O’zbekiston Respublikasi Oliy Va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi Bo’lim
Download 45.06 Kb.
|
19.29 Xamroqulova fdbf79c48819446841eabf7c5e701c29
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-seminar topshirig’i taqdimnomasi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi Bo’lim I bosqich 19.29-guruh talabasi Xamroqulova Muniraxon Abdukarim qizining falsafa fanidan Taqdimnomasi
Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo’ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi - insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir. Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni echish ustida ishni davom ettirar ekanlar, "Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?", "Falsafaning vazifasi nimadan iborat?", "Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima maqsadda tahsil berish lozim?" qabilidagi bir qarashda allaqachon o’z echimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qo’ymoqdalar. Bu haqda ko’p va atroflicha so’z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmetiga, shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta'sir ko’rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo’lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya'ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi. Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biridir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. “Falsafa” atamasi qadimgi yunon tilidagi “filosofiya” so’zidan olingan bo’lib, lo’g’aviy ma'noda “donishmandlikni sevish” (“filo” - sevaman, “sofiya” - donolik) degan mazmunni anglatadi. Asrlar davomida “filosofiya” so’zining ma'no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat va mazmuni ham o’zgarib borgan. “Filosofiya” atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII - VIII asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi bo’lmish falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Qadimgi Yunonistonda “filosofiya” atamasini dastlab matematik olim Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa u atoqli yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, “fanlarning qiroli”, ya'ni asosiy fanga aylangan. Falsafa voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishga qaratilgan fandir. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat'i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, hamda tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruriyatidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratgani shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi bo’lgan va ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniq yuksalishga asos solgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, “Ikkinchi Arastu”, “Ikkinchi muallim” deya e'tirof etilgan mutafakkir Abu Nasr Forobiy “filosofiya” so’zini “Hikmatni qadrlash” deb talqin etgan. Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida, - “Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqda ta'lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma'nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma'lumotga doir fanni falsafa deymiz...” degan e'tirofni keltirgan. (A.N.Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., 1993. 183-184-betlar.) Faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma hamda mutafakkir kishilar tushunilgan. XIX asr nemis qadriyatshunosi I.Rikkert - “Odamzod olam va odam hamda hayotning qadrini anglab, ular omonat bir narsa ekanini tushuna boshlagan davrlardan falsafiy fikrlashga kirishgan. Binobarin, birinchi faylasuf, kim bo’lganidan qat'iy nazar, hayotni qadrlaydigan kishi bo’lgani shubhasiz”. Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro’y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid'at va cheklanishlarga muxolif bo’lgan hurfikrlilikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi. “Falsafa” atamasi “filosofiya”ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma'noda qo’llaniladi. Xususan, keng ma'noda uni antik - qadimiy falsafada “donishmandlikni sevish” deb tushunilganligini aytib o’tdia. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T.Gobbs (1558-1679) uni “to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish”, nemis faylasufi Gegel “umuman predmetlarga fikriy yondashish”, Lyudvig Feyerbax “bor narsani bilish”, pragmatizm ta'limoti namoyandalari esa “foydali narsani bilish jarayoni” deya tal?in etganlar. “Falsafa” tushunchasi tor ma'noda madaniyat, san'at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta'riflanadi. Falsafaga bo’lgan munosabatning xilma-xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit, umumlashgan ta'riflar ham berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo’lgan madaniyat, san'at, qadriyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, uning milliyligini aks ettirish imkoniyati tu?iladi. Ammo ontologiya, gnoseologiya, naturfilosofiya, antropologiya kabi fan sohalari nuqtai nazaridan qaralsa, ushbu ta'rifda umuminsoniylik va universallik falsafaning asosiy xususiyati ekanligi namoyon bo’ladi. Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli sifatida davr ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga mos ravishda uning predmeti va vazifalari ham o’zgarib borgan. Dastavval aniq fanlar mustaqil tarmoqqa ajralib taraqqiy topmagan vaqtda falsafa barcha bilimlarni o’z ichiga qamrab olib, fanlarning fani “umumiy sistema” vazifasini bajarib kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining asochilari bo’lganlar. Shuning uchun ham dastlabki kezlarda falsafa bir butun ta'limot ko’rinishida bo’lgan. Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat bo’lgani uchun u tabiat falsafasi, ya'ni “naturfilosofiya” deb ham hisoblangan. U tabiy fanlar tushunchalariga asoslangan holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga qaratilgan bo’lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng taraqqiy etgan mifologik tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi. Qadimgi davr falsafasida olamni yaxlit izohlab berish bilan bir qatorda narsa va hodisalarning eng umumiy taraqqiyot qonunlarini o’rganuvchi - dialektika, bilish nazariyasi hamda ijtimoiy fikrlar (axloq- odob, davlatni boshharish masalalari) ham katta o’rin olgan. Download 45.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling