Zn+2HCl= ZnCl2
+ H2
0 +6 +2 +6 +4
Cu + H2SO4 = CuSO4
-2 + SO2 + H2O
Yuqoridagi misollarda (neytrallanish, almashinish, parchalanish)
elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarmagan edi. Ikkinchi xil reaksiyalarda
bo‘lsa elementlarning oksidlanish darajasi, masalan Zno dan Zn+2 ga o‘zgardi.Cu o
dan +2 ga , oltingugurt bo‘lsa +6 dan +4 ga o‘zgardi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan
reaksiyalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
5
Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bo‘lib, u
molekula hosil qilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko‘rsatadi.
Oksidlanish darajasi umumlashgan elektron juftning elektomanfiyligi kattaroq
element atomi tomon siljishi tufayli vujudga keladi. Elektron juftni o‘z tomoniga
siljitgan element atomi manfiy oksidlanish darajasiga, o‘zining elektron juftini
berayotgan element atomi esa musbat oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi.
Oksidlanish darajasi musbat, manfiy yoki nolga teng bo‘lishi mumkin. Ba‘zan
kasr oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan elementlar ham uchraydi.
Murakkab ionlarda atomlar oksidlanish darajalarining yig‘indisi
ion zaryadiga teng.
6NH3+(-3+4=+1), MnO4-(+7-8=-1), Cr2O72-(+12-14=-2), SO42-(+6-8=-2),
PO4 3-( +5-8=-3) va hokazo.
Bir elementni oksidlanish darajasining qiymati bir nechta bo‘lishi
mumkin. H2S, S, SO2, SO3, H2SO3, H2SO4 dagi oltingugurtni oksidlanish darajasi -2, O, +4, +6, +4 va +6 ga teng. Ularni ichida eng kichik oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi(H2S) qaytaruvchi va eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi (SO3,H2SO4) oksidlovchi bo‘ladi.NH3, N2, N2O, NO, N2O3,NO2, N2O5, HNO2 va HNO3 birikmalardagi
azotning oksidlanish daragasi -3, O, +1,+2,+3,+4,+5, +3 va +5 ga teng. Bu
birikmalardan -3 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (NH3) qaytaruvchi va+5 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (HNO3, N2O5) oksidlovchilardir.Ba‘zi bir birikmalar, masalan, Fe3O4 da kislorodning oksidlanish darajasi -2, lekin Fe uchun bunday hisoblash kasr son +8|3 ga teng.
Organik birikmalarda ham oksidlanish darajasini topish ancha qiyinroq
hisoblanadi. Masalan, CH3COOH da C-3 va C+3 ga teng.CH3-CH2-CH2-CH3 birikmada uglerod atomlarining oksidlanish darajasi -3,-2,-2,-3 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |