O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Mavzu 11. IQTISODIY INDEKSLAR
Reja:
11.1 Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi
11.2.Indekslarning turlari va tasnifi
11.3. Yakka indekslar va ularning turlari.
11.4. Yakka indekslarning xossalari
11.5. Vaznsiz umumiy indekslar
11.6. Vaznli o`rtacha indekslar
11.7. Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari
11.8. Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
Tayanch iboralar: 
Iqtisodiy indekslar, individual indekslar, o`zgaruvchan va o`zgarmas 
tarkibli indekslar, hududlararo taqqoslash indekslari, umumiy indekslar, iste`mol 
baholari indeksi, YAIM deflyatori.
 
11.1 Indeks so`zining luaviy ma`nosi va qo`llanishi 
Lotincha indeks (index) so`zi aynan tarjima qilinganda alomat, belgi 
degan ma`noni bildiradi. Bu so`zni ko`pincha «ko`rsatkich» mazmunida ham 
sharhlaydilar. 
Statistikada 
indekslar 
deganda 
maxsus 
iqtisodiy 
ko`rsatkichlar 
tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda muhim qurol 
hisoblanadi. Statistik indekslar iqtisodiy hodisalarning rivojlanish darajasini 
ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan 
hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan 
xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi. 
Indekslar odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalanadi. SHunga asoslanib, 
indekslarni nisbiy miqdorlar deb ta`riflash darsliklar va ilmiy asarlarda keng 
tarqalgan. Ammo bunday ta`rif indekslar mohiyatini haddan tashqari 
soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va 
o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas. 
Indekslarning nisbiy miqdorlarda ifodalanishi, ularning mohiyatini 
namoyon bo`lish shakllaridan biridir, xolos. Indekslar nafaqat nisbiy 
ko`rsatkich, balki shu bilan birga o`rtacha ko`rsatkichdir, chunki ular o`rtacha 
o`zgarishlarni ta`riflaydi. Bundan tashqari, mutlaq o`zgarishni ham ta`riflashi 
mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini 
topadi. 
Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko`rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, 
o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi. 
Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansa-
da, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Nisbiy miqdorlarda 
asosiy urg’u va e`tibor taqqoslanayotgan ko`rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati, 
predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so`z u yoki bu jarayonda 
kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi. 


100 
Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni 
shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi. 
Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy 
hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini 
taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali 
o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi. 
Bu ta`rifda «hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli 
ko`rsatkichlari» degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki 
undan ortiq holatlar orasida ma`lum jarayon kechadi, indekslar esa o`sha 
jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni 
ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, 
mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan 
(rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak, 
indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi. 
Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi. 
Hodisalar to`plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan 
tarkib topadi, ularning o`zgarishlari har xil me`yorlarda kechadi. Indeks usuli 
ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o`rtacha o`zgarish me`yori 
sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funktsiyasini 
bajaradi. 
Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o`zgarishida boshqa omil-
hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak, 
indekslar analitik funktsiyani ham bajaradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling