O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

Real daromadlarni o`zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog’liq: nominal 
daromadlar o`sish darajasi, soliq to`lovlari stavkalarining o`zgarishi va baho 
indeksining o`zgarishi. 
Iste`mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma`lum 
belgilangan tovar va xizmatlar yig’indisi qiymatining o`zgarishini xarakterlaydi. 
Masalan, iste`mol baholar indeksini hisoblash uchun O`zbekiston Davlat statistika 
qo`mitasi tomonidan aholi iste`moli tarkibini xarakterlab beradigan 300 xil tovar 
va xizmatlar tanlab olingan. Buni o`rganish uchun uy xo`jaliklarida yil davomida 
o`tkazib boriladigan statistik kuzatish ma`lumotlari asos bo`lib hisoblanadi. 
Baho indeksi aholining iste`mol tarkibi o`zgarmagan holda joriy davr 
tovar va xizmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki 
kam sarflashni ifodalaydi. 
Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi: 
J
p
 = 

P
1
q
p
 : 

P
0
q
p
 = 

i
p
P
0
q
p
 : 

P
0
q
p
 
bunda, 
q
p
– tovarlarning doimiy (o`zgarmas) miqdori. 
Aholi daromadlari va xarajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi 
bilan birga aholining daromadlari va xarajatlari balansini tuzish va milliy hisoblar 
tizimadagi «Uy xo`jaligi» sektori hisoblamalari ko`rsatkichlarini ham aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – aholining daromadlari, 
xarajatlari, jamg’armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy 
daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi. 
Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo`lib, u aholi 
turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va 
xarajatlarining umumiy hajmi, uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal 


194 
daromadlari, aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar 
amalga oshiriladi. 
Balansning daromadlar qismi har xil manbalardan tushumlarni 
ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va 
boshqa manbalardan olish mumkin. 
Balansning xarajatlar qismi aholi tomonidan to`langan transfertlar, tovar 
va xizmatlarni sotib olish uchun to`lovlar va aholining depozit va qimmatli 
qog’ozlarda ortgan jamg’armalaridan tashkil topadi. 
Balansning daromadlar qismida ba`zi bir iqtisodiy ma`nosi bir xil bo`lgan 
moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga dividendlar
jamg’arma va qimmatli qog’ozlardan olingan foizlar. 
Balansning xarajatlar qismidagi ko`rsatkichlar o`zining iqtisodiy 
mohiyatiga ko`ra milliy hisoblar tizimidagi ko`rsatkichlar bilan bir xil emas. 
Daromadlar qismini xarajatlar qismiga nisbatan ortiq bo`lishi pul formadagi 
aktivlarni o`sishini anglatadi. Agar aksincha bo`lsa, aholining iste`mol xarajatlari 
uy xo`jaliklarining yig’ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi. 
O`zbekiston 2005 yil statistik axborotnomasi ma`lumotlariga ko`ra 
aholining nominal pul daromadlari hisobot davrida 2004 yilning shu davriga 
nisbatan 29,7%ga ko`paydi va 9989,8 mlrd. so`mni tashkil qildi, aholining pul 
xarajatlari va jamg’armalari 28,8%ga ko`payib 9794,6 mlrd. so`mni tashkil qildi. 


195 
Aholining pul daromadlari, xarajatlari va jamg’armalari dinamikasi quyidagicha 
ifodalanadi: (mlrd. so`m) 
Aholi pul 
daromadlari 
Aholi pul xarajatlari va 
jamg’armalari 
Pul daromadlarining 
xarajatlardan farqi 
2004 y. 
7702,3 
7604,2 
98,1 
2005 y. 
9989,8 
9794,6 
195,2 
2005 yilda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi quyidagicha 
ifodalanadi: 
Mlrd. 
so`m 
Jamiga 
nisbatan foiz 
hisobida 
2004 yilga 
nisbatan foiz 
hisobida 
Jami daromadlar
9989,8 
100 
129,7 
SHu jumladan:
Mehnatga haq to`lash va 
korxonalardan olingan boshqa 
daromadlar
2936,6 
29,4 
139,8 
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini 
sotishdan olingan daromadlar
2595,1 
26,0 
115,5 
Ijtimoiy transfertlar
1456,2 
14,6 
137,5 
Mol-mulk, tadbirkorlik daromadlari 
va boshqalar
3001,7 
30,0 
130,8 
Jami xarajatlar va jamg’armalar
9794,6 
98,0 
128,8 
SHu jumladan:
Iste`mol xarajatlari
7248,3 
72,5 
122,4 
Majburiy to`lovlar va badallar
697,5 
7,0 
117,8 
Omonatlar, qimmatli qog’ozlarga 
joylashtirish, jumladan valyuta 
xarid qilish hisobiga 
jamg’armalarning o`sishi va boshqa 
xarajatlar
1848,8 
18,5 
169,3 
Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan 
olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni 
qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 
56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning 
ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi. 
Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni 
tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 
76,8%dan 72,5%ga kamaydi. 
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi 
va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 
7,0%ga kamaydi. 


196 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling