn etilgan bwlib, ushbu ilmiy-ommabop kitobning mualliflar jamoasi h’am shu asosda sovet davri Wzbekiston tarixini, sovet davlatchiligining mustabidchilik moh’iyatini xolisona 239 ёritishga h’arakat qildi. Mualliflar jamoasi bu ishning uddasidan qanchalik chiqqanligiga bah’o berish, Siz-muh’taram kitobxonlar h’ukmiga h’avola. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling