Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti
Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam)
Download 111.39 Kb.
|
2023 fayozjon to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pictionary.
Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam). Bu oʻyin tezkor oʻyin hisoblanadi. Lekin Oʻquvchilarga oʻylash uchun biroz vaqt beradi. Bu oʻyin birgalikda oʻrganishga undaydi, ya’ni boshqa oʻquvchilar soʻzlayotganida qolgan oʻquvchilar oʻzlari soʻz oʻylayotgan boʻlishadi. Oʻyinni oʻynash uchun sizga koptokcha kerak boʻladi. Va hamma oʻquvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak boʻladi. Masalan: Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo. Biror oʻquvchiga toʻpni uloqtirish orqali oʻyin boshlanadi. Oʻsha oʻquvchi mavzuga doir biror inglizcha soʻz aytadi va toʻpni keying oʻquvchiga uloqtiradi. Toʻpni qabul qilgan har bir oʻquvchi shu mavzuga doir biror soʻz aytishi kerak boʻladi. Agar ular aytilgan soʻzlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida soʻz topa olmasa, ular oʻyindan chiqadi va oʻyinni oʻtirgan holda kuzatadi. Havotir olmang, ular baribir oʻrganayotgan boʻladi. Bu oʻyin biroz boshqacharoq qilib oʻzgartirsangiz ham boʻladi. Biror mavzuga soʻz aytish oʻrniga, har bir oʻquvchi keyingi oʻquvchiga biror boshqa mavzu aytishi mumkin. Masalan, siz “say something red” (biror qizil narsani ayting) deb oʻyinni boshlashingiz mumkin. Koptokni ushlab olgan birinchi oʻquvchi “strawberry” deb keyin oʻzi biror mavzu tanlab koptokni boshqasiga uloqtirishi mumkin. Bu oʻyinni biroz murakkablashtiradi, sababi oʻquvchi biror soʻz haqida oʻylashidan oldin, qaysi mavzuga doir soʻz oʻylashi kerakligini ham bilishi lozim.
Pictionary. Koʻpchilik ingliz tilida soʻzlashuvchilar Pictionary – rasm chizish oʻyini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga boʻlib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va koʻpgina teskari oʻgirilgan soʻzlardan bittasini tanlaydi va shu soʻzni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak boʻladi. Soʻzni birinchi boʻlib toʻg‘ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Charades. Charades oʻyini Pictionary oʻyiniga oʻxshash lekin asosiy farqi bunda soʻz ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu oʻyin oʻquvchilaringiz sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qoʻl keladi. Ularni uyg‘oting va harakatlantiring! Oʻquvchilar tanlashi uchun bir necha toʻrtburchak qilib qirqilgan qog‘ozlarga soʻzlar yozing. Fe’llarni ifodalash ancha oson. Lekin siz biroz murakkabroq, shunday boʻlsada hamma oʻquvchilar biladigan soʻzlardan foydalanishingiz mumkin. Sinfni ikki jamoaga boʻling. Va har bir jamoadan bir oʻquvchi soʻz yozilgan qog‘ozni tanlaydi va harakat bilan ifodalab beradi. Jamoadagilar esa uch daqiqa ichida oʻsha soʻzni topishi kerak boʻladi. Har bir toʻgri javob uchun, bir ball beriladi. 10 ball jamlagan jamoa g‘olib hisoblanadi. Download 111.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling