Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 111.39 Kb.
bet15/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

Fe'llarni takrorlash. Oʻqituvchi har xil xatti-harakatlarni amalga oshiradi, bolalar u nima qilayotganini ingliz tilida aytishlari kerak - uchish, jilmayish, yig‘lash, ichish, sakrash, qoʻllarda qarsak chalish, qoʻllarni silkitish, oyoqlarni bosish, orqaga oʻgirilish, oʻtirish, oʻrnidan turish, balandga choʻzilish, sakrash, yurish, chopish, suzish, uxlash.

Two little eyes to look around (bolalar oʻzlarini atrofga qarashadi). Two little ears to hear each sound(biron narsani tinglaganday, qoʻllarini quloqlariga qoʻying). One little nose to smell what is sweet(burun bilan mos keladigan harakatni bajaring)

  1. Yangi mavzu: Tog‘, tor daralari va g‘orlar va boshqa shunga oʻxshash tabiat mintaqalar nomi bor kartochkalar yordamida bolalarga tabiat koʻrinishlarini oʻrgatish: nature, mountain, cave, narrow gorges, pasture, desert, forest.

  2. Taqdimot qoʻyish: Oʻqituvchi taqdimotni yoqadi, har bir bosilganda, monitor ekranida bir tabiat mintaqalari paydo boʻladi va bolalar imkon qadar tezroq har bir tabiat mintaqasining ingliz tilida nomlashlari kerak, kim koʻproq soʻz aytsa dars oxirida qoʻshimcha stiker beriladi.

  3. Video qoʻyish: https://youtu.be/HNadLaRrcZM

Dars oxirida oʻqituvchi natijalarni sarhisob qiladi, og‘zaki soʻrov oʻtkazadi.

II bob boʻyicha xulosa
Bu bob bo‘yicha shuni xulosa qilib aytish joizki, bu oʻyinlarni bolalarning saviyasi va yoshiga qarab osonlashtirish yoki qiyinlashtirish mumkin. Ushbu interfaol oʻyinlarning maqsadi turlicha boʻlib bu oʻyinlar orqali diqqatni jamlash, soʻz boyligini oshirish, tezkorlik, aqllilik, ziyraklik va asosoysi esa darsni qiziqarli tarzda oʻzlashtirib, yodda saqlab qolish mumkin. Oʻyin texnologiyasidan foydalanishning asosini oʻquvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, oʻyinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning oʻzini namoyon qilish, hayotda barqaror oʻrnini topish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻz imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday oʻyin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. Oʻquv oʻyinlariga oʻquv predmetlari asos qilib olinishi kerak. Oʻyinlar jarayonida oʻquvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat koʻrsatadi. Ta’kidlash lozimki, oʻyin eng avallo, oʻqitishning bir usulidir. Oʻquvchilar oʻyinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g‘alaba qozonishga intiladilar, oʻqituvchi ular orqali oʻquvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. Oʻquvchi inglizcha oʻyin oʻynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi.
Shunday qilib, ingliz tili mashg‘ulotlari mavzusiga mos didaktik va kompyuter oʻyin turlarining tanlanishi, oʻyin texnologiyasida oʻrganiladigan material mazmunining oʻziga xosligi va oʻquv topshiriqlarining hisobga olinishi, tarbiyalanuvchilarning oʻyin faoliyatini tashkil qilishda oʻyin tuzilishining e’tiborga olinishi dars samaradorligini ta’minlash vositasiga aylanadi.
Demak maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini oʻrgatishda quyidagi tavsiyalar asosida ish koʻrilishi maqsadga muvofiq:

  • mashg‘ulot rejasi har bir bolaning talablari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga toʻg‘ri kelishi shart;

  • ingliz tili mashg‘ulotlari maqsadi, mazmuni va uslubi jihatidan tarbiyalanuvchilar guruhining bilim va talablariga yo‘naltirilishi kerak;

  • ingliz tili mashg‘ulotlari bolalarning dunyo toʻg‘risidagi tasavvurlari bilan bog‘lanishi, ular uchun muhim hisoblangan oʻyin elementlari orqali boshqa sohalarda ham ularning qobiliyatlarini rivojlantirishi lozim.


Xulosa
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta’minlash, ularni maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. Oʻyinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yoʻnalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. Oʻyinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon boʻladi. Shaklan va mazmunan rang-barang boʻlgan oʻyinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, koʻnikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan oʻzlashtirish ta’minlanadi. Oʻyinda bolaning oʻz tеngqurlari va kattalar bilan boʻladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli oʻyinlar mazmunining oʻziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Oʻyin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli oʻyin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola oʻyinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni oʻz mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga oʻtganini bildiradi.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini oʻqitish va oʻrganish tizimi takomillashib borayotgan bugungi kunda ta’lim jarayonida ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar asosida, interfaol uslublar ishtirokida oʻqitishni samarali tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayoni asosan an’anaviy tarzda olib borilayotgan boʻlsada, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz oʻrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirlishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyalari bilan ta’lim berishning ilg‘or uslublarni joriy etish yoʻli bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodni shu oʻrganayotgan tillarining mutaxasisi bulishi va buning negzida ular shu tillarda bemalol soʻzlash olishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, barchasi yoshlarimizning buyuk kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchundir.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar ta’lim tizimini takomillashtirish, didaktik oʻyinlar vositasida, ilg‘or pedagogik texnologiyalar orqali ingliz tilini oʻrgatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi soʻzlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim toʻg‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qoʻllanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yoʻllarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qoʻyadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qoʻygan talablar asosida qaror toptirishga koʻmaklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yoʻnalishlari asosida yondashish zarurligi haqida koʻpgina olimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Bu jarayonlarni ta’minlash maqsadida olib borilgan nazariy va eksperimental ishlar natijalari bizga quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

  • ta’lim toʻg‘risidagi qator xujjatlar, qarorlar bilan birga bir qancha sohaga tegishli adabiyotlar koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, chet tillarni kichik yoshdagi bolalarga samarali oʻqitishning dolzarb masalalariga yoʻnaltirilgan oʻzbekistonlik olimlar va xorijlik pedagoglarning asarlari va ilmiy maqolalari tahlilga etilib, ijobiy fikrlaridan foydalanildi;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tashkilotlarida ingliz tili darsini didaktik loyihalashtirish maqsadida, ingliz tilini didaktik oʻyinlar, zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar hamda AKT vositalariyordamida oʻrgatishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari oʻrganildi va tahlil qilindi;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muassasalaridagi ingliz tili mashg‘ulotlari kuzatildi, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, mavzularga oid namunaviy dars rejalari tuzildi, tajriba-sinovdan oʻtkazildi va oʻquv jarayoniga tatbiq etildi;

  • darslar maqsadiga mos texnologiya vositalari tanlandi va ingliz tilini oʻrgatish jarayoniga tatbiq etildi.




Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling