Mutaxassislar uyqu buzilishining 15 dan ko’p turini ajratadilar. Ulardan eng xavflisi — uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to’xtab qolishidir. Bu xolat emizikli bolalarda ko’proq uchraydi, bolalarning to’satdan o’lib qolishiga sabab bo’ladi. Odamning doimo uyqusirab yurishi, uyquga to’ymasligi narkolepsiya deyiladi. Mutaxassislar uyqu buzilishining 15 dan ko’p turini ajratadilar. Ulardan eng xavflisi — uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to’xtab qolishidir. Bu xolat emizikli bolalarda ko’proq uchraydi, bolalarning to’satdan o’lib qolishiga sabab bo’ladi. Odamning doimo uyqusirab yurishi, uyquga to’ymasligi narkolepsiya deyiladi. Muttasil uyqusizlik (insoniya) odamning Sillasini quritadigan, esankiratadigan, ish qobiliyati yuqolishiga olib keladigan og’ir xastalik. Uyqu buzilishlariga katta ijtimoiy muammo, deb qarash ularni o’rganish va davolashga yetarli ahamiyat berish kerak TUSH KO’RISH TUSH KO’RISH Uyquda ma’lum taassurot va obrazlarni idrok etish xolati ko’p uchrab turadi. Ongning o’ziga xos bu xolati tush ko’rish deyiladi. Tush ko’rish uyquning tez davrida sodir bo’lishi uning po’stloq hujayralari faolligi natijasi ekanini ko’rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo’lgan kuchsiz tasirotlar (xonaning isib yoki ivib ketishi, to’shak ostidagi narsaning botishi , tovushlar, chankash va boshqalar) kuchaytiradi. Ular turli tuyg’ularni yuzaga chiqaradi, bu tuyg’ular qurilayotgan tushga aralashib ketadi. Tushningng mavzusi ongda birin-ketin namoyon bo’ladigan ko’ruv va eshituv obrazlaridan iborat. I. P. Pavlovning fikricha, tush ko’rishning asosi avval kechirgan ko’zg’alishlarning uyku vaqtida o’ziga xos faollikda bo’lgan po’stloq hujayralarida qayta tiklanishidir. Ma’lumki, ko’rgan eshitganimiz po’stloq hujayralarida qayd qilinadi, izsiz yuqolib ketmaydi, nerv tizimida iz qoldiradi. Bedorlik xolatida bu izlar paydo qiladigan qo’zg’alishlar ko’pincha tormozlangan bo’lib, faqat eslaganda tormozlanishdan chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |