O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»
Download 2 Mb.
|
skanerlangan malumotlarni finere (10)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot bo`yicha bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa (ha, yo`q texnikasi).
- Tushuncha Bilaman «+» Bilmayman «-» Bildim «+»
- Uyga vazifa (Test topshiriqlari) 1. Qog’ozdagi ma`lumotlarni komp’yuterga ko`chirish imkonini beruvchi qurilma nomini aniqlang
- 3. Konstruktiv jihatdan skanerlar qanday turlarga bo’linadi
- 3.1. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH” QONUNI
- 1-moddasida
FineReader dasturi - ma`lumotlarni skaner qilish va undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash hamda uzatish imkonini beradi.
Nazorat savollari Grafik axborotni kiritish qurilmalaridan qaysilarini bilasiz? Skaner qurilmasi tiplarini ayting? Skanerning o’tkazish qobiliyai deganda nimani tushunasiz? FineReader dasturi nima maqsadda qullaniladi va afzalligi nimada? FineReader dasturi yordamida matnni skaner qilish va uni matn muxarririga uzatish qanday amalga oshiriladi? Mashg’ulot bo`yicha bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa (ha, yo`q texnikasi). 1. Skaner qurilmasi yordamida jadvallarni skanerlash mumkinmi? 2. Skaner yordamida unga joylashtirilgan ma`lumotni printerga yubora olamizmi? 3. Skaner qurilmasi yordamida ma`lumotlarni to`liq o`zgarishsiz komp'yuterga ko`chish mumkinmi? 4. Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar mavjudmi? 5. Skanerlarning o’tkazish qobiliyati 75 dan 10000 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi deyilgan jumla to’g’rimi? B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar
Uyga vazifa (Test topshiriqlari) 1. Qog’ozdagi ma`lumotlarni komp’yuterga ko`chirish imkonini beruvchi qurilma nomini aniqlang ? A) Printer B) Skaner C) Modem D) Strimer 2. Komp’yuterning qushimcha qurilmalari to`g’ri keltirilgan javobni ko`rsating? A) Printer, skaner, modem, sichqoncha, kalonka, mikrafon, disk yurituvchilar B) Monitor, protsessor, klaviatura, sichqoncha, skaner, printer, kalonka C) Protsessor, sichqoncha, strimer, djoystik, mikrafon, monitor, printer D) Mikroprotsessor, vinchester, klaviatura, printer, disk yurituvchilar 3. Konstruktiv jihatdan skanerlar qanday turlarga bo’linadi? A) Dastakli B) Stolli C) Dastakli va stolli D) Palnshetli va prayeksion 4. Skanerlarning o’tkazish qobiliyati o’lchov birligini aniqlang? A) Bayt B) Dpi C) Pix D) mm III. BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 3.1. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH” QONUNI 6 may 1993y. “Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida” gi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qatiy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog’ligi va mehnati muhofaza qilinishini ta’min-lashga qaratilgan. Qonunning tarkibiy qismi 5-bulim va 29-moddalardan tashkil topgan. I-Bulim. Umumiy qoidalar va (1-7) moddalardan iborat. Uning 1-moddasida “O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fu-qarolari va fuqaroligi bulmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar deb belgilangan. 4- moddada Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati, o`z aksini quyidagi bandlarda ifoda etilgan: korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog’ligi ustuvorligi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulk va xo`jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib qoidalar belgilab qo`yish; mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishi va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joylarda bajarilishini nazorat qilish; mehnatni muhofaza qilishni mablag’ bilan ta’minlashda davlatning ishtiroq etishi; oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida mehnat muhofazasi buyicha mutaxassislar tayyorlash; xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi. va joriy etilishini rag’batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish buyicha vatanimiz va chet el ilg’or tajribasidan keng foydalanish; ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul ta’minlash; korxonalarda mehnatning sog’lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko`maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo`liqqan ishlovchilarning manfaatlari ijtimoiy himoyalash; kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni har tomonlama qo`llab-quvvatlash; mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog’ida xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish printsiplariga asoslanadi. II-Bulim. Mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash deb nomlanib, (8-15) - moddalardan iborat. Shu bulimning 15-moddasida “Korxonalarning xodimlari O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug’urta qilinishlari shart“ deb belgilangan. III-Bulim. Ishlovchilarning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqlarini ro`yobga chiqarishdagi kafolatlar deb nomlanib, ushbu bulim (16-21) moddalarni o`z ichiga oladi”. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling