O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


-rasm A.Fabri-Pero etaloning sxemasi


Download 0.84 Mb.
bet9/15
Sana24.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1796653
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Nurmatova Feruzaxon Optika

1.2.5-rasm A.Fabri-Pero etaloning sxemasi
Yaxshi asaboblarda plastinkalar sirti to‘lqin uzunligigacha aniqlikda yassi qilinadi. Plastinkalarning ichki yuzlariga (orasida havo qatlami joylashgan yuzlariga) kumush yoki boshqa metal yalatilgan (qoplanadi), shunday qilinganda nurlarning qaytish koeffitsienti ancha yuqori bo‘ladi. Interferension manzara teng og’malik halqalari shaklida (1.2.6-rasm) bo‘ladi, chunki etalonga yengil yorug’lik manbaidan yoyiluvchi yorug’lik dastasi tushuriladi. (1.2.5.-rasmda bu dastadagi nurlardan birining yo‘li ko‘rsatilgan.)
Interfernsiya tartibi plastinkalar orasidagi masofa bilan aniqlanadi(bu masofa 1dan 100 mm gacha,maxsus etalonlarda esa ancha kata1m gacha bo‘ladi). Shuning uchu kuzatiladigan interferensiya tartiblari juda yuqoridir. D=5mm bo‘lganda m 2000.





1.2.6-rasm Fari-Pero etalonida ko‘rinadigan interferension manzara (teng og’malik chiziqlari)
Metall qatlamidan qaytish koeffitsienti qancha kata bo‘lsa, interferension manzaraning aniqligi shuncha yuqori bo‘ladi (1.2.5-rasm).Shisha sirtiga metall qatlami qoplanmaganda R=0,004 bo‘ladi. Shisha sirtiga metall qoplashning hozirgi zamon usullari R ni R=0,90-0.95 ga yetkazishga imkon beradi.Keyingi vaqtlarda qoplama bir necha qavatli qilib ishlanib, qaytarish koeffitsientini 0,99 ga yetkaziladi. Odatda R ning qiymatlari to‘lqin uzunligiga birmuncha big’liq.



1.2.7-rasm. R ning qiymatlari turlicha bo‘lgan holda interferensiya polosalaridagi intensivlikning yo‘l farqiga bog’lanishi (I0=1)
Fari-Pero interferometrining oldingi modellarida ko‘zlar orasidagi masofani o‘zgartiradigan moslama bular edi. Bu ish huddi Maykelson interferometridagi kabi bajarilar edi. O‘z-o‘zidan ravshanki, surilma interferometrda etalonlarda erishish mumkin bo‘lgan yuksak aniqlik yo‘q. Shuning uchun juda aniq o‘lchash kerak bo‘lgan hollarda ko‘zgular orasiga qo‘yiladigan halqalarining qalinligi har xil bo‘lgan etalonlar to‘plamidan foydalangan maqul.
Bazan Fari-Pero etaloni yassi – parallel shisha plastinka shaklida ishlanib, plastinkaning tashqi sirtlariga yorug’lik qaytuvchi qatlam qoplanadi. Bunday asboblar arzon turadi va oson ishlatiladi. Biroq ularning ish sifati havo qatlamlietalonlarnikicha yuksak darajada bo‘lmaydi. Etalon qo‘llanilganda o‘tuvchi yorug’likda ishlash maqul ko‘riladi, bunda qora fonda aniq maksimumlar kuzatiladi; qaytgan yorug’likda orasiga yoyilib ketgan keng maksimumlar tushgan aniq minimumlar kuzatiladi. Shu tufayli muqarrar ravishda bo‘ladigan sochilgan yorug’likning zararli ta’siri ortadi.
Etalon orqali o‘tadigan yorug’likning intesivligi tog’risidagi masala juda muhim ahamiyatga ega. R qaytish koeffitsienti ortib borgani sari yorug’lik yutulmagan holda maksimumlar intensivligi o‘zgarmaydi va R ning har qanday qiymatida tushayotgan dastaning intensivligiga o‘zgarmaydi va R ning har qanday qiymatida tushayotgan dastaning intensivligiga teng bo‘ladi. R ni orttirishning muhimligi shundaki, R ortishi tufayli interferension manzaraning kontrasligi (keskinligi) ortadi, ya’ni maksimumlar o‘zgarmagani holda minimumlar zaiflashadi.Yorug’lik yutulgan holda maksimumlar intensivligi kamayadi. Bu holda (1.2.6) formula o‘z kuchida qoladi, biroq bunda T (1-R) bo‘lib, T+R+A=1 tengliko‘rinli bo‘ladi. Maksimumdagi intensivlik ifodasi quyidagi ko‘rinishga keladi: = (1.2.7)
Qaytuivchi metal qoplama yaxshi va yangi bo‘lganda Ayutish koeffitsienti 1% dan ortmaydi. Bunday holda R=90%, T=9% bo‘lganda inetnsivlik tushayotgan yorug’lik intensivligining 80% ga teng bo‘ladi; R=95%, T=4% bo‘lganda 65%. Amalda qoplamalar metalldan ishlagan holda ning qiymati kichikroq bo‘ladi. Qoplamalar dielektrikdan ko‘p qavatli qilib ning qiymati qoplamalar metalldan ishlangandagiga qaraganda yaxshiriq bo‘ladi.
Fari-pero etalonida R va A ning qiymatlarini, shuningdek havo qatlamining qalinligini o‘zgartirish mumkinligi tufayli bu asbob boshqa asboblar oldida, masalan, Lyumer- Gerke plastinkasi oldida kata afzalliklarga ega bo;lgan asbob hisoblanadi.
Agar Lyummer-gerke plastinkasiga yorug’lik keng manbadan tushayotgan bo‘lsa, u holda tushuvchi va binobarin, singan nurlar r ning turli qiymatlariga mos keladi. Shuning uchun yeg’uvchi linzaning fokal tekisligiga (yoki cheksizlikka tog’rilangan ko‘rish turubasida) formuladan aniqlangan turli r, , …. burchaklarga mos bo‘lgan turli m, m+1, m+2,…tartibli polosalar sistemasi hosil bo‘ladi. Intensivlik taqsimoti 1.2.6-rasmda ko‘rsatilgan. Lyummer- Gerke plastinkasi vositasida hosil qilingan interserension manzaraning (teng og’malik chiziqlarining) fotosurati 1.2.7–rasmda ko‘rsatilgan: bu manzara qora fondagi bir qator ravshan tor maksimumlardan iborat.
Odatda Lyummer-Gerke plastinkasining qalinligi 3 dan 10 mm gacha bo‘lib r burchagi 45 dan ko‘p farq qilmaydi.Shunday qilib, m soni bir necha o‘n ming bilan ifodalanadigan son: Lyummer-Gerke plastinkasida juda yuqori tartibli interferension polosalar ko‘rinadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling