O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»
Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish
Download 2 Mb.
|
skanerlangan malumotlarni finere (10)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`lumotlarga murojaatlar o`rnatish. Berilgan URL ga o`tish.
- 2.3. FINE READER DASTURIDA ISHLASHNI O`RGATUVCHI VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH USULI
- 2.4. YARATILGAN VIRTUAL KO`RGAZMA ASOSIDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish.
Flash dasturida animatsiya ikki xil bo`ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik (avtomaticheskoe sozdanie promejutochnix kadrov). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini o`zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi. Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qo`shamiz. Masalan boshqaruv kadrda aylana chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga F8 yoki Vstavka menyusida Preobrazovat’ v simvol (Convert to Symbol) buyrig’i yordamida o`tkaziladi. Yoki Ctrl+F8 yoki Vstavka menyusida Noviy simvol (New symbol) buyrig’ini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga qo`shamiz. Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng tomonidagi tugma yordamida tanlab Creat motion tweening yoki Vstavit’ menyusining shu nomli buyruqni tanlamiz. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi ko`k rangga o`zgaradi. endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaymiz, (masalan 30- kadrni) va F6 yoki Vstavka menyusida Klyuchevoy kadr (Insert keyframe) faol qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish buyrug’ini tanlaymiz. Natijada 30-kadrda ko`k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil qilinadi. Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko`k rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini o`zgartirish). endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz mumkin. Ma`lumotlarga murojaatlar o`rnatish. Berilgan URL ga o`tish. getURL harakati Browser/Network bo`limiga kiradi. Ushbu harakat ko`rsatilgan URL bo`yicha joylashgan hujjatni brouzerga yuklash yoki aniq URL bo`yicha joylashtirilgan ba`zi o`zgaruvchilar qiymatlarini ilovaga yuborish imkonini beradi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, getURL harakati ma`lumotlar junatmasini faqatgina joriy fil’m uchun amalga oshiradi. Izox: getURL harakatini tekshirish uchun so`ralgan fayl manzili absolyut URL ko`rinishida ko`rsatilgan bo`lishi kerak. 12-Rasm. Actions paneli knopkaga getURL xususiyati belgilangandan sung Berilgan URL bo`ylab o`tishni ta`minlovchi tugmani yaratish uchun quyidagi harakatlarni bajarish lozim: Fil’mga yangi «fonli» qatlamni qo`shing. Unga getURL harakati biriktirilgan tugmani joylashtiring. Actions panelini oching. Actions Toolbox ro`yxatidan Actions bo`limini, so`ngra - Browser/Network bo`limini oching va getURL satrini ikki marta bosing; natijada stsenariy oynasida ActionScript tilidagi mos konstruktsiya, parametrlar panelida esa – getURL harakati parametrlari paydo bo`ladi (12-rasm). Parametrlarning talab qilingan qiymatlarini kiriting. Odatda getURL harakati (release) hodisasi tugmasini bosganda bajariladi; agar hodisani qo`shish yoki o`zgartirish talab qilinsa, stsenariy oynasidagi selektor satrini bosing va parametrlar paneli yordamida hodisalar tarkibini o`zgartiring. getURL harakati parametrlarini to`liqroq ko`rib chiqamiz. URL parametri suralayotgan hujjat manzilini aniqlaydi; parametr qiymati mutlaq yoki nisbiy URL ko`rinishida yoki hisoblanidigan ibora ko`rinishida berilishi mumkin. Nisbiy URL ni ko`rsatganda Flash kerakli hujjatni qidirishda fayllar/papkalar/kataloglar ierarxiyasi bo`ylab harakatlanadi va aksincha, getURL protsedurasi joylashgan fayldan boshlab yana harakatlanadi. Ba`zi bir iborani hisoblash natijasi sifatida URL ni olish uchun URL maydonining o`ng tomonida joylashgan Expression bayroqchasini o`rnating va talab qilingan iborani kiriting. Window parametri chaqirilayotgan hujjat yuklanishi kerak bo`lgan oyna yoki freymni ko`rsatadi. Parametr qiymati quyidagi qiymatlarni o`zida saqlagan ochiluvchi ro`yxat yordamida tanlanadi (ular HTML tilidagi tegining TARGET atributi qiymati bilan o`xshash): _self - hujjat joriy oyna yoki freymga yuklanadi; _ blank - hujjat yangi oynaga yuklanadi; _parent - hujjat asosiy yoki joriy freymga yuklanadi; _top - hujjat ierarxiyaning yuqori darajasidagi freymga yoki joriy oynaga yuklanadi. Extiyoj tug’ilganda ushbu parametr qiymatini iborani hisoblash natijasi sifatida olish mumkin. U holda Window oynasidan o`ngda joylashgan Expression bayroqchasini o`rnatish kerak. Variables parametri berilgan URL bo`yicha ma`lumotlarni jo`natish usulini ko`rsatish imkonini beradi. Parametr qiymati uch variantdan iborat bo`lgan, ochiluvchi ro`yxatdan tanlanadi [9]: Don't send (Jo`natilmasin) - Ma`lumotlarni jo`natish shart emas; Send using GET (GET dan foydalanib, jo`natilsin) - ma`lumotlarni jo`natish uchun GET usulidan foydalaniladi; Send using POST (POST dan foydalanib, jo`natilsin) - ma`lumotlarni jo`natish uchun POST usulidan foydalaniladi. 2.3. FINE READER DASTURIDA ISHLASHNI O`RGATUVCHI VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH USULI Virtual ko`rgazma quyidagi usul bo`yicha yaratildi. Dastlab mavjud virtual ko`rgazmalar va ularning ish tamoyili bilan tanishib chiqdim. Ulardagi yutuq va kamchiliklarni belgilab oldim. FrontPage va Flash dasturlash muhiti imkoniyatlarini o`rgandim. Virtual ko`rgazmani yaratish uchun zarur bo`ladigan komponentlar va ularning vazifalarini o`rganib, Fine Reader dasturi oyna ko`rinishlarini Flashda alohida ko`chirib joylashtirdim. Hosil bo`lgan tasvirning harakatlanuvchi bo`laklarini alohida guruhlab, ularga kadrlar bo`yicha F8 tugmasini bosib harakat berdim. Action Script dasturida harakatni boshqarish dasturini yozdim. Asosiy oynaning dizayn ko`rinishini ishlab chiqdim. Foydalanuvchi virtual ko`rgazmani ishga tushirgach, asosiy oynada zaruriy tugmalar va yozuvlar bo`lib, ular yordamida boshqa qism oynalariga o`tish imkoniyatini yaratdim. Virtual ko`rgazmaning yaratilishi usuli ketma-ketligi quyidagi blok sxemada keltirilgan. Virtual ko`rgazmani yaratishda, uning nazariy bo`limi FrontPage ning HTML tili, virtual ko`rgazma uchun esa Flashning ActionScript tilari ishlatildi. Dastur kodi ilovada keltirilgan. 2.4. YARATILGAN VIRTUAL KO`RGAZMA ASOSIDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH Virtual ko`rgazma oliy o`quv yurti yoki kasb-hunar kollejlari o`quv jarayonida qo`llanilishi mumkin. Masalan biror mavzu oladigan bulsak uni darsda bayon qilishni quyidagicha tashkil etish mumkin. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling