O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari»


Download 2 Mb.
bet8/21
Sana19.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1623267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
skanerlangan malumotlarni finere (10)

Ishchi qismni tayyorlash.
Flash-fil’mni yasashga o`tishdan oldin muxarrir muhitini sizning misolingizga qarab tayyorlash kerak. Albatta tayyor shablonlarni ishlatish mumkin, lekin eng yaxshisi o`zimiznikini tayyorlash.
Shablon o`zi nima va nima uchun kerak? Birinchidan, sizga aytib o`tdik, qoidaga ko`ra Flash-rolik HTML-dokumentga integrallashadi, shuning uchun birinchi navbatda HTML-dokument rangli gamma foni Flash-rolik foni bilan to`g’ri kelishi kerakligi to`g’risida o`ylashimiz kerak.
Ikkinchidan, Flash-fil’m (siz yaratgan kadrlar ko`rinadigan qism ) ishchi qismi hajmi. Fil’mni yaratishda uni monitorda ko`rishda 800x600 ruxsatli ekranda, ishchi qismni 550x400 ruxsat olishni maslaxat beramiz. M.F.MX paketi interfeysi elementlarini ko`rib o`tishdan oldin, ishchi qismni tayyorlaymiz (o`zimizning birinchi shablonimizni tuzamiz), masalan, shaxsiy saytning zastavkasini yaratamiz. Kelib chiqish berilganlari: HTML-dokumenti foni qora, ruxsati 800x600, xarakatlanish modeli ierarxik chiziqli. Ishchi kismni tayyorlash uchun kuyidagi ketma-ketliklarni maslaxat beramiz:
Ishchi qism hajmini tayyorlash. Sichqonchani o`ng tugmasi bilan ishchi qismda bosing (markazda oq ekran) va ko`ringan menyuda Movie Properties punktini tanlang. Bu erda klipni ijro etishda kadrlar chastotasini ( Quick Time uchun standart hisoblangan sekundiga 12 kadrni maslaxat beramiz), shartli nuqtalarda ishchi qism hajmi, fon rangi (bizning misolimizda qora), vertikal va gorizontal lineykada hisoblash birligini ko`rsatish kerak. Barcha o`zgartirishlardan so`ng tayyorlashni jimlik qoidasiga asosan qo`yish uchun Save Default tugmasini bosing.
Flash dasturida mukammal ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar bilan tanishimiz zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animatsion klip, aktiv tugma, stsena, kadr, boshqaruv kadr, vaqt-chizig’i, va qatlam.

7- rasm. Vaqt chizig’i.
Vakt-chizig’i (TimeLine - Vremennaya shkala) - Flash dasturida animatsiya harakatlarni yaratishida asosiy ish quroli. Ushbu sohada qatlam va kadrlarni qurishimiz va ular ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Vaqt-chizg’ich orqali qatlamlarni joylashuvi va turi, kadrlar turi (boshqaruv va avtomatik yaratilgan kadrlar) va ulardagi action dasturlash skriptlar mavjudligini ko`rishimiz va sozlashimiz mumkin.
Ushbu soxaning chap tomonida qatlamlar soxasi, o`ng tomonida esa shu qatlamlardagi kadrlar soxalari joylashgan.
Kadr (Frames - Kadr) - Flash va ko`pkina animatsion muharrirlar hamda video montaj dasturlar asosida kadrlar ketma ketligi joylashgan. Kadrni siz o`zingiz chizib yaratishingiz yoki dastur uni uzi avtomatik yaratishi mumkin. Kadrlar ichida boshqaruv kadr (keyframes - klyuchevoy kadr) tushunchasi mavjud bo`lib, u harakat traektoriyasining nuqtalarini belgilaydi. Avtomatik yaratilgan kadrlar esa ikki xil bo`ladi: shakllar geometriyasini o`zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan kadrlar [9].

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling