O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baho indeksi
Real daromadlarni o`zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog’liq: nominal
daromadlar o`sish darajasi, soliq to`lovlari stavkalarining o`zgarishi va baho indeksining o`zgarishi. Iste`mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma`lum belgilangan tovar va xizmatlar yig’indisi qiymatining o`zgarishini xarakterlaydi. Masalan, iste`mol baholar indeksini hisoblash uchun O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi tomonidan aholi iste`moli tarkibini xarakterlab beradigan 300 xil tovar va xizmatlar tanlab olingan. Buni o`rganish uchun uy xo`jaliklarida yil davomida o`tkazib boriladigan statistik kuzatish ma`lumotlari asos bo`lib hisoblanadi. Baho indeksi aholining iste`mol tarkibi o`zgarmagan holda joriy davr tovar va xizmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki kam sarflashni ifodalaydi. Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi: J p = P 1 q p : P 0 q p = i p P 0 q p : P 0 q p bunda, q p – tovarlarning doimiy (o`zgarmas) miqdori. Aholi daromadlari va xarajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi bilan birga aholining daromadlari va xarajatlari balansini tuzish va milliy hisoblar tizimadagi «Uy xo`jaligi» sektori hisoblamalari ko`rsatkichlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi. Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – aholining daromadlari, xarajatlari, jamg’armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi. Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo`lib, u aholi turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va xarajatlarining umumiy hajmi, uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal 194 daromadlari, aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Balansning daromadlar qismi har xil manbalardan tushumlarni ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va boshqa manbalardan olish mumkin. Balansning xarajatlar qismi aholi tomonidan to`langan transfertlar, tovar va xizmatlarni sotib olish uchun to`lovlar va aholining depozit va qimmatli qog’ozlarda ortgan jamg’armalaridan tashkil topadi. Balansning daromadlar qismida ba`zi bir iqtisodiy ma`nosi bir xil bo`lgan moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga dividendlar, jamg’arma va qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar. Balansning xarajatlar qismidagi ko`rsatkichlar o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra milliy hisoblar tizimidagi ko`rsatkichlar bilan bir xil emas. Daromadlar qismini xarajatlar qismiga nisbatan ortiq bo`lishi pul formadagi aktivlarni o`sishini anglatadi. Agar aksincha bo`lsa, aholining iste`mol xarajatlari uy xo`jaliklarining yig’ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi. O`zbekiston 2005 yil statistik axborotnomasi ma`lumotlariga ko`ra aholining nominal pul daromadlari hisobot davrida 2004 yilning shu davriga nisbatan 29,7%ga ko`paydi va 9989,8 mlrd. so`mni tashkil qildi, aholining pul xarajatlari va jamg’armalari 28,8%ga ko`payib 9794,6 mlrd. so`mni tashkil qildi. 195 Aholining pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalari dinamikasi quyidagicha ifodalanadi: (mlrd. so`m) Aholi pul daromadlari Aholi pul xarajatlari va jamg’armalari Pul daromadlarining xarajatlardan farqi 2004 y. 7702,3 7604,2 98,1 2005 y. 9989,8 9794,6 195,2 2005 yilda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi quyidagicha ifodalanadi: Mlrd. so`m Jamiga nisbatan foiz hisobida 2004 yilga nisbatan foiz hisobida Jami daromadlar 9989,8 100 129,7 SHu jumladan: Mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlar 2936,6 29,4 139,8 Qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar 2595,1 26,0 115,5 Ijtimoiy transfertlar 1456,2 14,6 137,5 Mol-mulk, tadbirkorlik daromadlari va boshqalar 3001,7 30,0 130,8 Jami xarajatlar va jamg’armalar 9794,6 98,0 128,8 SHu jumladan: Iste`mol xarajatlari 7248,3 72,5 122,4 Majburiy to`lovlar va badallar 697,5 7,0 117,8 Omonatlar, qimmatli qog’ozlarga joylashtirish, jumladan valyuta xarid qilish hisobiga jamg’armalarning o`sishi va boshqa xarajatlar 1848,8 18,5 169,3 Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi. Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi. Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 7,0%ga kamaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling