O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.

bet27/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30

18.2.7. Aka-uka Pazuxinlar elchiligi twg’risida manbalar 
Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiё xonliklarining umumiy ah’voli, 
xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon ywli 
h’aqida keng malumot jamlaganlar. 

 
216
Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin 
– Boris Andreevich Pazuxin 1667-1673 yillari stolnik mansabida davlat 
xizmatida bwlgan va inisi Semёn  İvanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillari 
Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. 
Oradan sakkiz wtgach, 1679 yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Ywlda isёnchi 
rus kazaklarining h’ujumiga duchor bwlgan va olishuv paytida wldirilgan. 
Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bwlgan) Buxoroga Ёyiq-
qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku 
orqali qaytishgan. 
Elchilar Buxoro va Xivada  h’ammasi bwlib ikki yarim yil turganlar. 
Podshoh’ va elchilik mah’kamasi tarafidan berilgan h’ujjatlardan malum 
bwlishicha, Aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalar qwyilgan; 
1)h’ar ikki davlat; rossiya va Wrta Osiё xonliklari wrtasidagi dwstlik va 
savdo aloqalarini mustah’kamlash. Podshoh’ Aleksey Maxaylovich (1645-1676 
yy.)ning Buxoro xoni Abdulazizxon (1645-1680 yy.) nomiga ywllagan 
maktubida wqiymiz; «...biz ota-bobolarimizning (ishlarini) wzaro dwstlik va 
izzat-h’urmatda bwlish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish h’aqidagi 
kwrsatmalarini esda tutib, sizning savdogarlaringizga bizning mamlakatimizga, 
bizning savdogarlarimiz Sizning mamlakatiningizga bemalol borib kelishlarini 
yaxshilaylik.» 
2)Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod 
qilishga h’arakat qilish. Elchilik mah’kamasi (Posolskiy prikaz) bergan 
ywriqnoma (Nakaz)da bunday deyiladi; «Buxoro, Balx va Urganchga qarashli 
erlarda saqlanaёtgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni 
h’am aytish kerakki, elchilikka «Podshoh’ oliy h’azratlariga tegishli kishilarni, 
aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» 
aloh’ida etibor berish topshirildi.  
3) Wrta Osiё xonliklarining ichki va xalqaro ah’volini, ulardan qaysilariga 
suyanish mumlinligini aniqlash. Xususan, Elchilik mah’kamasining 
ywriqnomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor; «(xonliklardan) qaysinisi 
kuchliroq va ishonchliroq bwlsa, wshanisi bilan aloqa wrnagish lozim. Boris va 
uning h’amroh’lari Buxoro, Balx va Urganchda bwlganlarida ularning xonlari 
h’ozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shoh’lari va Gruziya bilan qanday 
munosabatda ekanligini, kimlar bilan aloqasi ywqligini, shu kundarda Xorazm 
taxtida kim wtirganini h’ar qanday ywl bilan aniqdasinlar; Buxoro, Balx va 
Urganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni h’am 
aniqlasinlar». 
Moskva h’ukumati aka-uka Pazuxinlarga h’am Buxorodan Hindistonga 
olib boradigan qulay ywlni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani 
bajarish uchun tarjimonlar Nikita Medvedev va Semёn  İzmaylovlarni Balxga 
jwnatdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar h’uzuriga qaytib keldi va 
Balxdan Hindiston poytaxti Shoh’jah’onobodga olib boradigan ywl h’aqida 
malumot keltirdi. U bunday deb ёzgan; «Hindistonga olib boradigan ywl 
Balxdan ah’oli yashab turgan qishloqlar oraqali wtadi. Ywlda h’ech qanday 
odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar ywq». Tarjimon 

 
217
Shoh’jah’onobodga ywl Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali wtishini aytgan. 
Yana u ёzgan; «Xinjon bilan Parvon oralig’ida Hind tog’lari (Hindikush) ёtadi. 
Twg’ri ywldan, tog’ orqali borilganda masofa olti kunlik, tog’ni aylanib 
borilganda –twrt h’aftalik ywl».   İkkinchi tarjimon Semёn  İzmaylov Kobulda 
qolgan edi.  
Aka-uka Pazuxinlarning malumotnomasida Wrta Osiё xonliklarining 
iqtisodiy ah’voli h’aqida quyidagilar keltiriladi. Zaminining boyligiga qaramay, 
g’alla kam etishtirilishi va shu sababdan g’alla tanqisligi mavjudligi aytiladi; 
«Buxoro, Balx va Xivada g’alla kam ekiladi. G’allasi yil sayin kamayib 
boraёtir». Shuning bilan bir qatorda, xonliklarda pilla etishtirish yaxshi ywlga 
qwyilgani va ipakni h’atto Turkiya orqali Germaniyaga olib borib sotilaёtganini 
malum qiladi. Chunki, elchilikka Osiё ipagi savdosini Rossiyaga burib yuborish 
xususida maxsus topshiriq berilgan edi. Xususan, «Ywriqnoma»da bu twg’risida 
«Buxoro va boshqa shah’arlarida xom ipak etishtiriladi. Uni Eron va Turkiya 
orqali Gkrmaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib 
bormaydilar». Shu sababdan aka-uka Pzuxinlarga xom ipak ishlab chiqaruvchilar 
va bu maxsulot bilan savdo qiluvchilarni qanday bwlmasin, «maxsulotni 
Astraxan va Moskvaga olib borishga kwndirsin», deyilgan. 
Xonliklardagi iqtisodiy ah’vol xususida berilgan axborotlar ichida mana 
bu malumot h’am wta muh’imdir; «Xonning xazinasi g’arib, chunki h’amma 
qishloqlardan undiriladigan xiroj h’arbiylar va mansabdorlarga maoshi uchun 
(tanh’o) taqsimlab berilgan». Boshqa swz bilan aytganda, soliqlardan keladigan 
daromad kamayib ketgan. 
Aka-uka Pazuxinlar Wrta Osiё xonliklaridagi mavjud h’arbiy-siёsiy ah’vol 
h’aqida h’am muh’im malumotlarni twplaganlar. Elchilik mah’kamasiga 
(Posllskiy prikazga) berilgan axborotdan malum bwlishicha, Buxoro bilan Balx 
xonlari wrtasidagi ziddiyatlar nih’oyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 
yili Balx xoni Subh’onqulixon Buxoroga itoat etmay qwygan va mamlakatning 
mustaqilligini elon qilgan edi. Natijada ikki wrtada urush xavfi tug’ildi. 
Subh’onqulixon darёning swl qirg’og’ida katta qwshin twpladi. Abdulazizixon 
h’am shunday qildi. Amurdarёning wng soh’iliga qwshin yubordi va xon 
wrdasini Buxorodan Qarshiga kwchirtirdi. Balx xoniga qarshi Xiva xoni bilan 
ittifoq tuzdi. Anushaxon (taxm.1663-1687 yy.) 1670 yili katta qwshin bilan Balx 
ostonasida paydo bwldi va Balxga qarashli barcha qishloqlarni talon-taroj qildi. 
Wshanda Abdulazizxon h’am, Subh’onqulixon h’am qwshin bilan darё ёqasida 
bir yarim yildan ortiq turdilar, lekin darёdan wtishga botina olmadilar. 
Axborotda (Stateynıy spisok) Wrta Osiё xonliklarining, xususan, Buxoro 
xonligining, mamuriy va davlat tuzilishi h’aqida h’am diqqatga sazovor 
malumotlar keltirilgan. Unda, xususan, yuqori mansabda turgan amaldorlar
masalan otaliq, devonbegi, meh’tar, parvonachi, dodxoh’, yasovul, bakovul, 
twpchiboshi, dorug’a va ularning vazifalari va mavqei h’aqida muh’im 
malumotlar keltirilgan. Masalan, dorug’a bilan meh’targa elchilarni zarur oziq-
ovqat, ot-ulov, em-xashak bilan taxminlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi 
«otaliqdan keyin turgan va elchilarni, ular wzi bilan olib kelgan maktublar (va 

 
218
sovg’a-salomlarni) qabul qilgan», «twpchiboshilar esa zambaraklar va piёda 
askarlarga boshchilik qilgan». 
Axborotnomada wzbek xonlari saroymda amalda bwlgan qabul 
marosimlari h’aqida h’am malumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bueday 
dkymladi; «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning h’amroh’larini Malaybek 
(twpchiboshi) kutib oldi. Boris va uning h’amroh’lari (twpchiboshi olib kelgan) 
otlarga mindilar. Podshoh’ qasriga etganda ularni otdan tushirdilar, chunki 
podshoh’ qasriga otliq kirish man etilgan. Borisning wng tarafiga Buxoroning 
atoqli zotlari, xon avlodidan bwlgan xoda va xonning yaqin mulozimlari, chap 
tarafda, katta amir (boyarin) xonning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi 
mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortiq kishi joy oldilar...Abdulazizixonning 
wng tarafidan xojalar, ruh’oniylar va ulamolar wrin oldilar. Xonning oldiga 
uning qilichi, wq-ёyi va qalqoni qwyilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va 
qilich kwtargan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq 
yasovul (va qwriqchilar) tik turar edilar...» 
Aka-uka Pazuxinlarga berilgan yana bir muh’im topshiriq -Wrta Osiё 
xonliklarida tutqinlikda bwlgan rus asirlarini aniqlash va ularni ozod qilishdan 
iborat edi. Pazuxinlar ba masalada h’am bazi ishlarni amalga oshirdilar, xususan 
Buxoro, Balx va Xiva xonlarining shaxsiy xwjaliklarida 3000 dan ortiq rus asiri 
meh’nat qilaёtganini aniqladilar. Shundan 22 nafarini 685 swm oltin h’isobida  
twlab ozod qilishga muvaffaq bwldilar. 
Axborotnomada kwrsatilishicha, Pazuxinlar badavlat kishilarning 
qwlidagi rus asirlari sonini aniqlay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar 
mah’kamasiga (posolmkiy prikazga) taqdim qilgan «Xabarnoma»da xususan 
mana bularni wqiymiz; «Buxorolik mansabdorlar qwlida, shah’arda va uluslarda 
ularni aniqlash mumkin bwlmadi. Qishloqlardan kelib turgan odamlarning 
swzlariga qaraganda, ular kwp.» Qulga aylantirilgan rus asirlari asli Qozon, Ufa, 
Simbir uezdidan va Volga bwyi qishloqlaridan bwlganlar va boshqirda h’amda 
qalmoq bosqinchilari ularni tutib Astraxanga olib borib xivaliklarga pullab 
turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu guvoh’liklari h’am diqqatga 
molikdir; («boshqird va qalmoq bosqinchilaridan» ularni) xivaliklar sotib olar 
ekanlar. Ular maxsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga), qalmoq va 
boshqird uluslariga borar, bazi h’ollarda u erlarda rus asirlarini kutib ancha vaqt 
turib qolardilar. Swng rus asirlarini olib wz yurtlariga h’aydab borardilar. Boris 
va uning h’amroh’lari Xivaga boraёtganlarida qalmoq udusidan rus asirlarini 
h’aydab kelaёtgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga  h’aydab kelinaёtgan) 
asirlarning soni 200, balki undan ortiqroq edi. Ularning h’ar birini 40 ёki undan 
sal ortiqroq swmga sotib olardilar. Ularning kwpchiligini Eron va Hindistonga 
olib borib sotar edilar».    
 
18.2.8. V.A. Daudov va Muh’ammad Yusuf elchiligi twg’risida 
manbalar 
Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bwlib, 1653 yili 
Qozonda xristianlikni qabul qilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan h’am 

 
219
stolnik va voevoda lavozimida xizmat qilgan
116
. Muh’ammad Yusuf esa asli 
musulmon (tatar). U h’am ruslarning xizmatida bwlgan. 
Avvalo shuni aloh’ida aytib wtish kerakki, h’ar ikkala elchi – V.A.Daudov 
va M.Yu.Qosimov Buxorogacha yuirga borishgan bwlsalar-da, elchilar 
mah’kamasidan aloh’ida-aloh’ida topshiriq olganga wxshaydilar, chunki 
V.A.Daudov va M.Yu.Qosimovga berilgan ywriqnoma (nakaz) bizgacha etib 
kelmagan. U 1800 yilgacha Rossiya tashqi ishlar mah’kamasining arxivida 
saqlanar edi. 1806 yili wtkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan 
topilmagan. Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov qanday vazifalarni 
ado etganliklarini aniq bilmaymiz. Buni V.A.Daudovning elchilik 
mah’kamasidan olgan ywriqnomasi (nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. 
Ular quyidagilar:  
1.Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva h’ukumati bilan diplomatik 
aloqalarini rivojlantirishga xoh’ishi bormi-ywqmi, shuni aniqlash; 
2.Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod qilish; 
3.İkki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari wrtasidagi savdo va 
elchilik karvonlarining xavfsizligini taminlash uchun Kaspiy dengizining kun 
chiqish tarafida, dengiz soh’ilidagi Saratosh tepaligida kemalar twxtaydigan 
bandargoh’ qurishga Xiva xonining roziligini olish
4.Amudarёning boshi va wzani, darё soh’ilida istiqomat qilib turgan 
xalqlar, ularning mashg’uloti va turmush tarzi h’aqida malumot twplash; 
 
5.Buxorodan Hindistonga olib boradigan ywllar, Hindiston h’ukumatining 
Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalarini wrnatishga xoh’ishi bor-ywqligini 
M.Yu.Qosimovga berilgan topshiriqda aniqlash. 
 
Elchilik Buxoro va Xivada, ywlga ketgan vaqtni qwshib olaganda, Buxoroda 
1675 yilning 15 mayidan – 1676 yil 2 oktyabrigacha bwlgan. 
  Elchilik Buxoroga 1676 yil 20 yanvar kuni kelib tushgandan keyin 
M.Yu.Qosimov wz vazifasini ado etish uchun Hindistonga jwnab ketdi. 
 
Garchi V.A.Daudov va M.Yu.Qosimov elchiligining h’isoboti («Stateynıy 
spisok») 1800 yildan keyin ywqolgan bwlsa-da, tadqiqotchilar N.Selifontov, 
V.V.Bartold va A.B.Pankov asarlaridan (Ocherk slujebnoy deyatelnosti i 
domashnoy jizni stolnika i voevodı XU111 stoletiya Vasiliya Aleksandrovicha 
Daudova. Letopis zanyatiy Arxeograficheskoy komissii, vıp.5, SPb.,1871, s.1-
41;  V.V.Bartold, İstoriya izucheniya Vostoka v Evrope i Rossii, soch.T.1X,-M.: 
1977,s.372; A.B.Pankov. K istorii torgovli Sredney Azii s Rossiey v 1675-1725 
g.g.,-Tashkent: 1926) madum bwlishicha, Buxoro va Xiva xonlari Rossiya bilan 
savdo-diplomatik munosabatlarini rivojlantirishga tarafdor ekanliklarini 
bildirganlar va shunga h’arakat qilganlar. Tez orada Kaspiy dengizi soh’ilida 
Qarag’an bandargoh’ining qurib ishga tushirilishi va Buxoro xoni wz xwjaligida 
xizmat qilib turgan rus asarlaridan 38 tasini ozod qilganligi h’am yuqorida 
bildirilgan fikrga dalil  bwla oladi. 
  Xiva xoni Anushaxon bir tarafdan turkmanlar bilan qalmoqlar va 
qozoqlarning tez-tez Xiva h’ududlariga qilib turgan talonchilik yurishlari, 
                                                 
116
 Автобиография В.А.Даудова/Русский архив, год 27, 1889, кн.2, с.5-20.
 

 
220
ikkinchi tarafdan Buxoro va Xiva wrtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning 
iqtisodiy va h’arbiy ёrdamiga mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan qaytishida 
Xivada Anushaxon otalig’i mana bu gaplarni aytgan: «Anushaxon Vasiliyga 
Xiva xoni yaqinda podshoh’ oliy h’azratlari ulug’ knyaz Aleksey Mixaylovich 
dwstlik va h’amkorlik munosabatlarini davom etishi va h’ar ikki tomondan 
savdo karvonlari bordi-keldi qilib turishi (zarurligi) h’aqida maktub oldilar. (Wz 
navbatida) Xiva xoni h’am podshoh’ oliy h’azratlari ulug’ knyaz bilan shunday 
aloqalarni  avvalgidan h’am ziёda bwlishini istaydilar». 
  M.Yu.Qosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Hindistonga olib 
boradiganywllar va Hindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707 yy.)ning Rossiya 
bilan diplomatik aloqalarni wrnatishga mayli bormi-ywqmi ekanligini aniqlab 
kelish topshirilgan edi. Shuning uchun h’am u Buxoroga kelganlaridan kwp vaqt 
wtmay, Hindistonga jwnab ketdi. M.Yu.Qosimov faqat Kobulgacha bordi. 
«Shoh’ (Avrangzeb) ulug’ podshoh’ bilan dwstona aloqalar wrnatishni 
istamagani» uchun orqaga qaytishga majbur bwldi va 1677 yili Moskvaga qaytib 
keldi. 
 
18.2.9.Florio Benevini elchiligi twg’risida manbalar 
Sharqqa katta h’arbiy kuch yuborish va uni qurol vositasi bilan egallash 
h’arakati Pёtr I (1682-1725 yy.) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pёtr I 
Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni mukammal qurollangan 5000 askar bilan 
Xivaga, uni Rossiya h’omiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib 
borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik emas, balki xonni chalg’itib, 
Xiva xonligini kuch bilan bwysundirishga qaratilgan h’arakat edi. Lekin Pёtr I 
maqsadiga erisha olmadi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sherg’ozixon (1715-1728 yy.) Rossiya 
podshosining asl niyatini wz vaqtida payqadi va A.Bekovich-Cherkasskiy 
ekspeditsiyasini daf qildi. 
Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bwysundirish payti 
kelmaganligini, uni osonlikcha bwysundirish mumkin emasligini, ularni h’ali 
kwp wrganish zarurligini angladi. 
Rossiya elchilik mah’kamasining masul xodimi Florio Benevini elchiligi 
shunday maqsad bilan Wrta Osiёga yuborildi. Shuni h’am aytish kerakki, 
Buxoro va Xivada A.Bekovich-Cherkasskiy voqeasidan keyin Pёtr I Wrta 
Osiёga katta qwshin yuboradi, degan xavf-xatar tug’ilgan edi. Shuning uchun 
bwlsa kerak, Abulfayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, u bilan dwstona va 
savdo-sotiq aloqalarini wrnatish istagini bildirdi. 
Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul kuni Pёtr I tarafidan 
tasdiqlangan qwllanmada elchiga quyidagi topshiriqlar berilgan:  
1) Florio Benevini Buxoro xoni h’uzuriga podsho h’azratlarining elchisi 
sifatida boradi. Shu h’aqda uning qwliga podsho h’azratlarining Buxoro xoni 
nomiga ёzilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga qaytib borishi 
h’amono Astraxanga jwnab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning 
uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi. 

 
221
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga ywlda wzini tanitmaydi. 
Ywlda, ayniqsa Buxoro xonligi h’ududlaridan wtaёtganda, h’amma erlarni, 
xususan bandargoh’lar, qalalar va shah’arlarni diqqat bilan kwzdan kechirib 
boradi. 
3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshqa davlatlarning elchilari 
qatorida zwr h’urmat va eh’tirom bilan qabul qilinishiga erishsin. Podsho 
h’azrati oliylari u bilan dwstlik va savdo-sotiq aloqalarini ilgaridan h’am ziёda 
bwlishini istaёtganini xonga malum qilsin. 
4) Buxoroda bwlganida, qanday bwlmasin, Buxoro xonligi qalalari, 
qwshini, otliq va piёda askarlarining umumiy soni, ularning qurol-aslah’alari va 
qancha zambaragi borligini, qwshinidagi umumiy ah’vol, qallarning 
qwriqlanishini bilib olsin. 
5)Abulfayzxonning Eron shoh’i va Xiva xonlari bilan munosabati qay 
darajada ekanligini aniqlasin. Xiva xoniga qarshi h’arbiy ittifoq tuzish taklif 
etilsin. 
6) Buxoroda qanday tovarlar ishlab chiqariladi va udar qaerlarga olib 
borib sotiladi? Buxoroga dengiz ёki quruqlikdan qaysi ywl bilan borish mumkin? 
Buxoroda qaysi rus tovarlariga eh’tiёj katta? Rossiya bilan savdo-sotiqni 
kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniqlasin. 
7) Amudarёda oltin bormi? Buxoro xonini qwriqlash uchun necha yuz 
gvardiyachi,  ёki qwshin yuborilsa, xon bunga rozi bwladimi? Shuni h’am 
aniqlasin. 
Har ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga qaytib kelaёtgan 
elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio 
Benevini va uning h’amroh’larini Buxoroga 10 verst
117
 qolganda ywl ustida 
Buxoro twpchiboshisi boshliq 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar. 
Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725 
yil 8 apreligacha turdi va podshoning yuqoridagi topshiriqlari bwyicha qimmatli 
malumotlar twpladi. Ularning eng muh’imlarini quyida keltirildi. 
Buxoro va xalqining qurol-aslah’alari h’aqida Florio Benevinining wz 
h’ukumatiga bergan malumotnoma (relyatsiya)sida shular ёzilgan: «(Qalasi) 
yarim vayron bwlgan xandaq bilan wralgan. Shah’arda loydan qurilgan 15 ming 
h’ovli-joy mavjud. Shah’ar markazida pishiq g’ishtdan qurilgan baland minorali 
xon saroyi va madrasalar joylashgan. 
Juda kam wzbekda miltiq bor. Ular asosan wq-ёy va nayza bilan 
qurollangan. Shah’arda h’ammasi bwlib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning 
faqat bittasidan bayram kunlarida otish mumkin». 
Malumotnomada Buxorodagi rus asirlari h’aqida h’am malumot bor. 
«Buxoroda,-deb aytiladi bu h’ujjatda,-xon va boshqa wzbeklar qwlida 250 ga 
yaqin asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning 
soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi» 
Mamlakatning er osti va er usti boyliklari h’aqida turli vaqtlarda 
jwnatilgan malumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda twplagan 
                                                 
117
 Верста – масофа ўлчови, 1,6 км.га тенг бўлган.
 

 
222
malumotlarini qwlda saqlashdan qwrqib odamlari orqali Moskva va Peterburgga 
jwnatib turgan) quyidagilarni wqiymiz:  
«Amudarёning bosh qismida oltin ywq. Lekin unga Kwkcha darёsi kelib 
qwshilgan joyda qumloq erlarda oltin bor, chunki Kwkcha darёsi oltin va boshqa 
rudalarga boy tog’lardan boshlanadi. Kwkchaning boshlanish qismida, xususan 
ёz faslida mah’alliy ah’oli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.» 
«Badaxshondan tashqari, oltin, kumush, achchiqtosh, qwrg’oshin, oliy 
navoi temir konlari Samarqand va Buxoroda h’am bor».  
«(Yuqorida) tilga olingan Sirdarёda oltin topsa bwladi. Lekin Andijonda 
va marg’ilonda kwproq. Boshqa erlardagilar h’aqida choparimiz (Nikolay 
Miner) aniq qilib aytib beradi. Sirdarё soh’illarida qumdan topilgan oltin 
parchasini undan berib yuboroqdaman». 
«Wsha darёda (Sirdarёda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) tog’larda, 
xususan Koshg’arda, Marg’ilonda, Andijonda va Toshkentda h’am bor. Har 
h’olda biz shunday deb egitdik». 
F.Benevinining mana bu malumoti h’am muh’im: «Badaxshon 
tog’laridagi oltin, lal va zah’ar mwh’ra konlarining barchasi mah’alliy 
beklarning qwlida». 
F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va 
xalqaro ah’voli h’aqida wta muh’im malumotlar twplagan. Uning wz 
h’ukumatiga yuborgan malumotnoma (relyatsiya)sida bu h’aqda mana bularni 
wqish mumkin: 
«Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar qiёfasida, mol bilan, Balx va 
Badaxshonga jwnatgan edim. Va ulardan wtib Loh’urgacha borishni buyurgan 
edim. Lekin ywlda talonchilar kwpligidan Balxdan orqaga qaytdi». 
«Wsha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustaqil bwlib olganlar. U ёki 
bu xonning qwl ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar». 
«...Beklarning wzboshimchaligi tufayli butun mamlakat isёn va tug’ёnlar 
iskanjasida qolgan». 
«Xususan poytaxt shah’ar tws-twpalonlar va isёnlar dastidan og’ir 
ah’volda qolgan. Ayniqsa, İbroh’imbiy kenagas isёni tufayli Abulfayzxon 
shah’arni tashlab chiqishga majbur bwlgan, swng wg’li bilan birlashib, Buxoro 
va uning atrofini talon-toroj qilib katta zarar etkazdi». «Shah’ar oziq-ovqat va 
em-xashak xususida shu qadar g’arib bwlib qoldiki, oddiy xalq tirikchilik deb wz 
bolalarini sotdi, kwp odam wlib ketdi, mol-qwyi va ot-tuyalari qirilib ketdi». 
Buxoro xonligidagi tarqoqlik XVIII asrning boshlarida shu darajada 
kuchaygan ediki, masalan, Farg’ona vodiysi va Samarqand Buxorodan ajralib 
chiqib, Qwqon xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshliq Samarqand bekligi 
tashkil topdi. Xususan, Samarqand bekligining tashkil topishi h’aqida 
F.Benevinining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday 
deyilgan: «...sobiq (Buxoro) otalig’i İbroh’imbiy Samarqand ustiga yurdi va uni 
egalladi. Shundan keyin boshqalar bilan qwshilib, xon avlodidan bwlgan 
Sharg’ozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarqand) taxtiga wtqazdi va uni wziga 
kuёv qilib oldi. Wzi esa otaliq lavozimini egalladi». 

 
223
Bir fursat vaqt wtib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloqa 
bog’ladi. U rus elchisidan h’aqiqatan h’am Rossiya A.Bekovich-
Cherkasskiyning qasdini olmoq uchun Xiva ustiga yurishga ah’d qilgan-
qilmaganligini bilmoqchi bwldi. Bu h’aqda Xivaning wida h’am gap-swzlar 
yurar edi. 1723 yili Shkrg’ozixonning wzi qalmoq xoni Ayuqdan «ruslar 
Saratovda askar twplaёtibdilar va balki 1724 yilning bah’orida Xiva ustiga 
yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrg’ozixonni Orol 
wzbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, muqobil beklar uni taxtdan 
tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni wtqizmasmikan, degan shubh’a bosdi. 
XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva wrtasidagi munosabatlar 
birmuncha og’irlashgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro, 
Chorjwy va h’atto Samarqand h’ududlarini talon-taroj qilishlari asosiy sabab 
bwldi. 1721 yilga kelib ikki wrtada urush chiqish zavfi yaqqol kwzga tashlanib 
qoldi. F.Benevinining 1721 yil 25 may kuni Moskvaga  ywllagan xabarida 
masalan, quyidagilarni wqiymz: «Xiva xoni h’aqiqatan h’am buxoroliklar bilan 
urushmoqchi. Shunga tayёrgarlik kwrmoqda. Lekin, katta beklari bunga ywl 
bermay turibdilar. Ular h’atto Sherg’ozixonni taxtdan tushirib, 15 yildan beri 
Buxoro xoni h’uzurida kun kechiraёtgan Musaxonni taxtga wtqizmoqchi 
bwlmoqdalar. Shu h’aqda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi-keldi 
qilib turibdilar». F.Benevini Xivaning wzi h’am notinch bwlib, ikki yirik arbob 
Sherg’ozixon bilan Temur sulton wrtasida h’okimiyat uchun kurash boraёtgani 
va Rossiya Temur sultonni qwllab-quvvatlasa foydali bwlishini aytdi. «Agar 
Sherg’ozixon ywqotilsa,-deb ёzadi F.Benevini,-bu erda tinchlik wrnatiladi, 
h’amma ywllar ochiq bwladi». 
F.Benevini twplagan malumotlar Rossiya h’ukumati, uning tashqi siёsati 
uchun kelajakda qwl kelib qoldi. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling