Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 111.39 Kb.
bet12/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

Tennis oʻyini
Tennis oʻyini - bu oʻyinning maqsadi oʻquvchilarning tezligini oshirishdir. Bu oʻyin zanjir oʻyiniga oʻxshaydi va tanlangan mavzu doirasida boʻlib oʻtadi. Bunda aytilgan soʻzning soʻnggi harfiga yangi soʻz aytishi kerak, masalan mavzu nomi ,,Animals’’ boʻlsa, mavzudan chetlashmagan holda .,,Tiger’’ soʻzi bilan boshlansa, ikkinchi ishtirokchi ,,rabbit’’deb davom ettiradi. Shu tariqa oʻyin davom etadi. Oʻyin davomida toʻxtab qolgan oʻquvchi 5 daqiqa davomida javob bera olmasa oʻyindan chetlashtiriladi va qolgan oʻquvchilar bilan davom ettiriladi. Oʻyinni sinf bilan ya’ni koʻpchilik bilan oʻynash juda qiziqarli va maroqli boʻladi. Bu oʻyinni mavzuni oʻzgartirish orqali ham oʻynash mumkin. Shu bilan birga, oʻyinlarni tashkil etish jarayonida, ularni turli texnik vositalar bilan bog‘lab oʻtish ham qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Chunki bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonda barcha yoshlar, oʻsmirlar va kattalar ham zamonaviy texnalogiyalarga befarq emas. Shunday ekan, qiziqarli fan oʻyinlari kompyuterlarda tashkil qilinishi orqali samarali natijaga erishish mumkin.
Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama kamol topishida ingliz tilining oʻrni beqiyosdir. Qolaversa, ingliz tilini oʻqitishda bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi ingliz tilini oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqishni, ehtiyojini toʻla qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish uchun turli xil interaktiv oʻyin metodlaridan foydalanish orqali maktabgacha yoshidagi bolalarga ingliz tilini oʻrgatish muammosi amaliy yechimini topadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini oʻrgatish boʻyicha olib boriladigan oʻquv ishlari natijasi va samaradorligi ta’lim mazmuni, maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi bilan bog‘liqligi, shuningdek mazmunga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasining tanlanishi bilan ta'minlanganligiga bog‘liq. Ta’lim samaradorligini ta'minlovchi asosiy shart – sharoitlardan biri bolalarning ingliz tiliga nisbatan ijobiy munosabatini rag‘batlantirish va turli – tuman ta’lim vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu vositalar ichida pedagogik texnologiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan didaktik oʻyinlar muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, dars samaradorligini ta’minlashda turli ta’lim vositalaridan foydalanish, darslarda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga xizmat qiluvchi va texnologik xarakterdagi didaktik oʻyinlarning imkoniyatlari beqiyosdir. Ingliz tili darslarida oʻrganilayotgan mavzu mazmuniga moslab tashkil etiladigan didaktik oʻyinlar bolalarni mustaqil fikrlashga undaydi, ularda til oʻrganishga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi. Oʻqishga nisbatan qiziqish esa bilimlarni puxta oʻzlashtirish garovidir. Bu fikrni oʻtmishdagi allomalar ham ta'kidlab oʻtishgan. Ingliz tilini oʻrgatish mazmuni maktabgacha ta’lim muassasalarida juda qisqa va oson soʻzlardan, jumlalardan boshlanadi. Mazmunni tushunishni oʻrgatish sodda, qulay va zarur koʻrgazmalilik asosida olib boriladi va shu yoʻl bilan ularning soʻz boyligi oshib, bilimi chuqurlashib borilishiga erishiladi. Ingliz tili darsini didaktik oʻyinlar orqali tashkil etish va oʻtkazish metodikasiga oid kurs ishilarda uning bir necha bosqichlari ajratib koʻrsatiladi.


Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling