O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning o‘quv dasturi


Download 1.84 Mb.
bet25/75
Sana04.11.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1745717
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Bog'liq
30721001-Kon ishchisi

1. O‘quv dasturi umummiy talablari

Dastur nomi

Biznes asoslari

Ajratilgan soat

60

Mavzular soni

18

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarni o‘z biznes-g‘oyalarini amalga oshirish va shaxsiy daromad topish maqsadida biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

  • shug‘ullanish mumkin bo‘lgan muayyan tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va ustun jihatlarini aniqlash;

  • o‘z shaxsiy biznesini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan biznes muhitni tahlil qilish;

  • biznesni boshlashning huquqiy va moliyaviy jihatlarini baholash;

  • o‘z shaxsiy biznes-rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

  • shaxsiy biznesni tashkil etish, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda lisenziya olish.

Bilimlar



  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mazmuni;

  • tadbirkorning huquq va majburiyatlari;

  • tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari va ta’sis hujjatlari;

  • biznes-rejaning vazifasi va asosiy bo‘limlari;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari va marketing tadqiqotlari;

  • bankdan kredit olish va rasmiylashtirish tartibi;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan barcha qonuniy va me’yoriy hujjatlar yuzasidan axborotga ega bo‘lish;

  • innovasion tadbirkorlik mazmuni;

  • tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi.

Ko‘nikmalar



  • shaxsiy biznesni tashkil etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, lisenziya olish;

  • biznes-reja ishlab chiqish, shaxsiy biznes faoliyatini yuritish va uni boshqarish;

  • biznes faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish;

  • biznes faoliyatini yuritish uchun marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tahlil qilish;

  • “Start-up” loyihalarini ishlab chiqish;

  • mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;

  • bank kreditlarini rasmiylashtira olish;

  • soliq va kredit imtiyozlaridan foydalana olish;

  • munosib ish topish, o‘zini o‘zi band qilish, tegishli ishchi va mutaxassislarni yollash, bandlikni ta’minlashga oid hujjatlar bilan ishlay olish;

  • ishbilarmonlik etikasiga ega bo‘lish, undan foydalanish va boshqalar.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling