Mashg’ulot bo’yicha xulosalar
Skaner yordamida kompyuterga grafik va matnli ma’lumotlarni kiritish ancha yengillashadi;
Malumotlar turiga qarab o’rtacha 70% dan 100 % gacha bexato ko’chadi;
Matnli ma’lumotlar skanerlanganidan so’ng albatta uni qayta ko’rib chiqish va tahrirlash lozim;
Grafikli malumotlar bexato kuchiriladi.
Printer qirilmasi mavjud bo’lsa skanerdan kseroks apparati sifatida ham foydalanish mumkin;
FineReader dasturi skanerlangan malumotlarni aniqlash, ajratish, tuzatish va yuborish imkoniyatlarini beradi. Yani matnni matn, rasmni rasm va jadvalni jadval sifatida alohida aniqlaydi hamda uzatadi.
Mashg’ulot bo’yicha izohli lug’atni takrorlash
Skaner - bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita EHM ga kiritish qurilmasidir.
Dastaki Skanerlar- tuzulishi juda oddiydir, ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi.
Planshetli skanerlar - eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi.
Rolikli skanerlar - eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Proeksion skanerlar - tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar - ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |