Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va boshlang‘ich ta’limda har tomonlama yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalash uchun tarbiyachilar va pedagoglar, umuman olganda, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim tizimi tegishli soha mutaxasislari bilan hamkorlikda ishlagan holatda faoliyat yuritishi lozim. Bolalarni vatanparvar, mustaqil fikrga ega shaxs qilib tarbiyalash biz pedagoglarning oliy maqsadlaridan biridir.
Til mutaxassislari, xususan, chet tili soha mutaxassislari davlatimiz tomonidan til taʼlimiga qaratilayotgan katta eʼtibor va rag‘batdan ruhlangan holda, asosiy ezgu maqsad – yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, dunyo bozorida raqobatbardosh, talab katta, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash ishiga oʻz hisslarini qoʻshmog‘i lozim.
Kurs ishi natijalarining aprabatsiyalari. Kurs ish natijalari maktab hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti dekani, kafedra mudiri hamda kurs ishi raxbari tomonidan aprabatsiya qilindi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 6 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.
Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini oʻqitishning didaktik xususiyatlari va ingliz tilini bolalarda oʻrgatish bilan bog‘liq masalarni tahlil qilishdan iborat. Bolalarga tog‘lar, tor daralari va g‘orlarni oʻrgatish mavzusini oʻtish orqali ularni dars jarayonida mavzuga munosabatini oʻrganish.
Kurs ishi ob`ekti: ta’lim jarayonlarida qoʻllaniladigan turli xil metodlar.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini oʻqitishda didaktik yondashuv va uni tashkil etish mazmuni.
Kurs ishi vazifalari:
Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish;
Tog‘, tor daralari va g‘orlarni oʻrgatish boʻyicha ishlanmalarni tahlil qilish;
Dars jarayonlarida turli xil metodlardan foydalanishning ahamiyatini oʻrganish;
Do'stlaringiz bilan baham: |