O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Zufarova Munisaxon
1-jadval
Ko'rsatkichlar 01.01.9 9 01.01.0 0 01.01.0
2 01.01.0
6 01.01.1
0 1.01.1
1 Uz.tijorat banklar soni 28
33 38
28 30
31 Filial umumiy soni 570 791
791 893
810 810
Fondlarning umumiy soni 0,8 6,6
6,4 9,5
15,7 20,8
Korxona va
tashkilotlar depozitlarining 0,4 –
– 8,7
13,2 24
umumiy soni Tijorat banklar tomonidan korxona tashkilotlar va aholiga berilgan kreditlar summasi(mlrd.so' m) 0,5
3,4 3,4
5,2 8,6
11,5 To'langan ustav fondlarining umumiy soni 0,1
0,2 0,6
0,9 3,1
4,1 Uzoq
muddatli kreditlar (mlrd.so'm) – 0,3 0,3 0,1
– – O'rta mudatli kreditlar(mlrd.so'm ) –
0,3 0,1
– –
Hisob-kitoblarni tezlashtirish, jarayonlarni ishonchligini ta'minlash hamda bu jarayonlar bilan bog'liq bo'lganxarajatlarni kamaytirish maqsadida tijorat banklari bugungi kunda komputer texnikasi bilan jihozlanmoqda. Tijorat banklarining to'lovlarni amalga oshirish funksiyasi orqali bugungi kunda yuridik shaxslarning davlar budjtiga bo'lgan majburiyatlarinazorat qilinmoqda. Bugungi kunda tijorat banklari yetarlidarajada texnik jixozlanganligi hamda kerakli axborot bazalariga va malakali kadrlarga egaligi banklarni o'z navbatida qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri qilib qo'ymoqda. Qimmatli qog'ozlar bozorida banklar bir vaqtning o'zida ham investor ham emitent sifatida qatnashmoqda. Banklarning boshqa xo'jalik subyektlariga nisbatan stabil moliyaviy holatga egaligi qimmatli 25
qog'ozlar bozorida operatsiyalarga qatnashishga imkon bermoqda. Respublikada tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozorida aktiv ishtirok etishining sabablaridan yana biri banklarning niom kapitalini oshirish sohasida o'z aksiyalarini sotishga bo'lgan intilishidir. Bugungi kunga kelib tijorat banklari qmmatli qog'ozlar bozorida aksiyalardan tashqari depozit va jamg'arma sertifikatlar bilan ishlashni ham yo'lga qo'ymoqda. Bundan tashqari banklar o'z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham xizmat ko'rsatmoqdalar. Bankalrning bunday funksiyalarni bajarishlari korxona tashkilotlarning qimatli qog'ozlar bozori operatsiyalarida qatnshishlari uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bugungi kunda Respublika davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog'liq jarayonlar keng o'rin olganligi sababli korxonalarga tegishli qimmatli qog'ozlar bozoriga nisbatan davlat qimmatli qog'ozlar bozori aktiv harakat qilmoqda. Bu bozorda asosiy qatnashchilar sifatida tijorat banklari maydonga chiqmoqda. Bu bozorda tijorat banklari o'zlarining brokerlik funsiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda mavjud resurslarini hech qanday tavakkalchilikka bormagan holda qisqa muddatlarda joylashtirish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Respublika iqtisodiyotiga kirib kelayotgan '' Lizing'' jarayonlari bugungi kunda ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan ta'minlash hamda qayta jihojlashda muhimligin ko'rsatmoqda. Agar biz lizing xizmatlariga to'lanadigan foiz o'rtasidagi bog'liqlikka e'tibor beradigan bo'lsak, u holda lizing xizmatlarini bugungi kunda tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi qulay hamda muhimdir. Chunki tijorat banklari lizing xizmatlari uchun boshqa lizing tashkilotiga kredit berishdan ko'ra bank krediti foizi darajasida mijozlarga xizmat ko'rsatishi va shu bilan lizing xizmatlari bahosini kamaytirishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan bank faoliyatiga bugungi kunda ''Trast'' xizmatlari ham kirib kelmoqda. Trast xizmatlari tespublika banklari uchun yangi hisoblansada ko'plab ishlar olib borilmoqda. Chet el tajribasidan bizga
26
ma'lumki, firmalar buyurtmaga ega bo'lishliklari o'z navbatida bank ta'minot xatlari deb ataluvch firmaning moliyaviy qobiliyatini kafolotlovchi xizmatlarga bog'liq bo'lmoqda. Jahon banklari ish faoliyatida axborotlarni sotish va moliyaviy maslahatlar kabi xizmatlar ham keng o'rin olgan. Bizning oldimizda turgan masalalardan biri ham shu sohani o'rganishdir. Yangi iqtisodiy sharoit o'z nabatida tijorat banklarining rivojlanishini ular ko'rsatayotgan xizmatlarga va ular rivojlanishining qay darajada tashkil qilinnganligiga bog'liq qilib qo’ymoqda. Chunki ishlab chiqarishdagi kabi bank sohasida ham raqobat ertami kechmi o'z ishini bajaradi. 2011-yilda respublika bank tizimi barqarorligini ta'minlash va iqtisodiyotning yuqori o'sish suratlarini rag'batlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlar belgilab berildi: –xalqaro amaliyotdagi yangi o'zgarishlarni inobatga olgan holda bank nazoratini takomillshtirish, tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan makroprudensial nazoratning ro'lini oshirish; –banlarning kapitallashuvini, aktivlar sifatini, ular faoliyatidagi tavakkalchiliklarni, jumladan, redit tavakkalchiligi sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish; –iqtisodiyotga yo'naltirilatorgan kreditar hajmini oshirish va banklarning investitsiya jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish, kichik biznesn moliyaviy qo'llab-quvvatlashni faollashtirish; –aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarnng pul mablag'larini uzoq mudddatli depozitlarga jalb qilishni rag'batlantirish; –tijorat banklarida hisob va hisobotni yuritishda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni joriy etish, ularning sifati va ochiqligini ta'minlash; –respublika tijorat banklari va moliya bank tizimi faoliyatini baholashda xalqaro amaliyotda qo'llaniladigan me'yorlar, mezonlar va andozalarni joriy etish va ularning bajarilishiga erishish borasida tegishli ishlar olib borildi. 27
2011-yilda bank tizimini yanada mustahkamlash maqadida xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan moliya institutlarini tashkil etishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilishni ko'paytirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar majmui ishlab chiqildi. Bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatining oshishiga imkon beradi va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling