Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 111.39 Kb.
bet8/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

I bob boʻyicha xulosa
Xulosa qilib aytish oʻrinliki, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻg‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga oʻqitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, oʻqimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yoʻnaltirilgan tizim yaratildi. Shu bilan birga, chet tillarni oʻrganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni koʻrsatmoqdaki, ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga toʻliq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʻrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yoʻli bilan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga oʻqitish, shu tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini oʻrganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan oʻyin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, oʻqish va grammatikani oʻzlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi.
Ushbu qarornining tasdiqlanishi bu biz yoshlar uchun ochib berilayotgan katta yo`l hisoblanadi. Kelajak avlod uchun esa juda kattadan katta imkoniyatlar yaratib berilishidan dalolatdir.


II BOB. INGLIZ TILINI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OʻQITISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH

Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling