O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti qo’lyozma huquqida qo`chqorova dilfuza o`ktam qizi aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish
Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida
Download 249.29 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti-fayllar.org
3.5.1. Gul bosish jarayonida karboksimetilsellyuloza va poliakrilatlar asosida
aralash quyuqlovchilar olish Gul bosish bo’yog’i komponenetlarini qo’shish tartibi oldingi variantda keltirilgandek bo’lib, yagona farqi bo’yoq va mochevina eritmasi tarkibida avvaldan kuchsiz oksidlovchi saqlovchi – lutigol quyultiruvchiga kiritiladi. Gul bosgandan keyin mato quritiladi, 10 daqiqa davomida bug’lantiriladi va yuqorida ko’rsatilgan tartibda yuviladi. Quyultiruvchi sifatida natriy alginat, KMS ( yog’och sellyulozasidan), KMS (VOTP dan) va natriy alginat+ KMS ( VOTP) 50:50 nisbatda ularni ishlatdik. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, eng yaxshi natijalar natriy alginati va KMS asosidagi Quyultiruvchi aralashmasi ishlatilganda kuzatiladi. Biroq keltirilgan konturning aniqlik ko’rsatgichlaridan ko’rish 76 mumkinki, yog’och sellyulozasidan va to’qimachilik chiqindilaridan olingan KMS lar amalda deyarli farq qilmaydi. Bundan tashqari bosilgan namunalardagi bo’yoqning gul bosish bo’yog’iga fiksatsiyalash usuliga va quyuqlashtiruvchi tabiatiga bog’liq fizik- mexanik ta’sirlarga barqarorligi analizi o’tkazilgan. Barcha olingan natijalarni diqqat bilan o’rganib chiqib, qog’oz tolali matoga aktiv bo’yoqlar bilan rasm bosishning oson termofiksatsion usuli o’rniga ancha qo’l keluvchi quyuqlashtiruvchilardan KMS va natriy alginat asosidagi aralashmali quyultiruvchini tanlab olishni tavsiya etamiz. Gul bosishda eng yaxshi natijalar KMS va natriy alginat asosidagi aralashmali quyuqlashtiruvchi ishlatilganda kuzatiladi. Jadvaldan ko’rinadiki, to’yingan bug’ muhitida aktiv bo’yoqlarning fiksatsiyasi ularning gidrolizi natijasida qiyinlashadi. Sezilarli yaxshi natijalar issiqlik bilan qayta ishlash davomiylikni bir vaqtda qisqartirish orqali aktiv bo’yoqlarni yuqori temperaturali fiksatsiyalash usullarini ( bug’lantirish 10 minut, termofiksatsiyalash 2 minut) beradi. Biroq keltirilgan konturning aniqlik ko’rsatgichlaridan ko’rish mumkinki, yog’och sellyulozasidan va to’qimachilik chiqindilaridan olingan KMS lar amalda deyarli farq qilmaydi.Tajriba va tadqiqot natijalari 3.11- jadvalda ko’rsatilgan. Jadval 3.11. Gul bosish bo’yog’iga fiksatsiyalash usuli va quyultiruvchi tabiatining ta’siri Gul bosish bo’yog’ining Quyulti ruvchi Bosilgan rasmning konturlarini aniqligi Bo’yoqning fizik-mexanik ta’sirlarga barqarorligi 77 fiksatsiya- lash usuli Rasm maydon
Kontur
ishqa-
Nam ishqa- lanishga Bug’latish usuli Natriy alginat, KMS, natriy
KMS
780
793
89,2
90,6
5/4,5/5
5/5/5
5/5
5/5
5/4
5/3
alginat
natriy
+KMS
806
804
92
95
5/5
5/5
5/5/5 5/5 5/5
5/5
5/5
5/4
Yildan–yilga gul bosilgan matolarni ishlab chiqarish sanoati rivojlanib bormoqda. Bo’yash vositalarining qancha sarflanishi ishlab chiqariladigan matoga nisbatan aniqlanadi. Birinchi navbatda pigmentlar ishlab chiqarish, ikkinchi o’rinda aktiv bo’yoqlar, uchinchi o’rinda dispers bo’yoqlar. Aktiv bo’yoqlar matoning yuqori darajada bo’yalganligi va ranglarning yorqinligini shu bilan birgalikda matolar sifatli va yuvilib ketmaydigan ranglar bilan bo’yalganligini ifodalaydi. Aktiv bo’yoqlarni quyuqlashtiradigan modda sifatida alginat natriy, manuteks va kraxmalefiri (emprint, monagum) ishlatiladi. Natriy alginatdan foydalanishda, aktiv bo’yoqlar bilan gul bosilganda matoda gul bosilgan joyining yumshoqligini ta’minlaydi, bo’yoqning fiksatsiya darajasini oshiradi. Biroq ishlab chiqarishdagilarni alginatli quyuqlashtiradigan modda kamida ikkita sababga ko’ra qoniqtirmaydi.Bular: qimmat va qattiqlik qatlamiga va pH ga sezgirligidir. Shuningdek, efirli kraxmal asosidagi import ishlab chiqarilgan quyultiruvchi modda keng foydalaniladi.Ular ―solvitoza C-5‖, ―emprint CE‖ , ―monagum‖ va boshqalar. 78 Ma’lumki, paxta tolali matolarga gul bosishda aktiv bo’yoqlar bilan birga quyultiruvchilar sifatida gidroksil guruhi saqlovchi birikmalar, xususan, kraxmal kabi preparatlarni ishlatish mumkin emas, sabab bo’yoq bir vaqtning o’zida ham tola, ham kraxmal bilan ta’sirlashishi mumkin. Natijada gul bosilgan matoning yuvilishi qiyinlashadi, bo’yoqning fiksatsiyalanish darajasi pasayadi, bosma bo’yoq matoda qattiqlashadi va bo’yoq ko’p sarflanadi. [58] Download 249.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling