O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti
Download 320.57 Kb.
|
KIMYO MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi
XossalariAzot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi. IshlatilishiAzot o‘simliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yog‘in-sochin bilan yoki o‘g‘it sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi bo‘shliqni to‘ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. O‘rta Osiyoning quruq cho‘l iqlimida ko‘p miqdorda selitra to‘planadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalar,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lganligidan o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. O‘simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o‘zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot to‘planadi. U tuproqda asosan to‘rt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (to‘liq parchalanmagan o‘simlik qoldiqlari) va ularning o‘zgarish mahsulotlari – aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud bo‘ladi. Sirkulyatsion gaz 50° temperaturada o`ziga kondensatsiya kolonnasi 8 va suyuq amiak bug`lantirgichini kiritadigan ikkalamchi kondensatsiya sistemasiga o`tadi. Kondensatsiya kolonnasida gaz 18° cgachasovutiladi va trubalar orasidagi joyda amiakni qaynash xisobiga bug`lantirgichda -5° Cgacha sovuydi. Bug`lantirgichlarni trubalar orasidagi joydan sovutilgan sirkulyatsion gaz va kondensatsiyalangan amiak aralashmasi kondensatsiya kolonnasini separatsiya qismiga boradi, u erdasuyuq amiakni gazdan ajratishadi va yangi azot vodorod aralashmasini sirkulyatsion gaz bilan aralashtirishadi. So`ngra gaz aralashmasi Rashigani chinni uzuklari bor savatdan o`tib, suyuq amiak tomchilaridan qutulib, issiqlik almashtirgich trubkalaridan ko`tariladi va chiqish issiqlik almashtirgich 4 ga yo`l oladi, u erdansintez kolonnasi 2 ga. Birinchi separatordan chiqqan suyuq amiak magnitli filr 16 dan o`tadi, u erda undan katalizator change chiqadi va kondensatsiya kolonnasi 8 dan chiqqan suyuq amiak bilan aralashadi. So`ngra uni 4 MPa bosimgacha drossellaydi va suyuq amiak tig`indisi 8 ga o`tkazishadi. Uni 4 MPa bosimgacha drossellash natijasida unda erigan gazlar N2, N2, O2,SN4 ajralib chiqishi kuzatladi. Tankli gazlar deb atalgan bu gazlar o`zida 16-18 % NH3 saqlaydi. SHuning uchun tankli gazlarni bug`lantirgich 12ga amiakni 25 ° Cda kondensatsiyalash orqali utilizatsiya qilishga jo`natiladi, bug`latilgan tankli gazlar va kondensatlangan amiak separator 13 ga suyuq amiakni ajratish uchun jo`natiladi, u esa amiak yig`uvchi 11 ga yo`l oladi. Sirkulyatsion gazda inert gazlarni doimiy 10 %dan oshmaydigan miqdorini ushlab turish uchun amiakni birlamchi kondensatsiyasidan ( separator 6) keyin gazni produvka qilish kerak. Produvkali gazlar 25-30 ° C temperaturada kondensatsiya kolonnasi 9 va produvka gazlari bug`lantirgichi 10 da ajraladigan 8-9 % NH4 saqlaydi. Produvka va tankli gazlar aralashmasi amiak chiqqanidan keyin yoqilg`i gazlari sifatida ishlatiladi. Download 320.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling