O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Yupqa pardalarda yorug’lik interferensiyasi


Download 0.84 Mb.
bet10/15
Sana24.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1796653
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nurmatova Feruzaxon Optika

1.3. Yupqa pardalarda yorug’lik interferensiyasi


Yorug‘lik interferensiyasini, masalan, yupqa pardalarda ham kuzatish mumkin. Masalan, suv sirtiga to‘kilgan kerosin yoki neftning yupqa pardasidagi kamalak ranglarining tovlanishiga, havoga uchirilgan sovun pufagi ranglarning barcha turlari bilan jilolanishiga yorug‘likning interferensiyasi sababdir.



1.3.1-rasm. Yupqa pardalarda yorug’lik interferensiyasi
Ingliz olimi T.Yung yupqa pardalaming har xil rangda tovlanishi biri pardaning tashqi AB yuzidan, ikkinchisi esa ichki A1B1 yuzidan qaytuvchi to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida ro‘y beradi, deb tushuntiradi (1.2.3-rasm). Bunda to‘lqinlar bir-birini interferensiyalaydi va pardaning qalinligi hamda to‘lqinning uzunligi qanday bo‘lishiga qarab yorug’likni kuchaytiradi yoki zaiflashtiradi.


Shafof ponada yorug‘lik interferensiyasini ko‘rib chiqaylik. Agar simdan yasalgan ramkani sovunli suvga botirib olsak, ramkaga yupqa sovun pardasi qoplanib qoladi. Pardani vertikal tutsak, sovun eritmasining og’irligi ta’sirida parda yuqorida yupqaroq, pastda esa qalinroq bo‘lgan ponasimon shaklni oladi. Bunday pardaga yo‘naltirilgan yorug’lik nurlari amalda ikkiga ajraladi: ulardan biri yorug‘lik oqimining bir qismi pardaning oldingi BB1 sirtidan, ikkinchisi esa yorug’lik oqimining qolgan qismi pardaning orqa AA1 sirtidan qaytishidan hosil bo‘ladi (1.3.2- rasmdagi PP1 soha sovun pardasi bir qismining ko‘ndalang kesimidir). Pardani monoxromatik (masalan, qizil) yorug’likning parallel dastasi bilan yoritamiz (rasmda pardaga tushirilayotgan yorug’lik ko‘rsatilmagan). Nurlar pardaning AA1 va BB1 qatlamlaridan qaytishida qatlamning qalinligiga va yorug’lik to‘lqinining uzunligiga bog’liq bo‘lgan yo‘l ayirmasini hosil qiladi. Nurlar ko‘zga tushgach, ko‘z gavhari ularni bir nuqtaga keltiradi, buning natijasida interferensiya manzarasi kuzatiladi.







1.3.3(a) -rasm 1.3.2-rasm.
Parda yuqoridan pastga tobora qalinlashib borgani uchunt to‘lqinlar yo‘lining farqi ham navbatma- navbat ma’lum joylarda yarim to‘lqinlarning toq soniga teng bo‘lib, biz pardoning sirtida pona qirrasiga parallel joylashgan qizil va qora yo‘llarni kuzatamiz (1.3.2 - rasm). Sovun pardasidan suyuqlik asta-sekin oqib tushadi, vaqt o‘tishi bilan parda yo‘llarining joylashish o‘rni ham o‘zgaradi. Rangli va qora yo‘llar parda qalinligi kamaygan sari kengayib boradi. Agar parda turli yorug‘lik to‘lqinlaridan tashkil topgan murakkab oq yorug’lik bilan yoritilsa, qizil rangli yo‘l o‘rnida turli rangli yo‘llar hosil bo‘ladi, biroq ularda spektral ranglarning ba’zilarigina seziladi. Bunga sabab shuki, pardaning oldingi va orqa sirtidan qaytayotgan to‘lqinlarning ajralishida uzunligi va fazalari turlicha bo‘lgan to‘lqinlar qo‘shiladi. Bunda ba’zi ranglar kuchayib, ba’zilari susayadi, ba’zilari esa yo‘qolib ketadi.
Nyuton halqalari
Nyuton halqalari ponasimon pardada kuzatiladigan yorug’lik bilan interferensiyalanadi. Yorug’lik tik tushgani tufayli qaytgan yorug’likda linza bilan plastinkaning bir bilan plastinkaning bir-biriga tegib turgan joyida qora dog’ va bu dog’ atrofida konsentrik yorug’ va xira halqalar kuzatiladi. Bu halqalarni Nyuton halqalari deb ataladi.














Nyuton halqalari yorug‘lik linza-shisha plastinka sistemasidan o‘tganda ham kuzatiladi, lekin bunda yorug’ va xira halqalarning joylashish tartibi o‘rin almashadi. Bunga asosiy sabab yorug’lik optik zichligi katta muhitdan (bizning holda shishadan) qaytganda fazasi n ga o‘zgaradi, ya’ni qo‘shimchaga teng yo‘l ayirmasi hosil bo‘ladi.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling