O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet2/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1035928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5238005139104602493

Kurs ishining dolzarbligi. Magnit maydon, uning xossalari va xarakteristikalari juda keng qo‘llaniladi, chunki ko‘p masalalarda uni hisobga olish va o‘rganish kerak. Bu fizika fanidagi eng muhim hodisadir. U bilan magnit o‘tkazuvchanlik va induksiya kabi murakkabroq narsalar uzviy bog‘liqdir. Magnit maydon paydo bo‘lishining barcha sabablarini tushuntirish uchun haqiqiy ilmiy faktlar va tasdiqlarga tayanish kerak. Aks holda, murakkabroq masalalarda noto‘g‘ri yondashuv nazariyaning yaxlitligini buzishi mumkin.
Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishimning asosiy maqsadi magnit maydoni va uning asosiy xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo‘lish,magnit maydonni xarakterlovchi kattaliklar bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarni , maqolalarni o‘rganish ;
Internet resurslari bilan tanishish, o‘rganish, tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish.
Kurs ishining predmeti: Mavzuga oid ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil qilish, mavzuni o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish.
Kurs ishining obyekti: “Magnit maydonining asosiy xossalari va xarakteristikalari” mavzusini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi tarkibi: Kirish, 2 ta bob ,4 ta reja xulosa, 26 rasm va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB.MAGNIT MAYDON
1.1 Magnit maydoni nima?
Tabiatda shunday metal birikmalar mavjudki ,ular ba’zi jismlarni o‘ziga tortish xususiyariga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan. “Magnit” atamasining kelib chiqish tarixi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomi bilan bog‘liq. U yerda topilgan bir-biriga tortiluvchi tog‘ jismlari(tosh)ni “magnesiya toshi” deb atashgan.
Buyuk yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida magnitni “ohanrabo” – “temirni tortuvchi” deb atagan. Beruniy qum aralash oltin zarralari orasidan temir zarralarini ajratib olishda magnitdan foydalanilishi haqida yozib qoldirgan. U magnitning bir xil nomli qutblari o‘zaro itarilishi, turli qutblari esa tortilishi, magnitga ishqalangan po‘lat ham magnitlanib qolishini tajriba orqali isbotlab bergan.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling