O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti
O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirish yo’nalishlari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Zufarova Munisaxon
3. O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirish yo’nalishlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning ro'li, ularning iqtiodiyotga ta'siri o'sib bormoqda. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o'rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo'jaligi sohasida qo'shimcha investitsiyaga bo'lgan talabni moliyalashtirib, banklar xalq xo'jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta'minlashi mumkin. Oxirgi yillarda tijorat bankalrining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ularning ustav fondi va quyilmalar salmog'i oshib bormoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda 70 ta tijorat banklari faoliyat ko'rsatmoqda. Tijorat banklarini tashkil qilishdagi ustav kapitali miqdori 2011-yil 1- yanvardan faoliyat ko'rsatuvchi xususiy banklar uchun mln AQSH dollar ekvivalenti
22
miqdoridagi mablag'ga ega bo'lishi kerak, qolgan tijorat banklari uchun 110 mln so'm AQSH dollari ekvivalenti bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasining ''Banklar va bank faoliyati to'g'risida'' gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan: 1.Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish; 2.Mijozlarga kassa xizmati ko'rsatish; 3. Mijozlaning topshirig'iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajarish; 4. Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish; 5, Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmschining topshirig'iga binoan kapital qo'yilmalarni mablag' bilan ta'minlash; 6. Bo'sh pul mablag'lari–depozitlarni muomalaga jalb qilish; 7. Aholidan omonatlarni qabul qilish; 8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish; 9. Lizing operatsiyalarini amalga osirish; 10. Davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog'ozlarini xarid qilish va sotish; 11. Xorijiy valyuta va qimmatli metallarni xarid qilish va sotish; 12. O'z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish; 13. Budjetning kassa ijrosini bajarish; 14. Bank operatsiyalari bo'yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar. Banklarning operatsiyalari ularning bevosita faoliyati orqali amalga oshiriladi. Bunday vazifalar yuqorida ko'rib o'tkanimizdek o'zaro bog'liq ikki turga bo'linadi. Passiv ( ban resurslarini shakllantirish bo'yicha operatsiyalar ). Aktiv (bunday resurslarni joylashtirish hamda foydalanish bilan bog'liq operatsiyalar ). Bank resurslari o'ziga tegishli va jalb etilgan mablag'lardan vujudga keladi. O'ziga tegishli mablag'lar, odatda banklar tasarrufidagi barcha resurslarning faqat uncha katta bo'lmagan qismlarini tashkil etadi. Ularning asosiy qismi depozitlar yoki banklarning mijozlariga qarashli omonatlardan iborat. Bankning aktiv
23
operatsiyalariga beriladigan foizli kreditlar yoki ssudalar kiradi. Ulardan eng ko'p tarqalgani veksellarni hisobga olish usulidir. Bank veksel saqlovchidan naqd hisob- kitob qilish yo'li bilan veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan hisobga olish foizini ko'rsatilgan xizmat uchun haq ushlab qoladi. Veksel bo'yicha to'lov mudfdati kelganida bank uni vekselni sotgan veksel saqlovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga taqdim etadi. Qimmatli qog'ozlar garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana shunday qog'ozlarni xarid qilish bo'yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb ataladi. Tovarlarni sotish bilan bog'liq kreditlarni ko'rinishlaridan biri iste'mol krediti yoki tovarlarni bevosita iste'molchilarga to'lov muddatini uzaytirgan holda sotish hisoblanadi. Davlat tomonidan zayom obligatsiyalarini chqarishyo'li bilan olinadigan kreditlar davlat kreditlari deb ataladi. Bunday toifadagi qazlarga davlat odatda, davlat budjetidagi kamomadni qoplash uchun majbur bo'ladi. Ana shunday holatlarda ko'pincha banklar va sug'urta kompaniyalari kreditorlar sanaladi. Davlat zayomlarining obligatsiyalari banklar vositaligida tarqatiladi, buning uchun vositalik haqi oladi. O'zbekiston bank tizimining ko'rsatkichlari. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling