O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»


KIRISH 3 I. BOB. MAVZU BO`YICHA NAZARIY MA`LUMOTLAR 7


Download 2 Mb.
bet2/21
Sana19.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1623267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
skanerlangan malumotlarni finere (10)

KIRISH 3
I. BOB. MAVZU BO`YICHA NAZARIY MA`LUMOTLAR 7
1.1. KOMP’YUTERNING SKANER QURILMASI VA UNING TURLARI 7
1.2. FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI 9
1.3. VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA 13
II. BOB. ASOSIY QISM 16
2.1. VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH ALGORITMI VA STSENARIYSI 16
2.2. VIRTUAL KO`RGAZMALARNI YARATISHDA QO`LLANILADIGAN DASTUR VOSITALARI VA ULARNING KONFIGURATSIYASI 18
2.3. FINE READER DASTURIDA ISHLASHNI O`RGATUVCHI VIRTUAL KO`RGAZMANI YARATISH USULI 31
2.4. YARATILGAN VIRTUAL KO`RGAZMA ASOSIDA O`QITISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH 33
III. BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 39
3.1. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH” QONUNI 39
3.2. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHDA ERGONOMIKA, METEREOLOGIYA TALABLARI VA SHAROITLARI 42
3.3. YONG‘IN XAVFSIZLIGI 46
3.4. YONG‘IN DAVRIDA QILINADIGAN ISHLAR VA UNI O‘CHIRISH 50
XULOSA 55
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 56
ILOVA 57
VIRTUAL KO`RGAZMADAN FOYDALANUVCHILAR UCHUN KO`RSATMALAR 57
DASTUR LISTINGI 61

KIRISH


Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng, axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo`nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta`lim to`g’risida» gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so`nggi 5-6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi [1].
Axborotlashgan jamiyatni takomillashtirishda elektron o`quv qo`llanmalar, darsliklar va o`rgatuvchi dasturlarning o`rni kattadir.
Elektron o`quv qo`llanma va o`rgatuvchi virtual ko`rgazmalarni yaratish va uni o`quv jarayoniga qo`llash orqali talabalarda fanga bo`lgan qiziqishlarini ortishi, fanni to`liq o`rganishi va olgan bilimlarini mustahkamlashiga erishish mumkin.
Mavzunining ba`zi murakkab qismlarini tushuntirishda virtual ko`rgazmalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, rasmli va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`g’ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan axborot qurilmalari kerak bo`ladi.
Bunday qurilmalar jumlasiga skaner qurilmasi misol bo`la oladi. Undagi axborotlarni aniqlashda esa dasturiy vosita zarurdir. Shu o`rinda, bitiruv malakaviy ish sifatida ma`lumotlarni skanerlash va FineReader dasturi yordamida undagi ob`ektlarni aniqlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazmalar to`plamini yaratishga harakat qildim.
Masalaning qo`yilishi va kutilayotgan natijalar. Yaratilayotgan virtual ko`rgazmalar to`plami orqali foydalanuvchilar ma`lumotlarni skanerlash va FineReader dasturi yordamida undagi ob`ektlarni aniqlashni o`rganishlari kerak. Virtual ko`rgazma va uning nazariy asoslari zamonaviy dastur mahsulotlaridan foydalangan holda ishlab chiqilishi zarur.
Bundan tashqari foydalanuvchi uchun virtual ko`rgazmaning ishlatilishi sodda, tushunarli bo`lishi va o`quv jarayoniga uni qo`llanilishi talab etiladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Virtual ko`rgazmalarni yaratishda zaruriy dastur vositalarini qo`llash orqali ularda ishlash ko`nikmalarini oshirish va olingan bilimlarni mustahkamlash. Bundan tashqari ukuv jaryoniga ushbu yaratilgan virtual ko`rgazmalar to`plamini qo`llab, talabalarda tasavvurni kuchaytirish, komp’yuter qurilmasi va dastur ta`minoti bilan ishlash ko`nikmasini hamda undagi ob`ektlarni aniqlash turlarini o`rgatishdir.
Mavzunning dolzarbligi. Har bir komp’yuer mutaxassisi skaner qurilmasi va uning ishlash printsipini, skanerlangan ma`lumotlarni qayta ishlashni bilishlari talab etiladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning ta`lim olishida virtual ko`rgazmalar yordamida laboratoriya ishini bajarish, bilimni mustaxkamlash, o`zlashtirish darajasini tekshirish va nazorat qilish mumkin bo`ladi. Ya`ni ta`lim sifatini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Mavzuni ma`lum qismlarini yoki tajribada kuz ilg’ay olmaydigan, tushunish qiyin kechadigan jarayonlarni o`quvchilarga etkazib berishda virtual ko`rgazmalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ayniqsa mustaqil va tajriba ishlarini tashkil etishda talabalarning individual qobiliyatlari va fan xususiyatlarini e`tiborga oladigan o`quv – uslubiy vositalar, usullar va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amalda qo`llash yaxshi natijalar beradi. Shu nuqtai nazardan bajarilgan ish mavzusi dolzarbdir.
Amaliy qo`llanilishi. Virtual ko`rgazmalar to`plami yordamida FineReader dasturida ishlash texnologiyasini va ketma – ketligini o`quvchi o`z ko`zi bilan ko`rib, uni bevosita bajarib ham ko`radi. Bu esa uquvchida uni mukammal o`rganishga imkon yaratadi. Olgan bilimlarini mustaxkamlashga erishiladi.
Kasb-hunar kollejlari o`quv rejasiga asosan “Informatika” yo`nalishi o`quvchilariga “EHMning tashqi qurilmalari” fani o`tiladi. Shu fanning tegishli mavzusini tushuntirish va bajarishda yaratilgan virtual ko`rgazmalar to`plamini qo`llash mumkindir.
Uni nafakat ta`lim jarayoniga balki ixtiyoriy foydalanuvchilarga FineReader dasturida ishlashni o`rgatish maqsadida ham qo`llash mumkin.
Ishning tarkibi. Kirish qismida bitiruv malakaviy ishning mavzusi, masalaning qo`yilishi, uning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, amaliy qo`llanilishi, undan kutilayotgan natijalar hamda ishning tarkibi to`g’risida gap boradi.
I – Bob. Mavzu buyicha nazariy ma`lumotlar - bu bobda komp’yuterning skaner qurilmasi vazifasi va uning turlari, Fine Reader dasturi va unda ishlash texnologiyasi, virtual ko`rgazmalar haqida tushunchalar aytib o`tilgan.
II – Bob. Asosiy qism bulib, unda virtual ko`rgazmani yaratish algoritmi va stsenariysi, virtual ko`rgazmalarni yaratishda qo`llaniladigan dastur vositalari va ularning konfiguratsiyasi, Fine Reader dasturida ishlashni o`rgatuvchi virtual ko`rgazmani yaratish usuli, yaratilgan virtual ko`rgazma asosida o`qitish texnologiyasini ishlab chiqish kabi ma`lumotlar keltirilgan.
III – Bob. Hayot faoliyati xavfsizligi. Bunda O`zbekiston respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish” qonuni, mehnatni muhofaza qilishda ergonomika, metereologiya talablari va sharoitlari, yong‘in xavfsizligi, yong‘in davrida qilinadigan ishlar va uni o‘chirish haqida fikr yuritiladi.
Bitiruv malakaviy ish xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va dastur ilovalari bilan yakun topadi.
I. BOB. MAVZU BO`YICHA NAZARIY MA`LUMOTLAR

1.1. KOMP’YUTERNING SKANER QURILMASI VA UNING TURLARI





Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling