O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatlar tarkibi
To`lovli iste`mol aholining pul daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
To`lovsiz iste`mol – butunlay davlat qaramog’idagi aholining sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat va h.k. muassasalaridagi tovar va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. To`lovli iste`mol to`liq qiymat bo`yicha, to`lovsizi esa xarajatlar summasi sifatida hisobga olinadi. Xizmatlar material va nomaterial xizmatlarga bo`linadi. Material xizmatlar – ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Nomaterial xizmatlar – bular material formada yuzaga kelmaydigan xizmatlar (ta`lim sohasi, sog’liqni saqlash va h.k.). Material boyliklar va xizmatlar ularning hajmi, tarkibi va sifati ko`rsatkichlari yordamida o`rganiladi. Xizmatlar tarkibi kattalashtirilgan holda maqsadli vazifasiga asosan quyidagi guruhlarni o`z ichiga oladi: A. Iste`mol xarajatlari: 1) oziq-ovqat mahsulotlari, uydan tashqarida ovqatlanish, alkogol, tamaki; 2) kiyim, gazlama, oyoq kiyimi; 197 3) shaxsiy gigiena mahsulotlari; 4) uy-joy kommunal xizmatlari, mebel va h.k.; 5) ta`lim, madaniyat, dam olish va h.k. xizmatlar; 6) ijtimoiy transport xizmatlari, xususiy transportni asrash, aloqa; 7) yoqilg’i va boshqa mahsulotlar. B. Noiste`mol xarajatlari: 1) xususiy yordamchi xo`jalik xarajatlari; 2) tug’ishganlarga ko`rsatilgan material yordamlar; 3) jamg’arish (banklardagi hisoblar, qimmatli qog’ozlar va chet el valyutalarini sotib olish va h.k.); 4) soliqlar, to`lovlar va boshqa xarajatlar. Ayrim mamlakatlarda 2005-yilda uy xo`jaliklarining oxirgi iste`moli tarkibi (%%) Mamlakatlar Jami Ozi q -ov q at ma h su lot la r, ic h im li k , tam aki K iy im va o yo q k iy im Uy -jo y to `lo v la ri va ko m mu n al x iz ma tl ar M eb el va u yg a x iz ma tl ar M ed it sin a x iz ma tl ar i T ra ns p o rt va a lo q a Dam o lis h , m ada - niyat , ta` lim Bosh q a to v ar va x iz ma tl ar Angliya 100,0 19,9 5,9 20,1 6,4 1,6 17,2 10,8 18,1 Germaniya 100,0 15,2 6,3 20,7 8,2 14,5 15,9 9,0 10,1 Indiya 100,0 53,9 10,4 9,3 4,2 2,3 12,6 3,4 3,5 Kanada 100,0 14,5 5,3 24,5 8,7 4,4 14,5 11,6 16,5 Rossiya 100,0 33,8 11,3 8,7 5,0 8,4 10,6 11,6 10,6 AQSH 100,0 11,5 6,0 18,2 5,9 18,0 14,1 14,0 16,0 Frantsiya 100,0 18,2 5,4 21,8 7,3 10,4 16,3 7,5 13,2 YAponiya 100,0 17,6 5,4 21,4 5,0 10,1 19,0 12,6 17,0 Ukraina 100,0 45,1 5,3 11,0 3,1 11,2 5,5 14,1 4,8 Belorussiya 100,0 50,2 6,7 8,1 3,0 8,4 5,8 10,8 7,0 Jadval ma`lumotlariga qaraganda har xil mamlakatlar iste`moli tarkibida sezirarli farqlar mavjud. Ammo MDH davlatlari iste`moli tarkibi bir-biriga o`xshab ketadi: xarajatlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik, tamakiga to`g’ri keladi, uy-joy to`lovlari, kommunal xizmatlar va transport xarajatlari ulushi ancha past. 2005-yilda O`zbekiston aholisining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling