O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30

 
8.3.6. “Chor maqola” 
“Chor maqola” nomi bilan mashh’ur bwlgan bu qiziqarli asar muallifi 
Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning wz ismi Najmuddin Ah’mad ibn Umar 
ibn ali bwlib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida 
bwlgan. Bwlg’usi olim IX asrning 90- yillarida tug’ilgan, 1116-1119 yillari Sulton 
Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda h’aёt kechirdi, swngra Gur va Bomiёnda 
(Afg’onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) h’ukm surgan 
Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha wsha erda yashadi. 
“Chor maqola” ilmiy, etnik-didaktik mavzuda ёzilgan asar bwlib, “Majma 
ul-g’aroyib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) nomi bilan h’am ataladi. Asar 1156-1157 
yillari bitilgan bwlib, twrt qismdan iborat: 
3.  Dabir (kotib)lar va dabirlik h’aqida; 
4.  Sheriyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati h’aqida; 
5.  Cayёralar h’aqidagi ilm va munajjimlik h’aqida; 
6.  Tibb (meditsina) va tabiblik xususidadir.   
Birinchi  qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar wrtasidagi 1141 yilning 9 
sentyabrida Samarqand atrofida bwlgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, 
shuningdek, Sulton Mah’mud G’aznaviy bilan Movarounnah’r h’ukmdori 

 
76
Qoraxoniy Bug’raxon Muh’ammad (1033-1056 yillar atrofida vafot etgan) 
wrtasidagi siёsiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining 
umumiy ah’voli h’aqida qisqa, lekin qimmatli malumotlar keltirilgan.   
“Chor maqola”ning ikkinchi qismida h’am muh’im maoumotlarni 
uchratamiz. Mashh’ur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm.860-941 yy.), Farruh’iy 
(1038 yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940-1020-1030 yillar orasi)larning 
h’aёtiga oid, shuningdek, Bodh’izning tabiiy sharoiti, masalan u erda bwlgan 
1000ga yaqin koriz, uzumning 120ta navi, Qoraxoniylar davrida 
Movarounnah’rning adabiy va madaniy h’aёtiga oid axborotlar shular 
jumlasidandir.   
Uchinchi qismda Abu Rayh’on Beruniy va Umar Hayёmning (taxm. 1048-
1123) h’aёti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bwlgan) bilan 
bog’liq malumotlar berilgan. 
Twrtinchi qismda wzbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 
(980-1037 yy.) Buxoro va Xoraz mdagi ilmiy faoliyati bilan bog’liq malumotlarni 
uchratamiz. 
Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari Wzbekistonning X-
XI asrlardagi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtini wrganishda muh’im ah’amiyatga 
ega bwlgan manbalardan biri h’isoblanadi. 
“Chor maqola”ning forsiy matni 1910 va 1955-1957 yillarda eronlik 
sharqshunos olimlar Mirzo Muh’ammad Qazviniy h’amda Muh’ammad Muin 
tomonidan chop qilingan. Asar ingliz tiliga 1921 yili va 1963 yili rus tiliga tarjima 
qilingan. Sharqshunos Mah’mud Hasaniy uni wzbek tiliga tarjima qilib chop 
ettirgan. 
 
8.3.7. “Mujmal at-tavorix va qisas” 
Muallifi nomalum bwlgan “Mujmal at-tavorix va qisas” (“Tarixlar va 
qissalar majmuasi”) nomli bu asar ixcham tarzda ёzilgan umumiy tarixga oiddir. 
Unda qadim zamonlardan (islomiyatdan avval wtgan Eron podshoh’lari zamonidan 
to wg’uzlar tarafidan Sulton Sanjarning asir olinishi (1153) va Nishopurning 
vayron etilishigacha bwlgan davr ichida Eronda va qisman Wzbekistonda yuz 
bergan ijtimoiy-siёsiy voqealar h’ikoya qilinadi.  
Asar 1153 yildan keyin yaratilgan. Kitobning ilmiy qimmati shundaki, unda 
turkiy xalqlar, ularning kelib chiqishi h’aqidagi rivoyatlar, turklarning vatanlaridan 
biri İssiqkwl h’aqida boshqa manbalarda uchramaydigan malumotlar keltirilgan. 
“Mujmal at-tavorix va qisas”ning yagona qwlёzma nusxasi Parij Milliy 
kutubxonasining qadimiy forsiy kitoblar fondida, 62 raqam ostida saqlanmoqda. 
Uning matni 1939 yili eronlik Malik ush-shuaro Bah’or tomonidan chop etilgan. 
 
8.3.8. “Zayn al-axbor” 
“Zayn al-axbor” (“Tarixlar bezagi”) nomli kitob muallifi XI asrning yirik 
tarixchisi Gardiziydir. Uning twla ismi Abu Said Abulh’ay ibn Zah’h’ok ibn 
Mah’mud Gardiziy, G’azniga (Afoniston) tobe bwlgan va uning sharqiy tarafida 
joylashgan Gardiz qishlog’ida tug’ilgan. U wz zamonidaёq  shuh’rat topgan 
olimdir. Bu esa uning yaqin “Zayn al-axbor” nomli asari tufayli bwldi. Kitob 1049-

 
77
1050 yillar orasida ёzib tamomlangan va G’aznaviylardan Sulton Abdurashidga 
(1049-1053) taqdim etilgan. 
“Zayn al-axbor” asosan qadim zamonlardan (islomiyatdan avval  wtgan 
qadimgi Eron podshoh’lari zamonidan) to 1041 yilgacha, yani G’aznaviylardan  
Sulton Mavdud (1041-1050) bilan Sulton Muh’ammad (1030-1031, ikkinchi marta 
1041) wrtasida, yani 1041 yili Dinovarda bwlgan urushgacha Xurosonda bwlib 
wtgan voqealar h’aqida h’ikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab 
istilosidan 1041 yilgacha bwlgan tarixi boshqa asarlarga nisbatan kengroq 
ёritilgan. 
Gardiziy ushbu asarini ёzishda  as-Sallomiyning “Kitob fi axbor vuloti 
Xuroson”, al-Jayxoniyning  “Ajoyib al-buldon”, shuningdek ibn Muqaffa, ibn 
Xalliqonning asarlaridan h’am foydalangan. 
“Zayn al-axbor” rumliklarning madaniyati (dar marifati rumiёn), turli 
xalqlarning diniy marosimlari va yil h’isoblari, Movarounnah’rning turkiy ah’olisi 
va Hindiston h’aqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlarning 
(musulmonlar, yah’udiydar, xristianlar va boshqalarning) diniy marosimlari va yil 
h’isoblari h’amda Hindiston h’aqidagi boblari Abu Rayh’on Beruniy asarlari, Wrtv 
Osiё va Wzbekistonning turkiy ah’olisi h’aqidagi bobi esa qisman ibn 
 
Xurdodbeh’, Jayh’oniy va ibn Muqaffa asarlariga tayanib ёzilgan. 
Gardiziyning “Zayn al-axbor” asari Xuroson va Movarounnah’rning arablar 
istilosidan to XI asrning wrtalarigacha bwlgan siёsiy tarixini qrganishda muh’im 
wrin tutadi. 
“Zayn al-axbor” asarining forscha matni eronlik Mirzo Muh’ammad 
Qazviniy 1937 yili, Muh’ammad Nozim 1928 yili h’amda Said Nafisiy tomonidan 
1954 yili chop etilgan edi. 1969 yili Teh’ronda asarning twla nashri amalga 
oshirildi. Uning turkiy xalqlar h’aqidagi bobi rus tilida V.V.Bartold tomonidan 
1900 yili nashr qilingan. 
Kitobning Wzbekistonga aloqador qismi A.K.Arends tomonidan ruschaga 
qilingan tarjimasi 1991 yili L.M.Epifanova tomonidan nashrga tayёrlanib 
Toshkentda chop etildi.       
 
8.3.9. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi h’aqida qand kitob”) 
nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih’ Najmuddin Abu Hifs Umar 
ibn Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U 
musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiёt” 
(“Kelishmovchiliklar h’aqida Nasafiyning sheriy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” 
(“(İslom) aqidalariga an-Nasafiy sharh’i”) shariat ywl-ywriqlari va  “Quroni 
karim” sharh’iga bag’ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida 
ёqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari h’aqida”) va tasavvuf xususida 
“Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan. 
 
Nasafiyning tarix fani uchun eng muh’im “Kitob al-qand fi tarixi 
Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi marifati ulamoi 
Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) h’am 
mashh’urdir. Ushbu asarda Wzbekistonning islomgacha bwlgan tarixi, uning arab 

 
78
istilochilari tomonidan  bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori 
atiqalari h’aqida malumot keltirilgan. 
 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha etib 
kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muh’ammad ibn Abdujalil ibn 
Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan 
forscha tah’ririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973, 
257 bet) Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy asarning forscha tah’ririga 
Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy al-İdrisiyning (1015 yili vafot etgan) 
“Kitob komil al-marifat ar-rijol” (“Mashh’ur kishilarni tanish h’aqida mukammal 
kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan. 
 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asr boshlarida 
Said Ah’mad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tah’riri h’am bor. “Qandiyayi 
xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashh’ur bwlgan bu asarning qwlёzma 
nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shah’arlarida h’amda 
Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda. 
 
“Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.), 
Toshkent va Teh’ronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932 
yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan. 
 
8.3.10. “Tarixi Muborakshoh’” 
 
“Tarixi Muborakshoh’” (“Muborakshoh’ tarixi”) asarining muallifi 
Faxriddin Muborakshoh’ Mavarrudiy bwlib, u XII asrning ikkinchi yarmi va X111 
asrning boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining twla ismi 
Faxriddin Muborakshoh’ ёki Faxri mudir nomi bilan mashh’ur bwlgan ekan. 
Faxriddin Muborakshoh’ wz asarining debochasida, shuningdek, İbn Al-Asir 
va “Haft iqlim” muallifining keltirgan malumotlarga qaraganda, otasi h’am, wzi 
h’am G’uriylardan
25
 Shah’obiddin (ёki Muizziddin) Muh’ammad (1173-1206) 
h’amda G’iёsuddin Mah’mud (1206-1212) saroyida xizmat qilgan va wz 
zamonasining keng malumotli kishilaridan h’isoblangan.  
Faxriddin Muborakshoh’ 1206 yili wzining mashh’ur “Tarixi 
Muborakshoh’” asarini ёzib tamomladi va Loh’urda G’iёsuddin Mah’mudga 
taqdim etib, uning etiborini qozongan. Asar, muallifning swzlariga qaraganda, 13 
yil ichida tamomlangan.  
“Tarixi Muborakshoh’” asari 136 qism (shajara)dan iborat bwlib, unda 
Muh’ammad pag’ambar, xulafoyi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), 
ansorlar
26
, muh’ojir sah’obalar
27
, G’assaniylar, yani Suriya h’ukmdorlari, Yaman 
podshoh’lari, joh’iliyat zamonida, yani islomiyatdan avval wtgan shoirlar
sah’oyuadar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshoh’lari (Peshdodiylar, 
Kaёniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Toh’iriylar, 
Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar va nih’oyat G’uriylar tarixi baёn etilgan. 
                                                 
25
  Ғурийлар – 1000-1215 йиллари  Хуросоннинг  шарқий  қисми,  Афғонистон  ва  Шимолий  Ҳиндистонда 
ҳукмронлик қилган сулола.
 
26
 Ансорлар – ёрдамчи, сафдош; Муҳаммад пайғамбар 622 йили Маккадан Мадинага кўчиб кетишга мажбур 
бўлганида уни қўллаб қувватлаган Авс ва Ҳазраж қабилаларининг аъзолари.
 
27
 Саҳоба - ҳамроҳлар, дўстлар. Муҳаммад пайғамбарнинг ҳамроҳлари, яқин дўстлари.
 

 
79
Ushbu asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarh’adlari 
va Turkistonda ishlab chiqaraladigan mol va matolar, ularning h’orijiy 
mamlakatlarda etibor qlzongan navlari, turk qabilalari va urug’lari, ularning tili va 
madaniyati, ёzuvlari, urf-odatlari h’aqida boy daliliy malumotlar keltirilgan. 
“Tarixi Muborakshoh’” asarining yagona mwtabar qwlёzmasi Angliyaning 
Oksford shah’ridagi Bodli kutubxonasida saqlanmoqda. Kitobning G’uriylar va 
turkiy xalqlar tarixiga oid qismi matnini ingliz sharqshunosi Denison Ross 1927 
yili chop qilgan.  
 
8.3.11. “Tarixi Masudiy” 
Ananaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi Masudiy” 
(“Masud tarixi”) asarning  muallifi Abulfazl Muh’ammad ibn al-Husayn al-kotib 
al-Bayh’aqiydir (995-1077). U Nishopur viloyatiga qarashli Harisobod qishlog’ida 
badavlat mansabdor oilada tug’ilgan, asosan Nishopur shah’rida talim olib, 
balog’atga etgan.  
Abulfazl Bayh’aqiy taxminan 1021 yili G’aznaviylar davlatining devoni 
rasoili - xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi mah’kamaga dabirlik 
mansabiga qabul qilindi va vazir Abu Nasr Mishkon rah’barligida 19 yil ysha 
mansabda xizmat qildi. Abu Nasr Mishkon vafotidan swng 1039 yili Abulfazl 
Bayh’aqiy uning wrniga devon boshlig’i etib tayinlandi. 1041 yili Sulton Masud 
wldirilgandan swng u saroy xizmatidan chetlatildi va faqat Sulton Abdurashid 
1050 yili h’okimiyat tepasiga kelgach, yana wz wrniga tiklandi. Abulfazl 
Bayh’aqiy bu lavozimda 1059 yilgacha, yani Sulton Farruh’zod (1053-1059 yy.) 
saltanatining oxirigacha  davlat xizmatida bwldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish 
bilan mashg’ul bwldi. U 1077 yili vafot etgan. 
Abulfazl Bayh’aqiy “Ziynat ul-kitob” (“Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli 
Mah’mud” (“Mah’mud xonadonining tarixi”) ёki “Jomi fi tarixi oli Sabuqtegin”      
(“Sabuktegin xonadoni tarixidan h’ikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan 
mashh’ur. “Tarixi Bayh’aq” (“Bayh’aq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulh’asan 
Ali Bayh’aqiy, XII asrning ikkinchi yarmida wtgan va kwpincha ibn Funduq nomi 
bilan mashh’ur bwlgan olimning maoumotiga qaraganda, Abulfazl Bayh’aqiyning 
“Tarixi oli Mah’mud” asari wttiz jilddan iborat bwlgan. Lekin bu ulkan asarning 
faqat oltinchi jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9 jildlari h’amda 10-jildining bir qismi 
etib kelgan, xalos. Bu qismlar Sulton Masud (1030-1041 yy.) davri tarixini wz 
ichiga oladi va “Tarixi Masudiy” nomi bilan malum va mashh’ur.   
“Tarixi Masudiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli muallif wzi 
kwrgan va ishonchli kishidardan aniqlagan malumotlarni, shuningdek, h’ukumat 
mah’kamalarida saqlangan rasmiy h’ujjatlar asosida h’amda maishiy tafsilotlarga 
h’am aloh’ida etibor berilgan. 
Bu xususiyat asarning daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning keng va 
atroflicha baёn etilishi va nih’oyati zwr badiiy mah’orat bilan ёzilganligi, uning 
boshqa tarixiy asarlardan aloh’ida ajratib turadi.  
Kitobda asosan Sulton Masud davri G’aznaviylar saltanati ixtimoiy-siёsiy 
ah’voliga keng wrin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, 
Saljuqiylar tarixiga oid muh’im malumotlar h’am bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan 

 
80
Xorazm, Saljuqiylar h’amja Qoraxoniylar davlati wrtasida bwlgan siёsiy 
munosabatlar h’aqida qimmatli malumotlar kwp. 
Ushbu asarda Abu Rayh’on Beruniy h’aёti twg’risida tafsilotlar va uning 
bizgacha etib kelmagan Xorazm tarixiga oid asaridan lavh’alar biz uchun juda 
qimmatlidir. Chunki muarrix ulug’ vatandoshimiz bilan muloqotda bwlgan, uni 
yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan. 
“Tarixi Masudiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861 yili, 
Teh’ronda esa Ah’mad Peshavoriy 1886 yili, Said Nafisiy 1941-1954 yillari, G’ani 
va Faёz  1945 yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi Qoh’irada Yah’ё 
Hashshob va Sodiq Nishot tomonidan chop etilgan. 
“Tarixi Masudiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izoh’lar bilan 
atoqli manbashunos olim A.K.Arends tomonidan Toshkentda 1962 yili va 
Moskvada 1969 yili elon qilindi. Kitobning X-XI asr tarixini wrganuvchilar uchun 
manba sifatidagi ah’amiyati juda katta. 
 
8.3.12. “Lubob ul-albob” 
“Lubob ul-albob” (“Qalblar qalbi”, 1222-1223 yillari ёzilgan) nomli 
asarning muallifi Saduddin Muh’ammad Avfiy bwlib, u XII asrning swnggi 
choragi va XIII asrning birinchi yarmida yashagan adib, tarjimon va tazkiranavis 
olimdir.  
Avfiy 1172-1177 yillar orasida Buxoroda tug’ilgan, asosiy malumotni ona 
shah’rida olgan va 1201 yili Samarqand h’okimi Qoraxoniy İbroh’im IV ibn 
Husayn (1178-1204 yy.) saroyiga taklif etilgan. U bu erda kwpgina fozil kishilar, 
jumladan shayx Najmuddin Kubro (1221 yili Urganjda mwg’ullar qirg’ini vaqtida 
h’alok bwlgan) h’amda shayx Majdiddin Bag’dodiy (1216 yili xorazmshoh’ 
Alouddin Muh’ammadning amri bilan qatl etilgan) bilan uchrashgan.  
Olim 1205 yildan boshlab Movarounnah’r va Xuroson bwylab kwp saёh’at 
qilgan, dastlab Niso, Marv, Tus, Hirot va Seistonda bwladi. U Nishopurda h’am 
bwlib, Xurosonning etuk arabiynavis va forsinavis shoirlari bilan yaqindan 
tanishadi. Xullas, olim Xuroson shah’arlari bwylab qilgan saёh’ati vaqtida bwlajak 
tazkirasi uchun malumotlar twplaydi.    
 
Avfiy mwg’ullar istilosi arafasida Hindiston safariga otlanadi. G’aznaga 
etkanda Chingizxon (1206-1227 yy.) boshliq mwg’ul qwshinlarining Wrta Osiёga 
bostirib kirgani h’aqida xabar tarqaladi. Olim Xuroson va Movarounnah’rdan 
kelgan qochoqlarga qwshilib Hindistonga jwnaydi va 1222 yili Panjobning Uch 
viloyatiga kelib, bu erning h’okimi Nosiruddin Qabochaning (1205-1227 yy.) 
xizmatiga kiradi. Oradan kwp vaqt wtmay, Avfiy Gujoratga qozi qilib tayinlanadi. 
U 1227 yili Deh’liga kwchib kelib, Sulton Shamsuddin Eltutmishning
28
 xizmatiga 
kiradi va umrining oxirigacha shu erda kun kechiradi. 
 
Nuriddin Muh’ammad Avfiy Uchda turgan vaqtida wzining “Lubob ul-
albob” nomli tazkirasini ёzdi, Gujoratda esa arabiynavis olim qozi Muh’sin 
Tanuh’iyning (940-994 yy.) “Al-faraj bad ash-shiddat” (“Ofatdan swnggi 
                                                 
28
 Шамсуддин Элтутмиш (1211-1236 йй.) –Х111 асрда Шимолий Ҳиндистонни идора қилган Муъиззийлар 
сулоласидан.
 

 
81
ovunish”, 984 yili ёzilgan) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qildi. 
“Javomi ul-h’ikoyat va lavomi ar-rivoyat” (“Hikoyatlar majmuasi va rivoyatlar 
shulasi”) asarini h’am wsha erda ёza boshladi. 
 
“Lubob ul-albob” tazkira bwlib, unda Wzbekiston, Xuroson, İroq, 
Ozarbayjon, G’azna h’amda G’arbiy Hindistonda X-XII asrlarda yashab ijod etgan 
299 shoir va adib h’aqida umumiy malumot beriladi. Asar Uch viloyatining 
h’okimi Raziuddin Abubakrning topshirig’i bilan ёzilgan. 
 
“Lubob ul-albob”ning forsiy matni 1903 va 1906 yillari E.Braun va Mirza 
Muh’ammad Qazviniy tarafidan chop etilgan. 
 
Avfiyning ikkinchi muh’im asari  “Javomi ul-h’ikoyat” bwlib, 1227-1236 
yillari orasida ёzilgan. Asar twrt qismdan, h’ar bir qism esa 25 bobdan iborat. 
Unda Hinliston, Eron, Wrta Osiё va Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy 
h’aёtiga oid 2113 ta tarixiy latifadan iborat. Biz uchun uning ayniqsa twrtinchi 
qismi aloh’ida qimmat kasb etadi. Bu qismda Wrta Osiёning qadimiy turkiy 
xalqlari va Buxoro sadrlari h’aqida muh’im malumotlar bor. 
 
“Javomi ul-h’ikoyat” chop qilinmagan, ayrim qismlari İ.Nizomutdinov va 
T.Fayziev tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan. 
 
8.3.13. “Tarixi jah’onkushoy” 
 
“Tarixi jah’onkushoy” (“Jah’ongir (Chmngizxon) tarixi”) nomli yirik tarixiy 
asarni yaratgan tarixchi XIII asrda wtgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. 
Uning twla ismi Alouddin Otamalik ibn Bah’ouddin Muh’ammad al-Juvayniy. U 
1226 yili G’arbiy Xurosonning Juvayn h’ududiga qarashli Ozodvor qishlog’ida 
badavlat va nufuzli siёsiy arbob oilasida tug’ilgan. Otasi Bah’ouddin Muh’ammad 
Xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning Xurosondagi noibi bwlgan, mwg’ullar 
xuruji vaqtida Sulton Jaloluddin bilan birga ularga qarshi danglarda qatnashgan. 
Mwg’ullar 1221 yili Nishopurni ishg’ol qilgach, Bah’ouddin Muh’ammad Tusga 
qochib bordi va uning mustah’kam qalalaridan biriga yashirindi. Lekin qala 
h’okimi uni bandga olib mwg’ul lashkarboshilaridan Qwlbwlotga topshirdi. 
Qwlbwlot asirning malumotli va istedodli shaxs ekanligini anglab, uni tirik 
qoldirdi. Keyincha Bah’ouddin Muh’ammad mwg’ullar xizmatiga qabul qilindi va 
tovafotiga (1258 y.) qadar Xurosondagi mwg’ul h’okimlari Chintemur, Kirkwz, 
Arg’un og’a h’uzurida soh’ib devonlik vazifasida turdi. 
 
Bah’ouddin Muh’ammaddan ikki wg’il qoldi. Twng’ichi Shamsuddin 
Muh’ammad 1262-1283 yillari Erondagi mwg’ul h’ukmdorlari Elxonlardan 
Halokuxon (1256-1265 yy.) h’amda Abaqaxon (1265-1282 yy.)ning vaziri, soh’ib 
devon bwlgan va mamlakatning idtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. 
 
Bah’ouddin Muh’ammadning kenda wg’li Alouddin ёshligidan yaxshi 
wqidi, arab, fors, keyinchalik mwg’ul va uyg’ur tillarini mukammal wrgandi, wrta 
asr fanining bir talay soh’alarini puxta egalladi. U ёshligidaёq mwg’ul 
h’ukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirkwz h’amda Arg’un og’aning devonida 
xizmat qildi. Alouddin Otamalik Juvayniy Arg’un og’a bilan uch marta 1246-1247, 
1249-1251, 1252-1253 yillari Mwg’ulustonga, Qoraqwrumga bordi. U 1256 
yilning boshlarida Halokuxonning buyrug’i bilan İsmoiliylar h’ukmdori Rukniddin 
Hurshoh’ h’uzuriga Maymanduz qalasiga elchi bwlib bordi va unga qarshilik 

 
82
kwrsatmay taslim bwlish h’aqidagi talabnomani topshirdi. Juvayniy Maymanduzni 
mwg’ul qwshinlari tomonidan ishg’ol qilish chog’ida İsmoiliylarning boy 
kutubxonasini talon-tarojdan saqlab qoldi. 
 
Alouddin Otamalik Juvayniy 1259 yili İroq va Xuzistonga h’okim, 
malik qilib tayinlandi. Wshanda u Bag’dod va uning atrofidagi joylarni obod qildi. 
Tarixchi Vassofning (XIII asr oxiri-XIV asrning birinchi yarmi) malumotlariga 
qaraganda, u katta mablag’, 10000 oltin dinor sarflab Frot darёsidan Kufa va 
Najafga suv olib kelgan. Juvayniy bu lavozimda 20 yildan ortiq turdi. 1271 yili 
raqiblari qozi sayyid Tojiddin Ali ibn Muh’ammad, “Kitob al-faxriy” asari muallifi 
Abu Jafar Jaloluddinning otasi, boshchiligida unga qarshi zimdan kurash 
boshladilar. Oqibatda ular Juvayniyni mansabini suiistemol qilib, xazinani bir 
qismini wzlashtirganlikda aybladilar. Juvayniy odam ёllab qozi Tojuddin Alini 
wldirtirdi, lekin bu bilan muxoliflarining taqibidan qutulib qololmadi. Wsha 
yilning wzida Abaqaxon Bag’dod devonini taftish qilish uchun odam yubordi. 
Taftish natijasida 250 tuman, bir tuman 10000 kumush dinorga teng, kamomad 
borligi aniqlandi. Juvayniy qamab qwyildi va kamomad undirib olingandan keyin 
h’ibsdan ozod qilindi va wz mansabiga tiklandi. 
Oradan wn yil wtgach, 1281 yili, Tojuddin ismli bir shaxs uni yana xazinaga 
“qwl chwzishda” va yashirincha Misr bilan aloqa bog’laganlikda aybladi. 
Bag’dodning moliyaviy xwjaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad 
borligi aniqlandi. Bag’dodning moliyaviy xwjaligi yana taftish qilindi va 300 
tuman kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana h’ibsga olindi, lekin kamomadgi 
twlashga swz bergani uchun qamoqdan ozod qilindi. Lekin, butun er-suv va 
qimmatbah’o buyumlarni sotsa h’am kamomadning faqat 170 tumanini qopladi, 
xalos. Juvayniy yana qamoqqa olindi, uni qiynoqqa soldilar, Bag’dod kwchvlari 
bwylab yalangg’och qilib olib wtdilar. Juvayniy Twqudar Ah’mad davri(1282-
1284 yy.)da og’asining ёrdamida h’ibsdan ozod etildi, musodara qilingan molu 
mulki qaytarib berildi. Lekin oradan kwp wtmay, shah’zoda Arg’un Bag’dod 
devonini qaytadan taftish qilish va Juvayniyning mol-mulkini musodara qilishni 
buyurdi. Wsha vaqtda Juvayniy Ozarbayjonning Arronida edi. Bu xabar fojeaga 
olib keldi – 1283 yili Juvayniyning .ragi ёrilib vafot etdi. 
 
Alouddin Otamalik Juvayniy Mwg’uliston, Wzbekiston h’amda 
Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixidan h’ikoya qiluvchi asari bilan shuh’rat 
topti. Kitob 1260 yili ёzib tamomlangan. 
“Tarixi jah’onkushoy” asari uch qismdan iborat: 1)mwg’ullar, ularning 
Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) 
davrigacha, shuningdek, Jwjixon, Chig’atoyxon va avlodlari tarixi, 
2)Xorazmshoh’lar va Xurosonning mwg’ul h’ukmdorlari davridagi (1258-
yilgacha) tarixi, 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, 
shuningdek, İsmoiliylarning diniy-h’arbiy uyushmasi va İsmoiliylar davlati (1090-
1258 yy.) tarixi. İsmoiliylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonada topilgan asarlar, 
xususan  İsmoiliylarning kwzga kwringan namoyandalaridan Hasan Saboh’ning 
(taxminan 1055-1124 yy.) h’aёti va faoliyati h’aqida h’ikoya qiluvchi “Sarguzashti 
sayyidno” (“Sayidimizning sarguzashtlari”) nomli kitob asosida ёzilgan. 

 
83
Wrta Osiё va Wzbekiston tarixi uchun “Tarixi jah’onkushoy”ning I-II 
qismlari aloh’ida qiymatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshoh’lar tarixiga oid 
qismi (II qism) bizgacha etib kelmagan “Mashorib at-tajorib va g’avorib al-
g’aroib” (“İmtih’onni salqinlashtirish joyi va ajoyib narsalarning yuqori darajasi”), 
Faxriddin Roziyning (1210 yili vafot etgan) “Javome ul-ulum” (“İlmlar 
majmuasi”) kitoblari asosida ёzilgan. Movarounnah’r va Sharqiy Turkiston tarixi, 
shuningdek, Mwg’uliston h’aqidagi xabarlar asosan muallifning shu 
mamlakatlarga qilgan saёh’atlari vaqtida twplangan malumotlar asosida ёzilgan. 
“Tarixi jah’onkushoy”ning forsiycha matni Mirzo Muh’ammadxon Qazviniy 
tarafidan 1912, 1916 va 1937 yillari nashr etilgan. Asarning twla inglizcha va 
turkcha-usmonlicha (1 jildi) tarjimalari bor.   
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling