2.1.1-rasm. Amper tajribasi.
Zanjir ulanganda o‘tkazgich harakatga keladi,ya’ni o‘tkazgich magnitga tortiladi.Agar magnitning qutblari almashtirib o‘rnatilsa,o‘tkazgich magnitdan itariladi.Metal qismi F kuch ta’sirida vertikaldan biror burchakka buriladi.
Magnit maydon tomonidan shu maydonda joylashgan tokli o‘tkazgich qismiga ta’sir qiluvchi kuch F,tok kuchi (I),o‘tkazgich uzunligi (Δl)ga hamda magnit induksiyasiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
F=B·I·Δl (2.1-1)
Bu ifoda M.A.Amper sharafiga Amper kuchi deb ataladi.Magnit maydon tomonidan tokli o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin.
Chap qo‘lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari tik kiradigan qilib tutib,ochilgan to‘rt barmoq tokninh yo‘nalishi bo‘yicha tutib turilsa, 90oga burilgan bosh barmoq o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishini ko‘rsatadi(2.1.2-rasm).
2.1.2-rasm.Chap qo‘l qoidasi.
Demak, Amper magnit maydonda joylashgan tokli o‘tkzagichning biror qismidagi har bir zarrasiga ta’sir qiluvchi kuchlarning yig‘indisga teng ekan. Uzunli l bo‘lgan tokli o‘tkazgichda harakatlanayotgan barcha zaryadli zarralar soni N ga teng bo‘lsa, magnit maydonda harakatlanayotgan bitta zarraga ta’sir qiluvchi kuch:
(2.1-2)
gat eng bo‘ladi.O‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi:
va (2.1-3)
Ifodalarni (2.1-1) tenglikka qo‘ysak,bitta zarraga ta’sir qilayotgan kuchning ifodasi kelib chiqadi:
(2.1-4)
Bunda: e-elektron zaryadi; u- zarraning tartibli harakat tezligi;n-zaryadlar konsentratsiyasi; S-o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi.
Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga shu maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchga Lorens kuchi deyilib, bu kuch quyidagicha ta’riflanadi:bir jinsli magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta’sir etuvchi kuch zarraning zaryadi q ga,uning harakat tezligi u ga,magnit maydon induksiya vektori ga hamda tezlik vektori bilan magnit maydon induksiyasi vektorlari orasidagi burchak sinusi ko‘patmasiga teng bo‘ladi.
Lorens kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Agar chap qo‘lning kaftiga magnit induksiya vektorini tik tushadigan va ko‘rsatkich barmoqlar yo‘nalishi musbat zaryad harakatining yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda 90oga ochilgan bosh barmoq Lorens kuchining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |