Oʻzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 111.39 Kb.
bet4/16
Sana01.04.2023
Hajmi111.39 Kb.
#1317549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2023 fayozjon to\'liq

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….................3
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILIDA TOG‘, TOR DARALARI, G‘ORLARNI OʻRGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilida tog‘lar, tor daralari, g‘orlarni oʻrgatishning metodologik asoslari……………………...…….....................................7
1.2. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini oʻrgatishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati…………………………...............................................13
I bob boʻyicha xulosa………………………….…………………...…………...........16
II BOB. INGLIZ TILINI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OʻQITISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilida tog‘lar, tor daralarini oʻrgatishda harakatli oʻyinlar orqali oʻqitishning didaktik asosi va eksperimental tadqiqi …………………..........................................................................................................17
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tog‘ tor daralari, g‘orlarni oʻrgatish loyihasi …….……………………………………………………………………….................24
II bob boʻyicha xulosa…………………………………………………......................28
XULOSA……………………………………………………………….....................30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………...................................................33

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekistonda barcha jabhalarda kechayotgan islohotlar jarayoni taʼlim sohasini tobora kengroq va chuqurroq qamrab olmoqda. Xususan, bu yili ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi sifatida fizika bilan bir qatorda xorijiy tillar tanlanishi eʼtirofga sazovordir.
Shu oʻrinda beixtiyor oʻtgan asr boshidagi maʼrifat fidoyilari – jadid bobolarimizning g‘oya va qarashlari yodga tushadi. Jumladan, Mahmudxoʻja Behbudiy dunyo donishmandlari asarlaridan xabardor boʻlish, jahon adabiyoti durdonalaridan chinakamiga lazzatlanish, shuningdek, zamonasini anglash, taraqqiyot uchun chet tilini bilish oʻta muhimligini taʼkidlaydi. Chunonchi, jadidlar yetakchisi millat farzandlari oʻz naʼfi, jamiyatda muhim mavqe va obroʻga ega boʻlishi uchun xorijiy tilni bilishi zarurligi haqida soʻzlab, qatʼiyat bilan “Xulosa, bugun bizlarga toʻrt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak”, deya bong urgan edi.
Mamlakatimizda til masalasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor, xususan, davlat tilining nufuzi va obroʻsini koʻtarish, ona tilimizni asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlar oʻz mohiyat-eʼtibori bilan maʼrifatparvar bobolarimizning ushalmagan orzu-armonlarini roʻyobga chiqarish yoʻlidagi amaliy harakatlar ekanligi jihatidan beqiyosdir. Barchaga maʼlumki, jahon hamjamiyatiga integratsiya jarayonida, dunyo bozoriga dadil va faol kirib borilayotgan pallada xorijiy til bilimlariga ehtiyoj ortishi tabiiy. Shu bois bugungi kunda soha mutaxassisining har tomonlama yetukligi mezonlari oʻz ona tili bilan bir qatorda, bir emas, bir necha chet tilini bilishi lozimligini taqozo etmoqda.
ʻʻMamlakatimizda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha kelajak uchun mustahkam poydevor boʻladigan yangi tizimni yoʻlga qoʻyish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qatʼiy talab har bir taʼlim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim”,– deya qatʼiyat bilan taʼkidlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Milliy taʼlim tizimimiz jiddiy islohotlarga muhtoj ekanligi ayni haqiqat. Xususan, hozirgi kunda kadrlarning til savodxonligi darajasi talabga javob bermayapti. Og‘zaki va yozma nutq madaniyati yuqori, mantiqiy fikrlash va uni ifoda eta olish koʻnikmalariga ega, nutq uslublarini farqlay oladigan, fikrini usluban toʻg‘ri bayon eta oladigan, tahliliy fikrlash koʻnikmalari shakllangan mutaxassisga ehtiyoj katta. Bu borada bir qator masalalar oʻz yechimini kutmoqda.
Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq ta’lim siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish maqsadida, oʻquvchilarni va aholining chet tillariga qiziqishini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Chet tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillarining boʻlimlari tashkil etilishi va quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanishi koʻzda tutilgan edi:

  • ­aholi oʻrtasida chet tillarni oʻrganishni ommalashtirish va ularni oʻzlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’limning barcha bosqichlarida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan dasturlar va darsliklarni joriy etishni muvofiqlashtirish, zamonaviy oʻqitishni rivojlantirish orqali oʻqituvchilarning koʻnikmalarini oshirish va oʻquvchilarning til bilimlarini rivojlantirish;

  • hududlar, filiallar va ta’lim muassasalarining chet tili mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori boʻlgan chet tillarini oʻqitishni tashkil etish;

  • chet tillarini oʻqitish sohasida “bolalar bog‘chasi-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-korxona” tamoyili boʻyicha uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlari uchun mos til oʻrganish boʻyicha metod va tavsiyalar ishlab chiqish;

  • chet tillarini oʻzlashtirish, boshlang‘ich til koʻnikmalarini shakllantirish uchun videofilmlar, oʻyinlar, koʻngilochar koʻrsatuvlar, filmlar va boshqa ta’lim mazmunini yaratishni tashkil etish;

  • davlat tilidan chet tillariga va chet tillaridan davlat tiliga professional tarjima texnikasini yaratish va bu yoʻnalishdagi mutaxassislarning malakasini oshirishga koʻmaklashish;

  • hududlar, tarmoqlar, davlat organlari va ta’lim tashkilotlari oʻrtasida xorijiy tillarni bilish reytingini oʻtkazish, chet tillarini oʻrganishni yanada ommalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Agentlik va uning vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsion uslublarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, 39 ta shtat birliklari hisobidan tashkil etilgan.
Demokratik jamiyat qurish yoʻlidan borayotgan mustaqil respublikamizda dasturda belgilab berilgan vazifalarni izchil amalga oshirib borishga erishilmoqda. Davlatimiz raxbarining xar bir asarlarida yosh avlodga ta’lim tarbiya berish masalasi va bu yoʻlda qilinishi lozim boʻlgan vazifalar xaqida toʻxtalib oʻtiladi.
Shunday ekan, oliy taʼlim muassasalarida bakalavr va magistrning kasbiy kompetensiyalariga qoʻyilgan umumiy malaka talablaridan kelib chiqqan holda til boʻyicha ixtisoslikka yoʻnaltirilgan bunday oʻquv darslik va qoʻllanmalarini ishlab chiqish oldimizda turgan eng birinchi vazifalarimizdan biridir. Bunda tegishli soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 111.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling