O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang’ich professional ta’limning


Download 1.2 Mb.
bet16/108
Sana28.07.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1663325
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
30810501 Qishloq xojaligi ekinlari laboranti

X.Atabayeva- Toshkent davlat agrar universiteti “Soya va moyli ekinlar” kafedrasi professori
B.To’xtashov- Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va melioratsiya

asoslari” kafedrasi dotsenti.

  1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar

O‘quv dasturining nomi

O’simlikshunoslik

Ajratilgan soat

60

Mavzular soni

19

Dasturning maqsadi

O‘quvchilargaga dala ekinlaridan kam mablag‘ sarflab yuqori hosil yetishtish uchun dala ekinlarining biologiyasiga asoslangan yetishtirish texnologiyasini, o’simlikshunoslikda fan yutuqlari va ilg‘orlar tajribalarni qo’llashni o’rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.

O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

  • dala ekinlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati va ularning kelib chiqish tarixi;

  • dala ekinlarining biologiyasi, kelib chiqish markazlari;

  • dala ekinlarining yetishtirishning zamonaviy agrotexnikasini o’rgatish

Bilim

  • g‘o’za, boshoqli va dukkakli don, moyli ekinlar hamda kartoshka ekinlarining umumiy ta’rifi;

  • kuzgi va bahorgi bug‘doyni yetishtirish texnologiyalari va usullari;

  • g‘o’za,boshoqli va dukkakli don, moyli ekinlarning biologik xususiyatlari;

  • kartoshka hamda ildiz va tugunak mevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi;

  • urug‘lar va ko’chatlarni va ekin maydonlarini ekishga tayyorlash;

  • ekish muddatlari, usullari va me’yorlari;

  • sug‘orish va oziqlantirish usullari va muddatlari;

  • tumanlashtirilgan ekin navlari;

  • qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini aniqlash va yig‘ishtirish hamda saqlash qoidalarini o‘rganish.

Ko’nikma

  • g‘o’za, boshoqli va dukkakli don, moyli ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini amalda qo’llay olish;

  • kuzgi va bahorgi bug‘doyni yetishtirish usullarini tahlil qilish;

  • g‘o’za, boshoqli va dukkakli don, moyli ekinlarnining biologik xususiyatlarini ajrata olish;

  • kartoshka hamda ildiz va tugunak mevali ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini iqlim va yer rel’efiga ko’ra tanlay olish;

  • kartoshka ekinlarini yetishtirish texnologiyasini amalda qo’llash;

  • urug‘ va ko’chatlarni va ekin maydonlarini ekishga tayyorlash;.

  • ekish muddatlari, usullari va me’yorlarini aniqlash;

  • sug‘orish va oziqlantirish usullari va muddatlarini tanlay olish;




  • tumanlashtirilgan ekin navlarini aniqlash;

  • qishloq xo’jalik ekinlarinining hosilini aniqlash va yig‘ishtirish hamda saqlash tadbirlarini amalga oshirish


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling