O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


II BOB. INTERFERNSIYANING QO‘LLANILISHI. INTERFERENSION TEBRANISHLAR


Download 0.84 Mb.
bet12/15
Sana24.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1796653
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Nurmatova Feruzaxon Optika

II BOB. INTERFERNSIYANING QO‘LLANILISHI. INTERFERENSION TEBRANISHLAR


2.1. Interferensiyaning texnikada qo‘lanilishi


Yorug’lik interferensiyasi amalda juda ko‘p joylarda qo‘llaniladi. Fizik tadqiqotlar va texnik tatbiqlar uchun qator interferension asboblar - interferometrlar ishlab chiqilgan. Ularning barchasi bitta prinsipga asoslangan bo‘lib, faqat tuzilishi jihatidangina farq qiladi. Gap shundaki, interferension manzara interferensiyalanuvchi to‘lqinlarning optik yo‘llari ayirmasiga juda sezgir bo‘ladi: yo‘llar ayirmasining juda kichik o‘zgarishlarida ham interferension yo‘llar sezilarli siljib ketadi. Barcha interferometrlarning tuzilishi ana shunga asoslangan.
Interferometrlar yordamida yorug’lik to‘lqinlarining uzunligini juda yuqori aniqlikda aniqlash, kichik uzunliklar va burchaklarni aniq o‘lchash, shaffof siofatini baholash mumkin.







2.1.1-rasm 2.1.2-rasm
Interferometrlar bilan bir qatorda eng kuchli spektral asbob -interferension spektroskop (yoki spektrograflar yaratilganki, ular yordamida spektroskopiya (fizikaning spektrlarni o‘rganuvchi sohasi)da katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Interferometrlarning ko‘p sondagi turlarini yaratishda amerikalik fizik A.A.Maykelson tomonidan yaratilgan mashhur Maykelson interferometri asos bo‘lib xizmat qildi. Maykelson interferometrining tuzilishi bilan tanishamiz.
Sirtlarning ishlanish sifatini tekshirishni ko‘raylik. Buning uchun tekshirilayotgan namunaning sirti bilan juda silliq etalon plastinka orasida pona shaklidagi yupqa havo qatlami hosil qilinadi (2.1.1-rasm). Sirtning notekisliklari tekshirilayotgan a sirtdan va etalon plastinkaning pastki b yog‘idan yorug‘lik qaytishida hosil bo‘ladigan interferension yo‘llarning sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Tekshirilayotgan sirt silliq bo‘lganda interferension yo‘llar to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi (2.1.2-a rasm). Agar sirtda birorta notekislik, masalan, chuqurliklar bo‘lsa, bu chuqurliklardan qaytgan nurlar uchun yo‘l ayirmasi o‘zgaradi, buning natijasida notekisliklar sohasida interferension yo‘llar siljiydi egrilanadi (2.1.2-b rasm).
Agar notekislik chuqurlik emas, balandlik do‘nglik ko‘rinishida bo‘lsa, u holda interferension yo‘llarning egilishi qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Tegishli o‘lchashlarni o‘tkazib, bu notekisliklar tushganda ham har bir sirtdan tushayotgan yorug’lik energiyasining (5-9)% qaytadi. Buning oqibatida hatto shunday bo‘ladiki, asbob orqali asbobning o‘ziga kelib tushadigan yorug’likning atigi (10-20)%i o‘tishi mumkin. Natijada ko‘rilayotgan (yoki suratga olinayotgan) obyektlar tasvirlarining yorqinligi va kontrasti sezilarli zaiflashadi, tasvirda bliklar (oq dog’lar) hosil bo‘ladi.
Optik shishalar sirtidan yorug’likning qaytishidan kelib chiqadigan bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun sirtning qaytarish koeffitsiyentini kamaytirish kerak. Shundagina optik asbob hosil qiladigan tasvir aniqroq, ravshanroq chiqadi, “ravshanlashadi”.
Optik asboblarni ravshanlashtirish yorug’likning yupqa pardadan qaytishidagi interferensiya asosida amalga oshiriladi. Buning uchun optik sistemalardagi linzaning har bir erkin sirtiga n sindirish ko‘rsatkichi shishanikidan biroz kichikroq bo‘lgan moddadan yupqa parda qoplanadi. Pardaning qalinligi shunday qilinadiki, uning ikkala sirtidan qaytgan to‘lqinlar bir-birini so‘ndirsin. Agar pardaning qalinligi h bo‘lsa, pardaning ustki va pastki sirtlaridan qaytgan to‘lqinlarning optik yo‘llarining ayirmasi (ikkala nur ham optik zichligi kattaroq muhit sirtidan qaytayotganini hisobga olganda):


(2.1.1)
ga teng bo‘ladi (2.1.3- rasm). ning qiymati yarim tolqin uzunligiga teng bolgan holda (minimumlik shartiga kora) ikkala tolqin tebranishlari A nuqtada qarama-qarshi fazada boladi va ozaro interferensiyalanib bir-birini sondiradi. Pardaning yuqori sirtidagi barcha nuqtalar uchun ham bunday natija o‘rinli bo‘ladi. Demak, parda sirtidan yoruglik qaytmaydi yoki juda kam qaytadi. Binobarin, linza sirtidan yoruglik qaytmasligi uchun:




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling