Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 229.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi229.67 Kb.
#1571804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHDA XORIJ MAMLAKATLARI TAJRIBASIDAN

Ikkinchi yo‘nalish ko‘proq keynschilik va institusional maktablarini qamrab 
oladi. Ular ko‘proq birinchi yo‘nalishning ikkinchi «cheklangan ratsionalizm» 
konsepsiyasiga yaqinroq. 
Ularning fikricha faqat shaxsiy foyda, naflikni haqida emas, balki o‘zini-o‘zi 
cheklash, boshqalarga yaxshilik qilish maqsadida o‘z manfaatlaridan voz kechish 
kabi insoniy hislatlar tufayli individning tanlovi natijasiga tub o‘zgarishlar 
kiritilishi mumkin. 
Bu modelda jamiyat nisbatan murakkab tarkibga ega, ularni muvozanatda 
ushlab turish uchun davlatning iqtisodiy munosabatlarga aralashuvi talab etiladi. 
Uchinchi yo‘nalish hozirgi zamon realligini o‘zida aks ettiruvchi «iqtisodiy 
odam» modeliiing prinsipial yangi turi bo‘lib, unga ko‘ra tanlovda moddiy jihatga 
qaraganda ma’naviy ehtiyojarni qondirish asosiy o‘ringa chiqadi. 
To‘rtinchi yo‘nalish alohida sobiq sotsialistik (sovet) jamiyatidagi «iqtisodiy 
odam» modeli administrativ - buyruqbozlikka asoslangan xo‘jalik yuritish tizimiga 
xos ravishda insonning say-harakatlarini ifodalaydi. Bu model eng avvalo
insonning shaxsiy farovonligini ko‘zlashi tufayli uning iqtisodiy say-harakati, 
tanlovini ikkiga ajralishi bilan harakterlanadi. 
Bunda davlat uchun mehnat qattiq cheklashlar va mehnat natijasini davlat 
tomonidan tekis taqsimlanishiga asoslanadi. Shuning uchun boqimandalik 
kayfiyati hukm suradi, davlat mulkini o‘g‘irlash, tashmachilik mavjud. Mehnatiga, 


28 
ya’ni ish joyida bo‘lishiga kam bo‘lsa ham kafolatlangan haq oladi. Bunda 
opportunistik say-harakat uchun qulay muhit yaratiladi. Opportunistik say-harakat, 
tanlov deganda iqtisodiy nazariyada iqtisodiy vijdonsizlik, ataylab axborotlarni 
bo‘zib ko‘rsatish yoki to‘liq axborot bermaslik va boshqalar tushuniladi. 
Amerikalik iqtisodchi O. Uilyamson fikricha opportunizm ou «shaxsiy 
manfaatlarni ko‘zlab, tashkilotning manfaatlarini realizatsiya qilishga to‘sqinlik 
qilish: axborotni yashirish, aldash, hiyla bilan to‘g‘ri yo‘ldan urish» kabilar 
tushuniladi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotida opportunizm insonlarni oqilona say-harakatini 
o‘ziga xos shakli bo‘lib, tizimning o‘zi halollik, ochiqlik, aniqlik, iqtisodiy 
subektlarning kelajak faoliyatlarini o‘zlari oldindan belgilab mustaqil ravishda 
faoliyat yuritishiga tizimning o‘zi yo‘l bermagan. 
Ko‘zga ko‘ringan nemis olimi psixoanalitik Erix Fromm aytganidek «... 
aqlning funksiyasi yashash san’atiga xizmat qilishdan iborat». Davlat diktati, tovar 
va xizmatlar defitsiti, taqchilligi odamlarni sharoitga moslashishga, yashash uchun 
turli yo‘llarni o‘ylab topishga majbur qilgan. Turli-tuman nobozor, bozor 
iqtisodiyotiga xos bo‘lmagan aloqalar, boshqaruv institutlari va ularda qaror qabul 
qilishda shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlikni zimmaga olishdan qo‘rqish, 
sustkashlik, iqtisodiy nopoklik va boshqa illatlarga moyillikni kuchaytiradi. 
Lekin shunga qaramay har bir shaxs minimal darajada sarf-xarajat qilib, 
maksimal natijaga erishishga harakat qilgan. Bu esa insonni doimo iqtisodiy 
ratsionallikka erishishga intilishini ko‘rsatadi. 
Bu prinsipning universalligi olimlarni uni iqtisodiyot nazariyasi doirasidagina 
emas, balki inson hayotining 
NOIQTISODIY 
sohalarida ham uning harakati 
motivlarini tushuntirib berishga harakat qilishga olib keldi. 
Ana shunday tadqiqotga nihoyatda katta hissa qo‘shgan olim Gerri Bekker 
iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘lgan. U ratsional tanlov 
muammosi bilan bog‘liq holda oilada ixtiyor qilingan farzandlar soni, odamlar 
tomonidan jinoyat sodir qilish, - ta’lim olishni davom ettirish va boshqa shunga 


29 
o‘xshash hodisalarga qaror qabul qilish sabablarini original tarzda izohlab beradi
1

Kishilar 
hayotining 
noiqtisodiy 
tomonlari 
tahliliga 
iqtisodiy 
jihatidan 
yondashishdan foydalanish nazariyada «iqtisodiy imperializm» nomini olgan. 
Umuman olganda xo‘jalik yuritish jarayonida «inson omili»ga xos asosiy 
parametrlar ana shu modellarda umumiy tarzda o‘z ifodasini topadi. Ularni bilish 
kishilik sivilizatsiyasining turli bochqichlarida iqtisodiyotda insonning rolini real 
baholabgina qolmay, iqtisodiy siyosat yuritishning optimal yo‘nalishlarini 
shakllantirish, qabul qilingan u yoki bu iqtisodiy qarorlarning oqibati qanday 
bo‘lishini yuksak darajada aniqlik bilan taxmin qilish imkonini beradi. 
Shunday qilib, individual va jamoa tarzida to‘g‘ri qaror qabul qilishni 
o‘rganish uchun iqtisodiyotni, iqtisodiy qarashlarni o‘rganish zarur. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotida, iqtisodiy tizimi markazida insonning roli 
beqiyos. Demak, unga nafaqat iqtisodiy ta’lim, balki tarbiya berish zarur, unga 
ratsional qaror qabul qilish yo‘llarini o‘rgatish lozim. Bu vazifani aynan Iqtisodiy 
tarbiya nazariyasi bajaradi. Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi fani Iqtisodiy 
tarbiya nazariyasi fanini nafaqat shakllanishi, balki rivojlanishiga ham katta turtki 
beradi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotga subektiv-psixologik yondashuv asosiy 
o‘ringa chiqadi. Ayniqsa, marjinal maktabning iste’molchilar ruxi, kayfiyatini 
o‘rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda, erkin raqobat kurashi sharoitida subektning 
o‘zini tutishi, say-harakati iqtisodiy tanlov masalalari muhim ahamiyatga ega. 
Shunday qilib Iqtisodiy tarbiya nazariyasi yangi fan sifatida falsafa, 
iqtisodiyot 
nazariyasi, 
pedagogika, 
psixologiya 
fanlarining 
o‘ziga xos 
integratsiyasi sifatida kelib chiqadi deb ayta olamiz. 
 
1
Беккер Г. Экономический анализ и человическое поведение THESIS. М.: 1993, т. I, вып. 1, стр. 24-40. 


30 

Download 229.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling