Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Taboo words (Ta’qiqlangan soʻzlar)


Download 111.39 Kb.
bet11/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

Taboo words (Ta’qiqlangan soʻzlar). Taboo words oʻquvchilarga sinonim soʻzlar va soʻzlarni tariflarini qoʻllashga yordam beradi. Sinfni ikkiga boʻlinadi va jamoalar bir birlariga qarama-qarshi holda oʻtiradilar. Har bir jamoa oʻz jamoasidan bir kishini roʻparasidagi stulga oʻtirish uchun tanlaydi. Oʻqituvchi esa oʻquvchilar ortiga oʻtib turadi va katta qog‘ozda yozilgan soʻz ushlab turadi. Oʻrindiqda oʻtirgan oʻquvchilar bu soʻzni koʻra olmasligi kerak boʻladi. Jamoaning oʻrindiqda oʻtirgan a’zosiga siz ushlab turgan soʻzni ayttirish uchun 3 daqiqa vaqti boʻladi. Eng asosiysi ular shu soʻzni nima boʻlganda ham ishlatmasligi kerak boʻladi. Katta sinflarda oʻynatish uchun maslahat. Agar sizning sinfingizda 12 tadan koʻp oʻquvchi boʻlsa, bu oʻyin davomida biroz shovqin-suron, tartibsizlik boʻlishi mumkin. Bu holatda, hammani 5-6 talik kichik guruhlarga boʻlib faqat navbati kelganda qatnashadigan qilsangiz boʻladi.
20 Objects (20 Buyumlar). Bir vaqtning oʻzida ushbu oʻyin orqali oʻquvchilaringizni xotirasini va soʻz boyligini tekshirishingiz mumkin. Sizga faqatgina doska va sinf xonada joylashgan 20 ta buyumlar kerak boʻladi. Siz hattoki oʻzingizning sumkangiz yoki yoningizdagi buyumlaringizdan foydalanishingiz mumkin. Buyumlarni hammasini stol ustiga qoʻyib chiqing va oʻquvchilaringizni hammasini chaqirib ularga qarashlarini ayting. Keyin hamma buyumlarni bir daqiqadan keyin qog‘oz (yoki shunga oʻxshash biror narsa) bilan yoping. Hamma oʻquvchilaringizdan joylariga qaytib bir varoq qog‘ozga eslab qolgan buyumlarini ingliz tilida yozishlarini soʻrang. Hamma tugatganidan soʻng esa buyumlar roʻyxatini doskaga yozing va oʻquvchilardan oʻzlarini tekshirishlarini soʻrang.
Muqobil variant sifatida soʻzlarni birma-bir oʻqib berib tog‘ri topganlarini belgilab borishlarini soʻrashingiz mumkin.
Zanjir oʻyini.
Maqsadi: Xotirani tekshirish va uni rivojlantirish.
Oʻyinda guruh boʻlib oʻynaladi va boshlanishida bitta mavzu doirasidan cheklangan boʻlishi kerak. Misol uchun “Nature” mavzusi va bunda birinchi oʻquvchi bir soʻzni aytadi va misol uchun “mountain” deydi, boshqa oʻquvchi birinchi oʻquvchining soʻzini takrorlab “mountain” va oʻzining yangi soʻzini ya’ni “forest” soʻzini, keyingi oʻquvchi esa “cave” soʻzini aytish bilan davom etadi.
Oʻyinda soʻz kimning yodidan koʻtarilib toʻxtab qolsa shu ishtirokchi oʻyinni tark etadi. Agar guruhda 10 yoki undan ortiq kishilar boʻlsa soʻzlar miqdori shunga muvofiq koʻpayadi va oʻyin jarayoni yanayam qiziqarli boʻladi. Oʻyin orqali xotirani tekshirish, u qay darajada rivojlangan ekanligini bilib olish va uni oʻstirish mumkin.
Bu o‘yinning eng foydali tomoni ham shundaki bolalar bir necha so‘zlarni eslab qolishga va ularni yana esga olib aytishga urinishadi. Aynan shu jarayonni o‘zida ular ham yangi, ham o‘zlari uchun notanish boshqa sinfdosh do‘stlari uchun tanish bo‘lgan so‘zni yodlab eslab qolishlari mumkin.
Quyidagi sxemada biz zanjir o‘yinining tashkil qilinishini ko‘rishimiz mumkin:

Mountain

Mountain, forest

Mountain, forest, cave






II bob. 2.1. 1-rasm. Zanjir o ‘yini sxemasi




Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling