O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 0.84 Mb.
bet5/15
Sana24.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1796653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nurmatova Feruzaxon Optika

1.1.3-rasm. Interferension maydon



1.1.4-rasm. Interferension yo‘llar
ekran markaziga nisbatan simmetrik joylashgan.






S1 va S2 kogerent manbalardan baravar uzoqlikdagi O nuqtadan interferension yo‘llargacha bo‘lgan x masofani aniqlaylik.
To‘g’ri burchakli S1PB va S2PC uchburchaklardan:
;

bundan:
yoki
Biroq: l2 I1 = , l2 + I1 2 L bo‘lgani uchun: *2L = 2 xd va, demak:
(1.1.12)


(9) va (11) formulalarni nazarga olib, yorug’ yo‘llar O nuqtadan:
(1.1.13)
masofalarda, qorong’i yo‘llar esa:
(1.1.14)
masofalarda hosil bo‘lishini aniqlaymiz. k=0 ga tegishli maksimum O nuqtadan o‘tadi va markaziy maksimum deb yuritiladi (4- rasmga qarang).
Qo‘shni maksimumlar yoki minimumlar orasidagi masofa quyidagi
(1.1.15)
(15) dan ko‘rinadiki, masofa d ga teskari proporsional, shu sababli aniq interferension manzarani kuzatish (ya’ni, interferension yo‘llarni bir-biridan aniq ajratib ko‘rish) uchun bir-biridan mumkin qadar kichik masofada joylashgan yorug’lik manbalaridan foydalanish lozim (d << L).
Agar S1 va S2 manbalar murakkab yorug’lik (oq yorug‘lik) manbalari bo‘lsa, u holda hamma yorug’ yo‘llar kamalak rangiga ega bo‘ladi. Buni (1.1.9) va (1.1.11) shartlar ga bog’liqligi bilan tushuntirish mumkin. Haqiqatan ham interferension maksimumlar har bir to‘lqin uzunligi uchun bir-biriga nisbatan siljigan bo‘ladi.


1.2. Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari


Yorug’lik sochayotgan har qanday ikki jism (masalan, ikki elektr lampochkasi) yorug’likning kogerent manbalari bo‘la olmaydi, chunk yorug’lik sochayotgan jismdan chiqayotgan (masalan, elektr lampasining tolasidan chiqayotgan) yorug‘lik jismning alohida zarralari (atomlari va molekulalari) nurlayotgan ko‘plab elektromagnit to‘lqinlardan iboratdir. Bu zarralarning nurlanish sharoitlari juda tez va tartibsiz o‘zgarib turadi. Yorug‘lik sochayotgan ikkita jism yorug’likning kogerent manbalari bo‘lishi uchun birinchi jismning barcha zarralari chiqarayotgan to‘lqinlar ikkinchi jismning barcha zarralari chiqarayotgan to‘lqinlardan faza jihatidan hamma vaqt ayni bir kattalikka farq qilishi kerak. Amalda bunday holning bo‘lishi ehtimoldan juda yiroq. Shuning uchun kogerent manbalar sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi: bir manbadan chiqayotgan yorug’lik ikkiga ajratiladi.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling