O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti
- Mavzuga doir masalalar
Download 497.27 Kb.
|
Stat amaliy mash 2022 lot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Mavzu: DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI Mavzuni o’rganganlik darajasini bilish uchun savollar.
- Dinamika qatorlarini hisoblash bo’yicha uslubiy ko’rsatma: 1-Misol.
- Yillar 2015 2016 2017
- Aholi soni, ming kishi
-
Mavzuga doir masalalar. 1-masala. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ma’lumotlarga asoslanib va bog’lanishning ko’rsatkichli funtsiya ko’rinishda ekanligini hisobga olib, aniqlang: 1) Regressiya tenglamasini; 2) Regressiya tenglamasi parametrlarini (a0, a1); 3) Korrelyatsiya indeksini; 4) Korrelyatsiya koeffitsienti. 2-Masala. Sanoat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do’konlarida savdo aylanmasi hajmi bilan muomala harajatlarini o’zaro aloqasini o’rganish uchun quyidagi ma’lumotlar olindi:
Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanish giperbolik ko’rinishdaligini hisobga olib, aniqlang: 1) Regressiya tenglamasini; 2) Korrelyatsiya munosabatini; 3) Korrelyatsiya indeksini; 4) Korrelyatsiya koeffitsienti. Xulosa qiling. 3-Masala. Mehnatning elektr bilan qurollanishi va mahsulot ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’lanish kuchini aniqlash maqsadida bir turdagi korxonada kuzatish o’tkazildi. Natijada quyidagi ma’lumotlar olindi:
Hisoblang:1) Korrelyatsion bog’lanish tenglamasini tuzing; 2) Bog’lanish kuchi ko’rsatkichlarini aniqlang. 4-Masala. Bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Hisoblang: 1) Bog’lanish tenglamasini; 2) Tenglama parametrlarini; 3) Bog’lanish kuchi ko’rsatkichlarini. 5-Masala. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ma’lumotlarga asoslanib va bog’lanishning ko’rsatkichli funktsiya ko’rinishida ekanligini hisobga olib, aniqlang: Regressiya tenglamasini; Regressiya tenglamasi parametrlarini (a0, a1); Korrelyatsiya indeksini; Korrelyatsiya koeffitsienti. 10-Mavzu: DINAMIKANI STATISTIK O’RGANISH USULLARI Mavzuni o’rganganlik darajasini bilish uchun savollar. Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz? Dinamika qatorlari qanday elementlardan tuziladi? Qator darajasi deganda nimani tushunasiz? Dinamika qatorlari mohiyati va ifodalanishi nuqtai nazaridan qanday turlarga bo’linadi? Qator o’rtacha darajasini hisoblang. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari. O’rtacha yillik o’sish sur’ati va qo’shimcha o’sish sur’ati. Qanday hollarda dinamika qatorlari bir asosga keltiriladi? Dinamika qatorlarida o’sish tendentsiyalarini hisoblash. Dinamika qatorlarini tekislash. Mavsumiylik tebranishlar nima va ular qanday hisoblanadi? Iterpolyatsiya va ekstropolyatsiya haqida tushuncha. Dinamika qatorlarini hisoblash bo’yicha uslubiy ko’rsatma: 1-Misol. Mamlakatda yetishtirilgan paxta hosili to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Davriy dinamika qatori o’rtacha darajasi o’rtacha oddiy arifmetik miqdor formulasi yordamida aniqlanadi. ming tonna Demak, Mamlakatda 2002-2009 yillarda o’rtacha har yili 3621 ming tonna paxta yetishtirilgan. b) Momentli dinamika qatorlari hodisaning aniq bir sanadagi, momentdagi (odatda oy, yil boshidagi, ohiridagi va o’rtasidagi holatini miqdorini) ifodalaydi. 2- Misol. O’zbekiston Respublikasi aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan. (01.01 holatiga)
Momentli dinamika qatorlarida (teng oraliqqa ega bo’lgan) qator o’rtacha darajasi o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi: Demak, 1998-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi o’rtacha yillik aholisi soni 24 786,7 ming kishini tashkil etdi. Teng oraliqqa ega bo’lgan momentli dinamika qatorlarida qator o’rtacha darajasini o’rtacha tortilgan arifmetik miqdor formulasi yordamida hisoblanadi: Dinamika qatorlarini tahlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. a) absolyut (mutloq) qo’shimcha o’sish (kamayish). Har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi (1-jadvalga qarang). B = ui - y0 bazis usulida 3 = ui - yi-1 zanjirli usulda b) O’sish yoki kamayish sur’ati har qaysi keyingi davr darajasi boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha marotaba katta yoki kichik ekinligini ko’rsatadi: Kbo’xs. = (Ui/Y0) 100 Kzo’xs. = (Ui/Yi-1) 100 d) qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati - absolyut qo’shimcha o’sish (kamayishini) boshlang’ich yoki o’zidan oldingi yil darajasiga bo’lish natijasini ifodalaydi: Kbk.o’xs. = (b/Y0) 100 Kzq. o’s. = (3/Yi-1) 100 Agar o’sish yoki kamayish sur’atlari hisoblangan bo’lsa, u holda qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’atini quyidagicha hisoblash mumkin: Kbk.u.s = Kbu.s. – 100 K3k.u.s = K3u.s. - 100 e) O’rtacha yillik absolyut qo’shimcha o’sish zanjirsimon usulda hisoblanadi: ming kishi f) O’rtacha yillik o’sish (kamayish) sur’ati o’rtacha geometrik formula yordamida hisoblanadi. yoki 101,3% yoki yoki 101,3% g) O’rtacha yillik qo’shimcha o’sish sur’atini o’rtacha o’sish (kamayish) sur’atidan 100 sonini ayirish yo’li bilan aniqlanadi: Kk.o’.s.q =Ko’.s – 100 Kk.o’.s q =101,3 - 100 = 1,3%
Download 497.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling