O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
«Nasimat ul-quds min h’adoyiq al-uns»
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2.14. «Matlab ut-tolibin»
- 16.3.Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
- Reja
- 17.2.2. «Badoyi ul-vaqoyi»
16.2.13. «Nasimat ul-quds min h’adoyiq al-uns» «Nasimat ul-quds min h’adoyiq al-uns» («Avliёlik shabadasining yaqinlik bog’idan esishi» nomli asar Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi g’oyaviy rah’barlardan bwlgan Muh’ammad Hoshim Sirh’indiy tarafidan 1622 yili ёzilgan bwlib, u Husayn Voiz al-Koshifiyning «Rashah’ot ayn ul-h’aёt» asarining davomi h’isoblanadi. Kitob Movarounnah’r, Xuroson, Hindiston va Sharqiy Turkistonda XVI-XVII asrlarda faoliyat kwrsatgan Naqshbandiya tariqati namoёndalari h’aёti va faoliyatiga bag’ishlangan va 754 varaqdan iborat. Muallif wz asarini Naqshbandiya tariqatining Hindistondagi yirik namoёndalaridan biri Muh’ammad Baqr Sirh’indiy (1563/64-1603/04 yy.)ning topshirig’i bilan ёzgan. Asarda ayniqsa biografik malumotlar kwp. Shulardan uchtasini keltiramiz. XVI asrda Koshg’arning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida birinchilik uchun kurashgan xoja Ubaydulla Ah’rorning avlodi xoja Xovand Mah’mud bilan Mah’dumi Azam Kosoniyning wg’li xoja İsh’oq wrtasidagi kurash, Koshg’arda islom dinining targ’ibotchilaridan biri bwlmish xoja Tojiddin, xoja Muh’ammad Porsoning avlodi h’aqidagi malumot diqqatga sazovor. Xoja Xovand Mah’mud Shoh’ibekxon (Shayboniyxon) wldirilganidan keyin Koshg’arga ketib qoldi. Sulton Saidxon 107 uni xursandchilik bilan kutib oldi, iltifotlar kwrsatdi va unga Koshg’arda muridlar orttirishiga kwmaklashdi. Xoja Yusuf 1532 yilning 12 sentyabrida olamdan wtdi. «Tarixi Rashidiy» kitobining muallifi Mirza Muh’ammad Haydar (1500- 1551 yy.) yana bir qiziq malumotni keltiradi; «Xoja Xovand Mah’mud (h’aqiqiy ismi Shah’obiddin Mah’mud, xoja Ubaydulla Ah’ror nabirasi) muridlar orttirish uchun Koshg’arga kelganda uning bilan xoja Yusuf oralarida raqobat boshlandi. Shunday bwldiki, bir kuni xoja Xovanl maxmudning oldiga borspm h’uzurlarida xoja Muh’ammad İsh’oq wltirgan ekanlar. Ular nimalarnidir swzlashib wtirgan ekanlar. Xoja Xovand Mah’mudning jah’li chiqib dedi; «Xoja İsh’oq! Nima sabadan sen menga bunaqa shaplarni aytib wtiribsan? Agar sen otangning muroji 107 Султон Саъидхон – Мўғулистон (Жете) хони (1514-1532 йй.) 198 bwlsang, men h’azrati oliylari (xoja Ubaydulla Ah’rorning muridiman. Bundan tashqari, sen ёsh jih’atdan menga wg’il wrnidasan. Xoja İsh’oq javob qildi; «Men h’am ul janobning marh’amatiga tayanaman». Tortishuv tugugach, wsha kuniёq xoja Xovand Mah’mud Badaxshonga ketib qoldilar. Oradan ikki-uch kun wtgach, kimdur menga xoja İsh’oqning twsaddan wsallab, vafot etganini xabar qildi. Mah’dumi Azam Kosoniyning wg’li xoja İsh’oq h’aqida shunday malumot baёn etilgan. Oliyjanob xoja (Samarqanddan) Koshg’ar va Xwtanga jwnab ketdilar. Koshg’ar va Xwtan xalqi ul janobning say-h’arakatlari chin dinni (islomni) qabul qildi. Koshg’ar h’okimi Muh’ammadxon xojaning h’aqiqiy va sofdil muridi bwlib qoldi. Xullas, mazkur xoja tufayli Naqshbandiya – Xojagon tariqati wsha wlkada ёyildi. Swng wrniga muridi Devoni Ashtarni qwyib, wz yurtiga qaytda va 1599-1600 yili vafot etdi. Deh’bed ёnidagi Safed qishlog’idagi qabristonga dafn etildi. Otasidan keyin u shu qishloqda istiqomat qilib turgan edi. Xoja Muh’ammad Porsoning ulug’ ajdodi xoja Tojiddin h’aqida quyidagicha malumot bor. Xoja Tojuddin xoja Hofiziddin Buxoriyning 108 ajdodi, xoja Rashididdinning wg’lidir. Xoja Rashididdinning otasi xoja Shujo Chingizxon xuruji vaqtida Mwg’ulistonga ketib qolgan va xoja Rashididdin wsha erda tug’ilgan. Uning say-h’arakatlari bilan mwg’ullar islom biniga kirganlar. Xoja Tojiddin xoja Ubaydulla davrida Movarounnah’rga kelgan va mavlono İroqiy Tusiydan talim olgan. Mavlono İroqiy Tusiy janob xoja Ah’rorning dwstlaridan bwlgani tufayli, xoja Tojiddin h’azrat eshonning (xoja Ubaydulla Ah’ror) qabul va suh’bati sharafiga muyassar bwlgan. U kwp vaqt uning ostonasini wpish sharafiga va xayr-eh’soniga muyassar bwlgan. Shundan keyin Koshg’ar shah’arlaridan Turfon h’okimi uning kelishini yaxshilikka ywyib, wzi va bolalariga izzat-h’urmat kwrsatgan. Ulardan bazilari h’ozirgi kungacha wsha mamlakatning eh’sonlariga musharrafdurlar. 16.2.14. «Matlab ut-tolibin» «Matlab ut-tolibin» («Haqiqat izlovchilarning maqsadi») Tojiddinning wg’li Abulabbos Muh’ammad Tolib tomonidan 1663/64 yili ёzib tamomlangan. Unda mashh’ur Juyboriy xojalardan xoja Muh’ammad İslom, xoja Sad, xoja Tojiddin Hasan, xoja Abdurah’im (1575-1629 yy.), Abdixoja (1577-1607 yy.) va Muh’ammad Yusufxoja (1595-1652 yy.)larning h’aёti va ijtimoiy-siёsiy faoliyati baёn etilgan. «Matlab ut-tolibin» faqat biografik asar bwlib qolmay, unda mamlakatning siёsiy va ijtimoiy-iqtisodiy ah’voliga oid h’amda Buxoro xonligi bilan Hindiston wrtasida munosabatlarga tegishli wta muh’im malumotlar mavjud. Shuning uchun h’am undan V.L.Vyatkin va P.P.İvanov Juyboriy xojalarning kr-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. 108 Хожа Ҳофизиддин Бухорий – Хожа Муҳаммад Порсонинг ҳақиқий номи, 1419 йили вафот этган. 199 Muh’ammad Tolib h’aqida quyidagilar malum. Asarda uchragan bazi malumotlarga qaraganda, otasi 1608 yili vafot etganida u 39 ёshda bwlgan. Shuni etiborga olinadigan bwlsa, muallifning tug’ilgan yili 1569 yil bwlib chiqadi. U xoja Tojiddin Hasanning ikkinchi wg’li bwlib, h’amma vaqt otasi bilan birga Buxoroda istiqomat qilgan. 1623 yili ota-bola Balxga borganlar. Muh’ammad Tolibning h’am h’am xwjaligi katta bwlgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari bevarzand xolasining er-suvi va boshqa mulki h’am unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga bah’olangan. «Matlab ut-tolibin» tarkibi ananaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat. Muqaddimada ananaviy fotih’a va h’amdu sanolardan keyin, mazkur asarni ёzishda muallif wz oldiga qwygan vazifalar h’aqida swz yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Asarning eng qimmatli malumotlar mavjud qismi uning IV-VIII boblaridir. Twrtinchi bobda xoja Sadning karomatlari«Matlab ut-tolibin», mol-mulki va xizmatkorlari, XVI asrning 80-ymllarida mavjud siёsiy vaziyat h’aqida muh’im malumotlar keltiriladi. Aytishlaricha, xoja Sadning Buxoro, Miёnqol, Samarqand, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, Qubodiёn, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg’ob, Meh’na, Mashh’ad, Chorjwy va Andxud viloyatlarida katta mol-mulki, er-suvi, kwp sonli mol-qwylari, dwkonlari, h’ammomlari, sardobalari va qullari bwlgan. Masalan, h’azrat eshonning tilga olingan viloyatlarda 2000 juft gov 109 ekin eri, 2500 bosh qwyi, 1500 oti, 12 h’ammomi, 10ta sardobasi, kwplab bozorlari, savdo dwkonlari va ustaxonalari, 100 nafar quli va boshqa boyliklari bwlgan. Uning h’ar bir viloyatda g’alla omborlari bwlgan. Faqat Buxoroyi sharifning bir wzida shunday omborlardan twrttasi qurilgan bwlib, ularning h’ar birida 100 mann 110 g’alla saqlangan. Xoja Sadning yillik daromadi 60.000 tangaga barobar bwlgan. Hazrat xojaning mol- mulkini kwp sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, soh’ibi xiroj, kerak yaroq, bakovul, qozi, dorug’a, mirishkor kabi mansabdorlar boshqarib turganlar. Twrtinchi bobda keltirilgan siёsiy voqealar ichida Abdullaxon soniyning Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80- yillarida qilgan h’arbiy yurishlari, Abdullaxon bilan Wzbek sulton wrtasidagi kelishmovchiliklar, Shayboniy qwshinlarining İssiqkwl viloyati ustiga qilgan h’arbiy yurishi h’aqidagi malumotlar wta muh’imdir. Yana shu bobda baёn qilingan voqealar ichida Samarqand h’okimi Shayboniyzoda İbodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining wldirilishi sabablari h’aqida aytilgan fikrlar zwr ah’amiyatga egadir. «Abdullanoma» muallifining swzlariga qaraganda, İbrluooa sultonning wlimiga uning shariat qoidalarini buzganligi, yani ramazonning birinchi kuni rwza tutmay, ichkilik ichganligi sabab bwlgan. Lekin, 1586 yili Buxoro va Samarqandda bwlib wtgan 109 Жуфти гов – бир жуфт ҳўкиз билан ҳайдаб экиладиган ер, тахминан саккиз-тўққиз гектарга тенг бўлган. 110 Манн- ўрта асрларда бир манн 25,6 килограммга тенг бўлган. 200 voqealarni chuqurroq tah’lil etadigan bwlsak, bu faqat bir bah’ona, sababi esa tamoman boshqacha bwlgan. Masalan, «Matlab ut-tolibin»da keltirilgan malumotlarga qaraganda, XVI asrning 80-yillari boshida Shayboniy sultonlar, xususan İbodulla sulton bilan Abdullaxon wrtasida munosabatlar bir qadar buzilib qolgan. Bunga Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, İsfandiёr sultonga qarshi qwshin tortgani sabab bwlgan. Asarda keltirilgan malumotlarga qaraganda, 1586 yilning 3 avgust kuni Toshkent h’okimi Dwstim sulton, Andijon h’okimi İsfandiёr sulton va Hisor h’okimi Wzbekxon, va Samarqand h’okimi İbodulla sultonning elchilari Samarqandga twplanib kengash wtkazganlar va gapni bir erga qwyib Abdullaxon soniyga qarshi h’arbiy-siёsiy ittifoq tuzganlar. Oradan kwp vaqt wtmay, İbodulla sulton Abdullaxonning ywqligidan foydalanib, Samarqand tevaragidagi tumanlarni bosdi va talon-taroj qildi. «Matlab ut-tolibin» muallifi yana quyidagilarni ёzadi; «(İbodulla) sulton ramazon oyi boshlarida qattiq ichib mast bwlgani sababdan Mirzo Abdurah’im kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va xanjar zarbi bilan uni wldirdi. Wsha kunlari h’azrat eshon (xoja Sad) Hisori shodmonda edilar. Tun yarimlaganda din suyanchig’i bwlmish amir ul-umaro Qulbobo kwkaltosh (h’azrat eshonning h’uzuriga) kirib keldi va İbodulla sultonning wldirilganligini aytdi. Bundan sal avval h’azrat eshon onasini tushida kwrganligini va mulozimlariga «Yaqin orada İbodulla sulton bu dunёni tark etsa kerak», deb aytgan. Asarda keltirilgan bu malumotlarni diqqat bilan tah’lil qilinganda İbodulla sulton Abdullaxonning odamlari tomonidan wldirilganligi wz-wzidan malum bwladi. Yana shu bobda Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, İsfandiёr sultonga qarshi, va sal keyinroq Xorazmga qwshin tortgani h’aqida malumotlar bor. Asarning boshinchi bobi xoja Tojiddin Hasanning tug’ilgan kunidan to vafotigacha Movarounnah’rda kechgan voqealar h’aqida h’ikoya qilinadi. Bu erda keltirilgan malumotlar orasida h’okimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar sulolasi qwliga wtish vaqti h’aqidagi malumotlar qimmatlidir. Malumki, bazi kitoblarda va xronologiyalarga oid asarlarda, masalan, S.Leynpul, E.Tsambaur kitoblarida, bu voqea h’ijriy 1006, melodiy 1598 yilda sodir bwlgan deb qayd qilinadi. Lekin keyinroq atroflicha wrganilgan «Bah’r ul-asror», «Tarixi olamoroyi Abbosiy», «Silsilat us-salotin» asarlarida bu voqea h’ijriy 1009, melodiy 1601 yili sodir bwlgani ochiq aytilgan. «Matlab ut-tolibin»da shu fikr aniq va ishonarli dalillar bilan etirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning wg’li va taxt vorisi Abdulmwmin sulton wrtasida boshlangan ziddiyat h’aqidagi malumotlar tariximizning yaxshi ёritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. Bu jih’atdan beshinchi bobda keltirilgan malumotlar jiqqatgan sazovordir. Bulardan biri, Juyboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sadning vorisi xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida 201 yangilari, yangi qurilgan Hasanobod qishlog’i, 50 nafar chorbog’, 20 qator 111 tuya va boshqalar h’am bwlgan. Shuni h’am aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh’, h’adis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig’ishga h’am etibor bergan. «Matlab ut- tolibin»da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qwlёzmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib ёzilgan kitoblar bwlgan. İkkinchisi Abdullaxon bilan uning wg’li va taxt vorisi, Balx h’ukmdori Abdulmwmin sulton wrtasida XU1 asrning 80-yillaridan boshlab kuchayib ketgan ziddiyatlar va Abdullaxonning vafoti xususidadir. «Matlab ut-tolibin»da quyidagilarni wqiymiz; «Abdullaxon mamlakatni 44 yil idora qildi. Otasi İskandarxon tirikligi chog’ida 28 yil uning nomidan, otasi vafot etgandan keyin 18 yil mustaqil idora qildi. Saltanatning bir uchi Andijonda, bir uchi Xorazmda, uchinchi uchi Dashti qipchoqda, twrtinchisi Xuroson va Seistonda bwlgan. Aytishlaricha, Abdumwminxon Muh’ammad Boqibiy bilan til biriktirib, otasining ovqatiga zah’ar qwshdirib bergan va xon h’ijriy 1006 yili vafot etgan. «Matlab ut-tolibin»ning oltinchi bobi Juyboriy xojalarning yana bir namoёndasi xoja Abdurah’imningh’aёti va ijtimoiy-siёsiy faoliyatiga bag’ishlangan. B«Matlab ut-tolibin»u bobda yirik xwjadiklarda qul meh’natidan foydalanish, er egaligining tanxoh’ va suyurg’ol shakllari, kerak yaroq lavozimi va uning vazifalari, Buxoro xonligi bilan Hindiston wrtasidagi munosabatlar h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. Kerak yaroqchi h’aqida bu asarda, masalan, bunday deyiladi; «Mulla Mirmuh’ammad xoja (Abdurah’im)ning xizmatkorlari jumlasidan edi. Uning zimmasiga kerak yaroqchilik vazifasi yuklatilgandi. Uning zimmasiga xojaning xonadoni uchun kerak bwlgan h’arir matolar va boshqa narsalarni topib keltirish majburiyati yuklatilgandi. Bir payt h’isobchilar mulla Mirmuh’ammad kerak yaroqchini taftish qilganlarida unga xojaning sarkorligidan berilgan naqd puldan tashqari, uning savdogarlar va boshqa shah’arlardan 90 ming xoniy qarz olganligi, lekin shu h’aqdagi tilxatlardan 1000 xoniy mablag’ tilxatlarda xoja (Abdurah’im)ning muh’ri ywqligi aniqlandi. Shundan keyin xoja (Abdurah’im) uni h’uzuriga chaqirib; «Nega aytilgan qarz h’aqida wz vaqtida bizsha malum qilmadingiz va tilxatlarni bizga kwrsatmadingiz?», deb swraganda, mulla Mirmuh’ammad (xojaga) bunday javob qilgan; «Biz sizning soh’ibi h’immatligingizga ishongan edik». Shundan keyin xoja mulla Hojibek devonbegi bilan mutavalliyni chaqirtirib, mulla Mirmuh’ammadning barcha qog’ozlarini ywq qilib yuborishni buyurgan.» Keltirilgan parchadan kerak yaroqchining vazifalari va h’uquklari, ortiqcha izoh’siz h’am kwrinib turibti. Asarning swnggi, ettinchi bobi Abdixojaning h’aёti, faoliyati va karomatlari baёniga bag’ishlangan. Lekin tadqiqotchi uchun wta zarur bwlgan dalil va malumotlar, masalan, Buxoro xonligining Abdullaxon soniy vafotidan, 1598 yildan keyingi ichki ah’voli, Juyboriy xojalarning, masalan, Abdixojaning bundagi wrni va vazifasi, Shayboniylar davlatining tuzilishi, xususan, devonbegi, miroxur, otaliq, shig’ovul, yasovul, naqib, qozi, bakovul, qurchi boshi, dodxoh’, parvonachi, shayxulislom, kwkaltosh, kadxudoyi dah’a (dah’aboshi), chiroqchi, 111 Бир қаторда тахминан 150 нафар туя бўлган. 202 munshiy va boshqa lavozimlar h’aqida, shuningdek, wzbek xalqining etnik tarkibiga kirgan saroy, qwng’irot, nayman, qatag’on, yuz, arg’in, kenagas va boshqa qabilalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida tutgan wrni h’aqida muh’im malumotlar keltirilgan. Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining mchkm ah’voli va uning mamlakatning siёsiy h’aёtida tutgan wrni va mavqei h’aqida asarda quyidagi malumotlarni uchratamiz. Swnggi Shayboniy Pirmuh’ammad Soniy (1598-1601 yy.) davrida mamlakatning ichki ah’voli beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning h’okimi Ashtarxoniy Boqi Muh’ammadning omadi yurishib, toj- taxtni egallaguday bwlsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ah’d qildilar. «Matlab ut-tolibin»da Boqi Muh’ammadxonning mana bu swzlari keltiriladi; «Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bwlsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muh’ammad wrtasida uchga taqsimlaymiz...» Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja Boqi Muh’ammadxonga murojaat qildi; «Tabriklaymiz, ulug’ ajdodlarimiz Sizga poytaxt shah’ar Buxoroni inom qiladilar.» Boqi Muh’ammadxon (ichiga sig’may) suyunib ketdi va singlisini Abzixojaga xotinlikka berdi. Abdixoja h’ammasi bwlib Buxoroda bir yilga yaqin istiqomat qildi. Shundan keyin Abdixojaning nuvuzi ortti. Muh’ammad Tolib bu h’aqda mana bularni ёzadi; «Hazrat xojaning ulug’ligi va kuch-qudrati shu darajaga borib etdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning h’uzuriga qochib borib, uning xizmatiga kirgudek bwlsa, u jaxoga tortilmagan. Xojaning tasiri barcha viloyatlarda shu qadar kuchli ediki, biron zot uning swzini qaytarmas edi. Kayfiyati ywq paytlarda Boqi Muh’ammadxonni h’am mensimas edi. Agar xon biror shaxsni ostonasidan quvib yuborguday bwlsa, xoja uni wz h’imoyasiga olar edi. Xoja tex-tez xonga wzgalar oldida tanbeh’ berar edi. Odamlar va h’arbiylar faqat xojaga ёrdam swrab murojaat qilar edilar. Xullasi kalom, yirik mansabdorlar, aslzodalar va sipoh’iylar shuruh’-guruh’ bwlib h’azrat xojaning panoh’iga qochib wta boshladilar. Bazi sipoh’iylar xojaga; «Siz bizning pushti panoh’imizsiz. Biz Sizni podshoh’ etib saflamoqchimiz», deb murojaat qila boshladilar. «Matlab ut-tolibin» chop etilmagan. Uning qwlёzma nusxalari kwpgina kutubxonalarda mavjud. WzR FA Sharqshunoslik institutining qwlёzmalar xazinasida uning nusxalari saqlanmoqda. 16.3.Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 1. B.A.Ashmedov «Izbekiston tarixi manbalari».-T.: I=ituvchi, 2001. 2. Ñîáðàíèå âîñòî÷íıõ ðóêîïèñåé ÀÍÐÓZ. Èñòîðèÿ. Ñîñòàâèòåëè Ä.Yu.Þñóïîâà, Ð.Ï.Äæàëèëîâà-Ò.: Fan. 1998. 3. Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 203 16.4 Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 1. Ageografiya swzning manosini aytib bering? 2. Dindorlar, h’aёtiga oid qanday adabiёtlarni bilasiz? 3. Diniy adabiёtlarning tarix fani wrganishdagi ah’amiyati nimada? 17- mavzu. Memuar asarlar Darsning mazmuni: talabalarga memuar asarlar twg’risida tushuncha berish va ularning tarix fanini wrganishdagi ah’amiyatini kwrsata berish. Reja: 17.1. Memuar asarlar xususiyati. 17.2. Memuar asarlar tavsifi. 17.3. Adabiёtlar r¢yxati. 17.4. Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar. Asosiy tushunchalar: memuar, xotira, taassurot. 17.1. Memuar asarlar xususiyati Memuar asarlar deb, mualliflarning shaxsiy xotiralari asosida ёzilgan kitoblarga aytiladi. Ularda aksariyat h’ollarda muallif wzi shaxsan kwrgan, ishtirok etgan ёki zamondoshlaridan wzi eshitgan voqealarni baёn etadi. Bu asarlarda aksariyat h’ollarda voqea h’odisalar twg’ri ёritiladi. Bazan muallifning shaxsiy kelib chiqishiga qarab voqealar turlicha talqin qilinishi mumkin. Memuar asardagi voqea xodisalar baёnini boshqa ёzma manbalar bilan solishtirib swngra xulosa chiqarish zarur. Bunday asarlarda bazi xollarda voqea xodisalarni g’arazli baёn etish xollari h’am uchraydi. Umuman tarixiy voqea-xodisalarni chuqur va atroflicha wrganish uchun memuar asarlardan h’am tanqidiy foydalanish mumkin. 17.2. Memuar asarlar tavsifi. 17.2.1. «Mujmali Fasih’iy» «Mujmali Fasih’iy» («Fasih’iyning (tarixlar) majmuasi») XV asrning kwzga kwringan tarixchilaridan Fasih’ Ah’mad Xavofiyning asaridir. Muallifning twla nomi Fasih’ Ah’mad ibn Jaloliddin Muh’ammad bwlib, u 1375 yili Hirtda yirik mansabdor oilasida tug’ilgan, 1405-1424 yillarida Alouddin Ali tarxon va Shoh’ruh’ devonida xizmat qilgan. U 1440-1441 yillari Shoh’ruh’ning suyukli va nufuzli xotini Gavh’arshod begimning amri bilan qamoqqa tushib 204 qoldi. 1441 yil 2 noyabrida ozod qilingandan swng faqat ilm bilan mashg’ul bwlgan va 1442 yili wzining yirik-tariziy biografik asari bwlmish «Mujmali Fasih’iy» asarini ёzib tamomlagan va Shoh’ruh’ga taqdim etgan. Tarixchining vafot etgan yili malum emas. Fasih’ Ah’mad Xavofiyning mazkur asari kwpgina tarixiy, adabiy, biografik, geografik asarlar, masalan, al-Masudiy, ibn al-Asir, ibn Halliqon, Nisoviy, Juvayniy, Rashididdin, Faxriddin Banokatiy, Vassof, Hofizi Abru, robia Fushanjiy, İbn Yamin Faryumadiy, Salion Sovajiy va boshqalarning asarlari asosida, shuningdek, muallifning kuzatish va taftishlari natijasida twplagan boy daliliy malumot asosida ёzilgan. Asarda Odam Atodan to muallif zamonigacha Elon va Movarounnah’rda bwlib wtgan muh’im tarixiy voqealar, mashh’ur olimlar, shoirlar, adiblar va boshqa taniqli kishilarning tarjimai h’oli, shugingdek, yirik suv inshootlari h’amda diqqatga sazovor yuinolar, masjid, madrasa, sardoba, karvonsaroy, h’ammom va boshqalarning qurilishi h’aqida qisqacha, lekin benih’oyat qimmatli daliliy malumotlar keltirilgan. Voqealar yyilma-yil, xronologik tartibda berilgan. Bu h’ol asardan foydalinishni birmuncha osonlashtiradi. «Mujmali Fasih’iy» swz boshi-debocha, kirish-muqaddima, xotima va ikki qism-maqoladan iborat. Debochada tarix fanining xosiёti va uni wrganishning ah’amiyati h’aqida gap boradi, asarning nomi va mundarijasi keltiriladi. Muqaddimamda dunёning yaratilishidan to Muh’ammad payg’ambarning tug’ilishigacha bwlgan davr ichida kechgan voqealar h’aqida malumot beriladi. Birinchi maqolada Muh’ammad payg’ambarning twg’ilishidan to uning Makkadan Madinaga h’ijrat qilishi, 622 yiligacha bwlgan davrni wz ichiga oladi. İkkinchi maqolada juda katta davr 622 yildan to 1442 yilgacha musulmon olamida yuz bergan voqealar baёn etiladi. Xotima maxsus Hirot shah’ariga bag’ishlangan. Fasih’ Ah’mad Xavofiy va uning mazkur asari XIX asr wrtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini wzisha jalb qilib kelmoqda va mashh’ur sharqshunos olimlarning bksak bah’osiga sazovor bwlgan. «Mujmali Fasih’iy»ning matni 1961-1963 yillari Eronda Mah’mud Farrux tomonidan, ikkinchi maqolaning ruscha tarjimasi D.Yusupova tomonidan Toshkentda 1980 yili chop etilgan. 17.2.2. «Badoyi ul-vaqoyi» «Badoyi ul-vaqoyi» («Nodir voqealar») nomli asar muallifi XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida wtgan taniqli adib va olim Zayniddin Vosifiy ёki Zayniddin Mah’mud ibn Abduljamildir. U 1485 yili Hirotda tug’ilgan. Otasi wziga tinch va malumotli kishi bwlib, Sulton Husayn mirzo saroyida kichik lavozimlardan birida munshiy ёki voqeanavis bwlgan. Zayniddin Vosifiy yaxshi wqida, iloh’iёt, tarix, adabiёt va boshqa ilmlarni puxta egalladi. 16 ёshida qarindoshi va Hirotning tariqli zotlaridan biri bwlgan amir Soh’ibdoroning ёrdami orqasida Aliger Navoiyning diqqat-etiborini qozonishga muyassar bwldi. U 1500-1502 yillari h’irotlik nufuzli amir Shoh’vali 205 kwkaltoshning xonadonida muallimlik qildi, 1502-1507 yillari Sulton Husayn mirzoning wg’illaridan Faridun Husaynning kutubxonasida kitobdor mansabida ishladi. 1507-1511 yillari Vosifiy Shoh’ruh’ mirzo madrasasida Xurosonda kwzga kwringan iloh’iёt olimi İmodiddin İbroh’imdan talim oldi. Zayniddin Vosifiy 1511 yili Xurosonda Safaviylar h’ukmronligi wrnatilishi va sunniy mazh’abidagi musulmonlarni taqib etish kuchayganligi tufayli 1512 yilning 17 aprelida bir guruh’ ruh’oniylar sayyid Shamsiddin Kurti, amir Husayn va boshqalar bilan birga Movarounnah’rga keldi va umrining oxirigacha shu mamlakatda istiqomat qildi. U Movarounnah’r va Turkistonning kwpgina shah’arlari Samarqand, Buxoro, Yassi, Sabron, Shoh’ruh’iya, Toshkent va boshqalarida istiqomat qildi va mudarris, imom, tarbiyachi, masalan, Suyunchxojaning kenja wg’li Navruz Axmadxonning tarbiyachisi bwlib xizmat qildi, Shoh’ruh’iyada bwlgan yillari esa Keldi Muh’ammadxon h’ukumatida qozi askar lavozimida turdi. Vosifiy 1551 yili Toshkentda vafot etdi va muqaddas manzilgoh’lardan shayx Xovand Tah’ur mozoriga dafn qilindi. Zayniddin Vosifiy wzining «Badoyi ul-vaqoyi» nomli tarixiy-memuar asari bilan shuh’rat qozondi. Asarda 1512-1532 yillar orasida muallifning Xuroson va Movarounnah’rda kwrgan-kechirganlari, wsha davrdagi ijtimoiy- siёsiy vaziyat zwr mah’orat va yuksak sanat bilan baёn etiladi. «Badoyi ul- vaqoyi»da Movarounnah’rning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtiga oid qimmatli malumotlar kwp. Asar 1538-1539 yillari ёzib tamomlangan. «Badoyi ul-vaqoyi» asosan ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismi II bob bwlib, unda Vosifiyning Hirotdan 1521 yili qochib kelishidan to uning Shoh’ruh’ichga, Keldi Muh’ammadxon saroyiga 1518 yili kelguniga qadar Xuroson va Turkistonda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi. İkkinchi qismda Vosifiyning mazkur xon saroyida tez-tez bwlib turadigan adabiy yig’inlar h’aqidagi esdaliklar joy olgan. «Badoyi ul-vaqoyi»ning qwlёzma nusxalari keng tarqalgan. Birgina WzR FA Sharqshunoslik instituti kutubxlnasida ushbu asarning wndan ortiq nusxasi saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni Sankt-Peterbkrglik olim A.N.Boldirev tomonidan 1961 yili ikki jild qilib chop etilgan. U Xorazmda 1826 va 1907 yillarda Dilovarxoja va Muh’ammad Amin twra tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan. Ayrim parchalar rus tilida A.N.Boldirev va V.P.Yudin tarafidan elon qilingan. «Badoyi ul-vaqoyi»ning ayrim qismlari N.Norqulov tomonidan tarjima qilinib, 1979 yili nashr etilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling