Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILIDA TOG‘, TOR DARALARI VA G‘ORLARNI OʻRGATISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Download 111.39 Kb.
|
2023 fayozjon to\'liq
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILIDA TOG‘, TOR DARALARI VA G‘ORLARNI OʻRGATISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilida tog‘lar, tor daralari va g‘orlarni oʻrgatishning metodologik asoslari Barkamol inson tarbiyasi avlod ajdodlarimizning azaliy orzusi boʻlib, bola olamga kelishi bilanoq unga odob- axloq, jismoniy va ma’naviy rivojlanish qonun-qoidalarini mutassil oʻrgatganlar. Peadagogika fani tarkibida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Maktabgacha pedagogika” va “Bolalar pedagogikasi” fani yaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasidagi sifat oʻzgarishlar va samaradorlik koʻproq milliy pedagogika tariximixning ildizlari va zamonaviy ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish bilan yuksakdir. Barchamizga ma’lumki, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻrta, katta va maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yoshi 5-7 yosh oralig‘ida boʻladi. Va aynan shu davrda ular ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan jadal rivojlanib, intelektual salohiyatlarining rivojlanishi ilk bosqichga boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari esa bolaning sog‘lom va barkamol shaxs boʻlib yetishida, oʻqishga nisbatan havas uyg‘onishida ilk turtki boʻlgan holda, muntazam ravishda haftasiga 5 kun ta’lim olishlariga, hamda xorijiy tillarni oʻrganishlariga imkoniyat yaratadi. Ma’lumki, mamlakatimizda chet tillarini oʻqitish mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Chet tillarini oʻrganish va oʻqitishga e’tibor, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi qarori qabul qilingandan keyin yanada kuchaydi. Mazkur qarorda chet tillarini oʻqitishdagi yutuqlar bilan birga, ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga toʻliq javob bermayotgani, ta’lim asosan zamonaviy usullarda olib borilayotgani, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʻrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlashga oid kamchiliklar ham koʻrsatilgan. Ingliz tilida tabiat haqidagi bilimlarni oʻrgatish ham muhim hisoblanadi. Bu bolalarning dunyoqarashini yanada kengaytirishga va bilim darajasini yanada oshirishga yordam beradi. Tabiat haqidagi bilimlar bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un boʻlishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga koʻra ijtimoiy pedagog oʻz amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un boʻlishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga boʻysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari oʻsimliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham oʻz ta’sirini oʻtkazib turadi. Yan Amos Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, oʻspirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda oʻz bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va muttafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) oʻz ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un boʻlishi haqida gapirgan edi. Masalan, “Uy-roʻzg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, “inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida oʻrin tutadi va uning qonunlariga koʻra rivojlanadi”. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, “kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) boʻlsa, unda u uni har tomonlama oʻrganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kerak”. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un boʻlishi prinsipi koʻpgina buyuk pedagoglar tomonidan oʻz pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta boʻlishidan ilgari bola boʻlishi kerak”. Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, “tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un boʻlishi lozim”. Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Bestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. Oʻz ishlarida yozgan ediki, “ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim”. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un boʻlishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham oʻz aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) oʻzining asosiy “Inson tarbiyaning mavzusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, “bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim”. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan oʻrganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida soʻzlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani oʻrganishga oʻtish mumkin. Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873-950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar oʻz asarlarida yozgan ediki, “inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va oʻz aqliga koʻra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin”. Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs ahloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini oʻzbek tilida yozilgan pedagogika boʻyicha birinchi darslik deb ham hisoblash mumkin. 1) Pedagogika mustaqil fan sifatida Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) degan asaridan soʻng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan. Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan goʻzallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un boʻlish prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim: Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish; Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish; me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq boʻlgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish; bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish; bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish. Respublikamizda chet tillarini oʻqish, oʻrganish va baholash tizimining 2012 yildan boshlangan besh yillik natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror respublikamizda ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etilayotganidan, chet tillarini mukammal biladigan oʻquvchilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari berish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadi koʻzda tutilganidan dalolat beradi. Qarorga koʻra, bundan keyin uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yosh avlodni chet tillariga oʻqitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishdagi oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu kabi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini oʻzlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunga qadar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani rivojlangan, sog‘lom, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta’limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib borayotgan boʻlib ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yili Davlat byudjetidan 1.6 trilion soʻm ajratilgan. Ushbu sohada sog‘lom va har tomonlama rivojlangan oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxasislar mehnat qilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2017-yili 9-sentabrda qabul qilingan "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida" gi qaror bilan bilan Xalq ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi , Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mahalliy davlat hokimyati organlarning maktabgacha talim muassalarining infratuzilmalarini va moddiy- texnik jihozlanishi yaxshilash boʻyicha kompleks chora- tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Qishloq joylardagi boshlang‘ich maktab oʻquvchilari odatda ingliz tili muhitidan ancha uzoq boʻlgan sharoitda oʻsishadi va bolalarning fikrlashi mavhum shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tili oʻqituvchilari oʻqitishda oson metodikalar orqali, oʻquvchilar atrofidagi buyumlardan, kartochkalardan va boshqa oʻquv qoʻllanmalaridan toʻliq foydalanishadi. “Banana” va “apple” kabi soʻzlarni oʻqitishda oʻqituvchilar banan va olma kabi mevalarni koʻrsatib birdaniga rangni bildiruvchi yangi soʻzlarni ham oʻrgatib ketishlari mumkin. Bolalar oʻquv mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida qoʻllanilishini oʻrgatib borishadi. Albatta, oʻqitish mobaynida buyumlardan foydalanishda oʻqituvchilarning metodikasi katta roʻl oʻynaydi. Misol uchun, tegishli soʻzlarni oʻrgatayotganda, siz avvalo buyumni bolaga koʻrsatib uni gapirishga undaysiz, oʻquvchilar soʻzlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan soʻzni mustahkamlash uchun kartochkalardagi rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi soʻzni takror talaffuz qildiriladi. Soʻzlarni oʻqitishda oʻqituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va oʻquvchilar e’tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda soʻzlarni talaffuz qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin boʻladi. Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega boʻlish talab qilinadi. Bu nafaqat oʻqitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay, balki oʻquvchilarni oʻrgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi. Oʻquvchilar ingliz tilini oʻrganish jarayonida oʻzlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir oʻquv mashg‘ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda oʻrganishga motivatsiya uyg‘onadi.Hozirgi kunda Xitoylik bog‘cha yoshidagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli bog‘chalardagi oʻqitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, zamonaviy pedagog javob berishi kerak boʻlgan talablar kompleksini belgilaydi. Download 111.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling