O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»
Download 2 Mb.
|
skanerlangan malumotlarni finere (10)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Planshetli skanerlar
- Rolikli skanerlar
- Slayd-skanerlar
- 1.3. VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq). Masalan, Mustek GS-400L - oq-qora nim rangli, CG-8400T-rangli. Planshetli skanerlar eng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2-10 sekund. Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX. Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) ega, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi. Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund. Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni eslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida esa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi. Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. Shaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga ega. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar eng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi. Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Eng katta o’tkazish qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar ega. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng [6]. 1.2. FINE READER DASTURI VA UNDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI FineReader dasturining asosiy vazifasi ma`lumotlarni skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, tahrirlash va uzatishdir. Skanerlangan ma`lumotlar turlicha bo`lishi mumkin. Bu ma`lumotlarni ob`ekt deb olsak ularni aniqlash va tahrirlashda FineReader dasturidan foydalanamiz. Ob`ekt sifatida olingan ma`lumotlar oddiy matn, rasm, sxema yoki jadval ko`rinishida bo`ladi. FineReader dasturining avfzalligi shundaki u turli ob`ektlarni aniqlay va bir – biridan ajrata oladi. Ob`ektlar aniqlangan so`ng uni Office dasturlaridan biriga uzatish imkoni ham mavjud. FineReader dasturini ishga tushirish uchun (albatta dastur o`rnatilgan bo`lishi shart) «Pusk» menyusining «Programmi» bo`limiga kirib ABBYY FineReader Corporate Edition buyrug’ini tanlaymiz. Dastur oynasining umumiy ko`rinishi quyidagicha: 1-rasm. FineReader dasturi oynasi. FineReader dasturi oyna ko`rinishini 4 qismga ajratamiz: 1. Menyular satri – u fayl, pravka, vid va boshqa menyulardan tashkil topgan bo`lib, tarkibida dastur bilan ishlash uchun mo`ljallangan (yangi paket ochish, xotirada saqlash, skanerlash, uzatish va boshqa ko`plab) buyruqlar mujassamlashgan (2-rasm). 2-rasm. FineReader dasturi menyusi. 2. Uskunalar oynasi – bir nechta uskunalardan tashkil topgan bo`lib, menyu tarkibiga kirgan buyruqlarni tezda bajarish uchun oynaga alohida chiqarib qo`yilgan. Ushbu uskunalardan foydalanib yangi oyna ochish, ob`ektlarni 900 chapga yoki o`ngga burish, skaner qilishda tilni tanlash, skaner qilish, undagi ob`ektlarni aniqlash, ma`lumotlarning xatoliklarini tekshirish, uzatish va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin (3-rasm). 3-rasm. Uskunalar oynasi. 3. Skanerlangan ob`ektlarning eskizlari (4-rasm) – bunda skanerlangan ma`lumotlar bet, yan`i eskiz ko`rinishida oynaning chap qismida hosil bo`ladi. Shu erdan turib ixtiyoriy betga o`tish, bir nechta betlarni belgilab olish, undagi ob`ektlarni aniqlash va boshqa amallar bajariladi. eskizda tanlangan bet dasturning asosiy ishchi oynasida kattalashgan holda hosil bo`ladi va undagi ob`ektlarni taxrirlash imkoni tug’iladi . 4-rasm. Ob`ekt eskizlari oynasi. 4. Asosiy ishchi oyna – unda skanerlangan ma`lumot hosil bo`ladi. Oynada ichki uskunalar paneli mavjud bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni turli ko`rinishlari (tekst, rasm, jadval) belgilab olinadi va ob`ekt sifatida aniqlanadi. Buning uchun ma`lumotga mos ob`ekt turi tanlanadi. Masalan ma`lumotimiz tekst bo`lsa uskunalar panelidan yashil rangdagi T harfini tanlab ishchi oynadagi tekst ajratilib belgilanadi. Shu tarzda skanerlangan barcha betlardagi ma`lumotlarni eskizlar oynasidan tanlab, undagi ob`ektlarni asosiy ishchi oynada uskunalar paneli yordamida ajratib belgilab chiqiladi (5 - rasm) [5]. 5-rasm. Asosiy ishchi oyna. 1.3. VIRTUAL KO`RGAZMALAR HAQIDA TUSHUNCHA Virtual ko`rgazmalar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, nazariy olgan bilimlarini rivojlantirishga va qo`shimcha ma`lumotlar bilan ta`minlashga yo`naltirilgan bo`ladi. Uzluksiz ta`lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o`zgaruvchan, chuqurlashtirilib o`qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo`yicha elektron o`quv adabiyotlarini va virtual ko`rgazmalarni tayyorlash o`qitish jarayonida yaxshi samara beradi . Ta`limni islox qilish shunday elektron o`quv adabiyotlarini yaratishni talab qiladiki ularning mavjud bo`lishi o`quvchilar va o`qituvchilar uchun, ta`lim muassasi va uy sharoitida bir xil bo`lgan komp’yuterli muxitni ta`minlashni taqoza etadi. Elektron o`quv adabiyotlari bilan bog’liq bo`lgan ko`pgina tushunchalarning keng ma`nodagi izohli talqini komp’yuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to`ldirilib borilmoqda. Shuning uchun elektron o`quv adabiyotlari yaratish bilan bog’liq bo`lgan asosiy tushunchalarni oydinlashtirib, aniqlashtirib o`tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz [3]. Zamonaviy o`kuv jarayonida komp’yuter texnologiyalaridan foydalanishga ko`proq e`tibor qaratilmoqda. O`quv jarayonini komp’yuterlashtirish bir necha yil oldin boshlangan bo`lsa ham, ko`pchilik uchun komp’yuter texnologiyalaridan foydalanib ta`lim faoliyatini olib borish yangi usul sifatida tushuniladi. Komp’yuter texnologiyalari o`qish sifatini ancha oshirishi mumkin. Ammo komp’yuterlardan o`kuv jarayonida foydalanish bu hali muvaffaqiyat garovi emas va faqat uni to`g’ri tadbiq etib ahamiyatli natijalarga erishish mumkin. Hozirgi davrga kelib, o`qitishga mo`ljallangan ko`plab elektron vositalar ishlab chiqilgan (O`MEV), elektron ko`rinishga keltirilgan oddiy matndan boshlab, turli darajada interfaol bo`lgan dasturlargacha. Zamonaviy O`MEV dasturiy maxsulotlar bo`lib, ularni yaratishda kamida ikki kishi qatnashadi: mazmun qismi muallifi va dasturchi. O`MEV yaratishdagi muammolardan biri, muallif ijodini komp’yuter dasturi ko`rinishiga keltirishda muallif va dasturchini o`zaro hamkorligi hisoblanadi. Qiyinchilik shundan iboratki muallif komp’yuter dasturlari imkoniyati tug’risida yaxshi tasavvurga ega bo`lmaydi, dasturchi esa yaratilayotgan darslik predmeti bo`yicha mutaxassis emas. Buning natijasida muallif tomonidan vazifani to`g’ri qo`ya olmaslik komp’yuter texnologiyasi imkoniyatlaridan etarli foydalana olmaslik mehnat sarfi va dastur tayyorlash vaqtini ortishiga olib keladi. Ushbu muallif va dasturchi o`zaro hamkorlikda muammoni hal qilish uchun aniq atamalar va etarli miqdordagi misollardan foydalanish mumkin. Ushbu ishning maksadi – bunday misollarni «Virtual komp’yuterli laboratoriya» deb ataladigan O`MEV shaklini ishlab chiqishda eng qiziqarli va murakkab misollar keltirish. Elektron darslikning bir kismi sifatida virtual ko`rgazma tushunchasini aytishimiz mumkin. «Virtual komp’yuterli labaratoriya» deb ataladigan shaklni ishlab chiqishda kuyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin. Ular bir – biridan tubdan farq qiladigan to`rt shakldagi dasturga ajratildi [4]: Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling