O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakul`teti pedagogika va psixologiya yo'nalishi Pedagogik konfliktologiyafanidan mustaqil ishi mavzu: Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni


Pedagogik konflikt va ularni bartaraf etishda ajdodlarimizning madaniy- ma’naviy merosi


Download 49.16 Kb.
bet11/12
Sana22.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1380789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b

3. Pedagogik konflikt va ularni bartaraf etishda ajdodlarimizning madaniy- ma’naviy merosi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma’no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o‘z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lishga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo‘lishi kerak... bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyachash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi»18
Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, halq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga yetkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Sharq mutafakkiri, mashhur tibbiyot olimi Abu Ali ibn Sino o‘zining “Urjuza” (“Tibbiy doston”) asarida inson hayotidagi hayvoniy hislar bilan aqliy his-tuyg‘ular o‘rtasida muvozanat buzilganda paydo bo‘ladigan konflikt holatini qo‘yidagicha tasvirlaydi:
G‘azablanish qo‘zg‘otadi haroratni,
Zarar etub olur tandan halovatni,
Qo‘rqish sovuqlikni qo‘zg‘ar, o‘ynar yurak.
Haddan oshsa ba’zan odam bo‘lgay halak
SHodu xurram kechsa hayot yayrar badan,
Et semirib, ondan yetgay zarar ba’zan.
Ozg‘inlarni o‘ldiradi qayg‘u beshak,
Kim ozmoqchi bo‘lsa unga qayg‘u kerak.
Insonning ruhiy va jismoniy sohasiga nizo va uning asoratining qanchalik zararli ekanligi alloma bu misralarda naqadar mohirlik bilan tasvirlagan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning:
Oldiga qo‘yganni yemak - hayvon ishi,
Og‘ziga kelganni demak - nodon ishi, - degan chuqur manoli so‘zlari ezgu va go‘zal ahloqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.
Bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli hulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab qilmoqda. Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling