O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi1 Mb.
#202533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zufarova Munisaxon

  Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan 

adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo’lib, jami hajmi 29 bet.  

 

              

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

   1. Banklarning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati 



          Bank– bu pul mablag'larini jamlash va ularni o'z nomidan qaytarib berishlik, 

to'lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotlar. Banklarning 

asosiy maqsadi pul mablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan 

xaridorlarga  o'tkazishda  vositalik  qilishdir.  Kredit-  bank  tizimining  shakllanishi  va 

rivojlanishi, iqtisody islohotlarni amalga oshirilishning  ajralmas belgilaridan biridir. 

Bu shu bilan ta'kidlanadiki, bank tizimi har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy 

tizimini tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. 

Bank  tizimi  vaqtinchalik  bo'sh  turgan  pul  mablag'larini  akkumulatsiya  qilish 

funksiyasini  amalga  oshiradi.  Bank  tizmining  muvaffaqiyatli  ishidan  iqtisodiyotni 

samarali  faoliyat ko'rsatishi, umuman oganda mamlakatdagi iqtisodiy o'sish bog'liq 

bo'ladi. “Bank tizimi” tushunchasi birinchi navbatda            “ Bank va tizim” kabi 

tashkiliy tuzilmani tashkil qiuvchi tushunchalarni aniqlashni talab etadi. 

Bank nima? – degan savol oldindan qaralganda oddiy hisoblanadi, biroq u oddiy 

tushunchadan iborat emas. Xalq orasida bank bu- “pul ombori” degan tushuncha 

bilan yuradi. Haqiqatda esa bankni bu tushuncha bilan mohiyatini ochib bo'lmaydi 

va bankning xalq xo'jaligidagi to'liq o'rnini ko'rsatish mumkin emas.  Biroq yanada 

kengroq  ma'noda  bank  mohiyatini  bilish  uchun  bank  tushunchasining  turli 

qarashlarini o'rganishni talab qiladi. 

   O'zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  asosan  bank-  tijorat  muassasasi  bo'lib, 

jismoniy va huquqiy shaxslarning bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qlish va ularni 

o'z  nomidan,  to'lovlilik,  muddatlilik,  qaytib  berish  sharti  asosida  joylashtirish 

operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba'zi adabiyotlarda ''bank 

–  bu  korxona''  ,  deb  ham  izoh  beriladi.  Ma'lumki,  bank  yaxlit  olingan  korxona  

sifatida  ishlab  chiqarish  jarayonini    amalga  oshirmaydi.  Tijorat  banklarining 

faoliyatini  korxona  faoliyatiga  shu  jihatdan  o'xshatish  mumkinki,  tijorat  banklari 

ham  korxonalar  singari  o'z  faoliyatini  ,  o’z  daromadlarini  ko'paytirishga    va  shu 

asosda birinchidan, o'z asoschilari– aksiyadorlarning manfaatlarini, ikkinchidan o'z 



 

mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat.  Tijorat banklarini 



fikrimizcha shunchaki “korxona”  emas  “maxsus korxona” deb qarash zarur. Chunki 

tijorat  banklari  ssuda  harakati  kapitalini  amalga  oshiradi  va  shu  asosda  bank  o'z 

aksiyadorlariga,  paychilariga  foyda  olishni  ta'minlaydi.  Tijorat  banklari  bank 

tizimining  muhim  bo'g'ini  bo'lib,  kredit  resurslarning  asosiy  qismi  shu  banklarda 

yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga o'z xizmatlarini ko'rsatadi. 

     Banklar–  tovar-pul  xo'jaligining  ajralmas  atributidir.  Tarixan  bular  yonma-yon 

rivojlanib  kelgan.    Shuning  uchun  qiymatning  pul  shaklining  muomalasining 

boshlanishi  bank  ishining  boshlanishi  deb  hisoblash  hamda  bank  faoliyatining 

rivojlanishidagi yetukligi doimo iqtisodiyotdagi tovar-pul aloqalarining  rivojlanish 

darajasiga mos kelgan. 

      Banklar–moliyaviy  bozorning  tashkiliy  tuzilishining  bir  qismi    bo'lgan  kredit 

tashkiloti  bo'lib,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  vaqtinchalik  bo'sh  turgan  

mablag'larini jamg'arish, yig'ish, jamlangan (akkumlatsiya qilingan) mablag'larni o'z 

nomidan  qaytarib  berishlilik,  muddatlilik  asosida  berish  hamda  mijozlarning 

topshirig'iga ko'ra  to'lovlarni amalga  oshirish vazifalarini bajaradi. Bu bankning ilk 

belgilari bo'lib, ular aslida tarixan banklarning shakllanishidagi 3 asosiy yo'nalishni 

o'zida aks ettiradi. Ma'lum  bir shartlar asosida ushbu yo'nalishlarga cherkovlarning 

o'zlariga  topshirilgan  pul  mablag'larini  saqlab  berishni  ta'minlash  faoliyatini, 

sudxo'rlik kreditlarini, keyinchalik ularning tijorat kreditiga aylanishini, almashtiruv 

(menyali ) idoralarining hisob-kitob va valyuta bilan faoliyatlarini kiritish mumkin.  

Haqiqatda esa oxirgi yo'nalish bu tahkilotlarga nom berish uchun asos bolib xizmat 

qildi.  Ko'pgina  mamlakatlarining  qonuniy  aktlarida  (hujjatlarida)    “bank” 

tushunchasi  jamg'armalarni  qabul  qiluvchi,  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  va 

qisqa  muddatli  kreditlar  beruvchi  tashkilotdir.  Biroq  bankning  yagona  umumiy 

qabul qilingan tushunchasi mavjud emas. Masalan,  Fransiyada 1984-yildan boshlab 

kredit tashkilotlari orasida farqlar kiritilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat. Kredit 

tashkilotlari  2  guruhga  bo'lingan,  birinchi  toifa  kredit  tashkilotlariga  talab  qilib 



 

olguncha depozitlarni va ikki yilgacha muddatli depozitlarni qabul qilish huquqiga 



ega bo'lgan hamda bu huquqdan mahrum kredit tashkilotlaridir. 

              Buyuk  Britaniya    hukumati  esa  1979-yildan  banklar  va  boshqa  kredit 

tashkilotlari,  hamda    ''litsenziyali  depozit  tashkilotlari''  ni  farqlashga  ya'ni  ularni 

o'zaro  ajratishga  harakat  qildilar.  Ammo  eng  avvalidan  boshlab  institutlarni 

tasniflashda  barcha  mumkin  bo'lgan  cheklashlarni  amalga  oshirishga  harakat 

qildilar. 

               1986-yildan  esa  bu  tizimdan  haqiqatda  voz  kechishlariga  to'g'ri  keldi, 

chunki bu tizim nafaqat samarasiz , balki kredit tizimi va moliyaviy bozorlar ustidan 

Markaziy  bank  nazoratini  amalga  oshirishda  ishonchsiz,  asossiz  hamda 

noqulayliklarga olib keldi. 

            O'zbekistonda tijorat banklarini yaratish va faoliyat ko'rsatishi  O'zbekiston 

Respublikasining  1996-yil  25-aprelida  qabul  qilingan  ''Banklar  va  bank  faoliyati 

to'g'risida''gi Qonunga binoan olib boriladi. Ushbu qonunga asosan bank–bu tijorat 

tashkiloti  bo'lib,  bank  faoliyati  deb  hisoblanadigan  quyidagi  faoliayat  turlari 

majmuini amalga oshiradigan yuridik shasdir: 

–yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  omonatlar  qabul  qilish  hamda  qabul  qilingan 

mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; 

–to'lovni amalga oshirish. 

   Bankning tarixan paydo bo'lgan sanasi yo'q. Bank faoliyati unsurlarining u yoki bu 

miqdorda rivojlanishi Italiyada, Gretsiyada, Misrda va boshqa mamlakatlarda yangi 

davrga  qadar  qayd  qilingan.    Birlamchi  banklar  tangalarni  sotish  ,  sotib  olish, 

almashtirish,  muddati  kelguncha  majburiyatlarni  hisobga  olish,  mijozlarning 

mulklarini  boshaqarish,  kreditlar  berish,  ipoteka  va  lombard  operatsiyalarni, 

dalolatnomlarni  tuzish  hamda  boshqa  operatsiyalarni  amalga  oshirishni 

boshladilar. 

             Ishlab  chiqarish  va  muomalaning    o'sishi  munosabati  bilan  barcha 

mamlakatlarda  banklarning  ahamiyati  ko'tarildi.  Yuqorida  ko'rib  o'tilgan 



10 

 

funksiyalarga yangilar, masalan, foiz keltiradigan kapitalni boshaqarish funksiyalari 



qo'shildi. 

    Shunday qilib banklar–bu kreditning rivojlanishi natijasidir. Shuning uchun kredit 

bankka  nisbatan  asos  bo'lib  hisoblanadi.  Ta'kidlash  mumkinki,  bank–  bu  kredit 

ishining  shunday  rivojlanish  bosqichiki,  unda  kredit,  pul  va  hisob-kitob 

operatsiyalari majmuasi bir markazda yig'iladi.  Umuman olganda xulosa qilib aytish 

mumkinki,  bank–bu  pul  mablag'larini  jamlash  va  ularni  o'z  nomidan  qaytarib 

berishlik, to'lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotdir.  

Banklarning asosiy maqsadi  pul mablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va 

sotuvchilardan xaridorlarga o'tkazishda vositalik qilishdir. 

Banklar bilan bir qatorda, bozorlarda pul mablag'larini o'tkazishni boshqa moliyaviy 

va  kredit-moliyaviy  tashkilotlar  :  investitsion  fondlar,  sug'urta  kompaniyalari, 

brokerlar,    demir  firmalari  va  hakazolar  bajarishlari  mumkin.  Biroq  banklar 

moliyaviy  bozor  subyekti  sifatida  boshqa  subyektlardan  quyidagi  belgilari  bilan 

ajralib turadi. 

Birinchidan,  banklar  uchun  qarz  majburiyatlarining  ikki  tomonlama  almashtirish 

xarakterlidir.  Ular  o'zlarining  majburiyatlarini  (depozzit)  shakllantiradilar  va  jalb 

qilingan  mablag'larni  qarz  majburiyatlariga,  qimmatli  qog'ozlarga  (boshqalarning 

chiqargan qog'ozlariga ) joylashtiradi; 

Ikkinchidan, banklar o'zlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qat'iy belgilangan 

summa bo'yicha shartsiz majburiyatlarni oladilar. 

   Ammo shuni nazarda tutish zarurki, bugungi kunda aniq olingan bank tashkiloti 

amaliyotida  barcha  sanab  o'tilgan  bank  operatsiyalari  amalga  oshirilmaydi  yoki 

deyarli mavjud emas. 

Yuqorida  ko'rib  o'tilganlarga  asosan,  aytish  mumkinki,  banklarni  me'yor  faoliyat 

ko'rsatishi  va  yashashi  uchun  aniq  asosiy  faoliyat  “to'plam»i  mavjuddir.  Bunday 

operatsiyarga quyidagilar kiradi: 




11 

 

-depozitlarni qabul qilish; 



-pul to'lovlari va hisob-kitoblarni amlga oshirish; 

-kreditlarni berish. 

     Bank  mohiyatini  to'liqroq  tushunish  uning  funksiyalarini ochib  beradi.  Banklar 

tizimi odatda ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga Markaziy ( emission ) bank va tijorat                                                 

(  depozitli)  banklarning  tarmoq  otgan  shaxobchalarini  oladi.    ''Markaziy  bank 

boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli 

bank tizimini vujudga keltirish…''  ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi. 

     Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va 

davalatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank 

hisoblanadi.    Buning  mazmuni  shundan  iboratki,  birinchidan,  ko'pchilik 

mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo'lib, u o'tkazadigan 

siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o'rnatiladi. 

    Ikkinchidan,  Markaziy  bank  tijorat  banklari  va  jamg'arma  muassasalaridan 

mablag'larni qabul qilib ularga kredit beradi.  Xususan, shu sababga ko'ra Markaziy 

bank  ''banklar banki'' deyiladi. 

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi,davlatning 

butun iqtisodiy holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini 

olib borishga ko’maklashadi. 

Markaziy bank ko'plab xilma-xil vazifalarni bajaradi: 

Birinchidan,  boshqa  bank  muassasalarining  majburiy  zaxiralarini  saqlaydi.  Bu 

zaxiralar  pul  taklifini  boshqarish  uchun  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo'ladi. 

Markaziy  bank  davlatning  rasmiy  oltin-valyuta  zaxiralarini  saqlash  vazifasini  ham 

bajaradi. 



12 

 

Ikkinchidan,  cheklarni  qayd  qilish  mexanizmini  ta’minlaydi  va  banklararo  hisob  



kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. 

Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi. 

To'rtinchidan, barcha banklar foliyatini uyg'unlashtiradi va ular ustidan nazoratni 

amalga oshiradi. 

Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutlarni ayirboshlaydi. 

Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish ma’suliyatini oladi va milliy valyutani 

muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning extiyojlariga mos ravishda pul muomalasini 

tartibga soladi. 

       Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflatsiyani past darajada ushlab turish va 

so'mning  barqaror  ayirboshlash  kursini  ta'minlashdan  iborat.  Mazkur  vazifalar 

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga 

yo'naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog'langandir. 

       Tijorat  banklari  o'zlarining  xo'jalik  mavqeiga  ko'ra  aksionerlik  turidagi 

muassasalar,  huquqiy  mavqeiga  ko'ra,  faoliyatning  biron-bir  turiga  xizmat 

ko'rsatuvchi,  ixtisoslashgan  yoki  milliy  bank  bo'lishi  mumkin.    Tijorat  banklar 

sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag'lari 

hisobidan  kreditlaydi,  korxonalar  o'rtasida  hisob-kitobni  amalga  oshiradi, 

shuningdek, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanadi. 

O'zbekiston Respublikasining ''  Banklar va bank faoiyati to'g'risida ''  gi Qonunida 

aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar 

bo'ladiki, ular  kredit, hisob- kitob va boshqa xil bank xizmatini ko’rsatadilar.  Tijorat 

banklar faoliyatining asosiy maqsadi foyda chiqarib olishni ko'zda tutadi.  Tijorat 

banklari daromadining manbai mijozlarining bank xizmati to'lovi, va aktivlardan– 

zayom, kredit, qimmatli qog'ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi. 




13 

 

         Tijorat banklarining iqtisodiy ro'li uning faoliyat doirasining keng bo'lishiga olib 



keladi. Tijorat banklari quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini yig'ish va ularni kapitalga aylantirish; 

-korxona, tashilotlar va aholini kreditlash; 

-muomalaga kredit pullarni chiqarish; 

-xalq xo'jaligida to'lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

-moliya -valyuta bozorida faoliyat ko'rsatish; 

-iqtisodiy- moliyaviy   axborotlar   berish   va   maslahat   xizmatlarini ko'rsatish.                   

Bankning      birlamchi      va    asosiy      funksiyasi      bo'lib,      vaqtinchalik      bo'sh 

pul      mablag'larini      akkumlatsiya      qilish,        yig'ish      funksiyasi      hisoblanadi. 

Akkumlatsiyasining        o'ziga        xos      tamoyillarini      hisobga      olish      zarurdir. 

Banklar   bo'sh   pul   mablag'larini    yig'ish   va   ularni    kapitalga    aylantirish 

funksiyasini    bajara    turib     mavjud      bo'sh     pul    daromadlari    va    jamg'ar- 

malarni     yig'adi. 

Chunki 


banklar 

nafaqat 


o'zlarining, 

balki 


begonalarning 

vaqtin- 


chalik 

bo'sh 


pul 

mablag'larini 

yig'adi. 

Jamlangan 

pul 

mablag'lari 



banklarning 

o'zlarining 

iste'moliga 

emas, 


balki 

begonalarning  

is’temoli  uchun  foydalaniladi.  Jamg'aruvchi  (bo'sh  pul  mablag'i  egasi) 

o'z 


mablag'larini 

bankka 


ishonib 

topshirgani 

uchun 

va 


bank 

bu 


mablag'lardan 

foydalangani 

uchun 

ma’lum 


foiz 

hisobida 

daromad 

oladi. 


Jamlanadigan 

va 


qayta 

taqsimlanadigan 

mablag'larining 

mulk 


huquqi  birlamchi  kreditor  (bank  mijozi)  da  saqlanib  qoladi.  Bo'sh 

pul  mablag'lari  hisobidan  ssuda  kapitali  fondi  vujudga  keladi  va  bu 

fond xalq xo'jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. 

     Banklarning  ikkinchi  funksiyasi  —  pul  muomalasini  tartibga  solish 

funksiyasi. 

Banklar 


turli 

xo'jalik 

subyektlar 

orqali 


o'tadigan 

to'lov 


muomalasi 

(oboroti) 

ning 

markazi 


sifatida 

chiqadi. 

Hisob-kitoblar 



14 

 

tizimi 



orqali 

banklar 


o'zlarining 

mijozlariga 

ayirboshlashni 

amalga 


oshirishni,  pul  mablag'lari  va  kapitalni  aylanishi  uchun  sharoit  yaratib 

beradi . 

Banklar  orqali  alohida  olingan  subyektlar  va  bir  butun  mamlakat 

iqtisodiyotidagi oborot(aylanishi) o'tadi. 

Muomalaga 

kredit 


pullarni 

chiqarish 

funksiyasi 

tijorat 


banklarni 

boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. 

Tijorat 

banklari 

depozit-kredit 

emissiya 

qilganida, 

ssudalar 

ber- 

ganida  pul  massasi  oshadi  va  ssuda  bankka  qaytarilganda  muomalada 



pul massasi kamayadi. 

Tijorat 


banklari 

kredit 


pullarni 

yaratishning 

emitenti 

hisoblanadi. 

Tijorat  bank  tomonidan  mijozga  berilgan  kredit  uning  hisob  raqamiga 

o'tkaziladi  va  bankning  qarz  majburiyati  ortadi.  Mijoz  bu  mablag'ning  ma’lum 

qismini 

naqd 


pul 

shaklida 

hisob 

raqamidan olishi mumkin. 



 

 



15 

 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling