O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: Poetik nutq
- 3-mavzu: Ritm nazariyasi
2-asosiy savol bayoni:
Talabalarda “She’r poetikasi” fani bo’yicha bilimlarni shakillantirish she’riy asarni poetik nuqtai nazardan tahlil qilishga doir muayan bilimga ega bo’lish va ularni amaliyatda tadbiq etish mukhim ahamiyatga ega. “She’r poetikasi” bevosita adabiy-ilmiy, ma’naviy-marifiy sohalarda amaliy ahamiyat kasb etadi. Talabalarda “She’r poetikasi” bo’yicha bilimlarni shakllantirish va takomillashtirish, she’riy asarni metodologik nuqtai nazaridan tahlil qilishga doir muayan bilimga ega bo’lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. She’riy asarni badiiy-estetik jihatdan tahlil qila bilish va she’r yozish texnikasini egallashga ko’ra kurs amaliy ahamiyat kasb etadi. «She’r poetikasi» kursining boshqa fanlar: «Tilshunoslik», «Adabiyot nazariyasi», «Adabiy tanqid tarixi», «Adabiyot tarixi», «Badiiy asar matni taxlili, “Ifodali o’qish» kurs (fan)lari bilan mushtaraku nomushtarak tomonlari xakida. Badiiy adabiyotni nazariy idrok qilishning uch asosiy vazifasi: adabiy-badiiy ijod asarlari, adabiy jarayon konuniyatlari, badiiy asar taxlili tamoyillari ekani. Mazkur kursning uchinchi vazifaga kirishi. [she’r noetikasining uziga xos tarixga zga ekanligi. Muhokama uchun savollar: «She’r poetikasi» va “Adabiyotshunoslik asoslari” fani bilan aloqasini aytib bering. Kursning “Sintaksis” va “Stilistika” fanlari bilan aloqasini aytib bering. Adabiyotlar: 2 (9-26), 11 (13-20), 51 (70-73) 1-MODUL: mavzu: She’r poetikasi tarixi Mavzu rejasi (asosiy savollar): 1.1. She’r poetikasi tarixi va uning bosqichlari. She’r poetikasi tarixining dastlabki va o’rta asrlar davri. XX asr she’r poetikasi. Tayanch tushuncha va iboralar: She’r atamasi, she’r poetikasi bosqichlari, chanda, tashbehning hayotiyligi, she’rni bir butun holda o’rganish, «Poetika» asari, tanqid atamasi (naqd), qonunlashgan poetika, qorishiq (sintez) poetika, «ayb» atamasi, poetikadagi sotsiologik oqim. Mavzuga oid muammolar: Poetika tarixini tasniflash va ularga berilgan aniqlamaning munozarali ekanligiga sizning munosabatingiz? Sharq poetikasidagi naqd (tanqid) masalasini siz qanday tushunasiz? 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Belinskiy ta’rifi bo’yicha poetika tarixi davrlari tasniflanadi. To’rt bosqichning har biri bo’yicha alohida izohlar beriladi. Mustaqillik davriga kelib, she’r poetikasi asliyatiga ko’chganligi ilmiy kuzatiladi va bular talabalarga singdiriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Poetika tarixini tasniflaydi va bosqichlarini idrok etadi. Poetika tarixida naqdning (tanqid) mavqeini payqaydi. Poetika tarixidagi «ayb» tushunchasi ifodalagan ma’noni tasavvurlaydi. 1.1-asosiy savolning bayoni (naqli): «She’r,- deydi Qays Roziy «Al-Mo’’jam» asarida, -bilim demakdir». Buyuk Arastu she’rning tarixga nisbatan mushtarak va nomushtarak tomonlarini aytib: she’r tarixga nisbatan falsafiy, u ko’proq so’z bilan fikrlaydi, tarix esa alohida narsalar borasida, so’zlaydi, degan edi. She’rni o’rganish, tahlil qilish uzoq tarixga borib taqaladi. Uning o’rganilish davrlari hali fanda to’liq aniqlanganicha yo’q. Belinskiy she’rni o’rganish bo’yicha fikr bildirib, uni uch bosqichga bo’lgan edi: 1-bosqich alohida she’rni o’rganish, 2-bosqich she’rning ayrim qismlarini tahlil qilish, uchinchisi- «uni (she’r) bir butun holda baholash»ni talab qilgan davr. Belinskiy fikridan kelib chiqib, o’zbek she’r poetikasini to’rt bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich-she’r poetikasining ilk davri, bu davrda timsol bilan timsollanuvchi, o’xshagan narsa bilan o’xshatilgan narsa aniq, mantiqan bog’langan holda o’rganilgan. She’riy san’atlarning dastlabki namunalari tug’ilgan va u o’rganish manbai bo’lgan (sifatlash, tashbeh, talmeh). To’rtlik va marsiya janrlari shakllangan. XV asrning birinchi yarmida Taroziyning «Funun-ul balog’a» ilmiy asari poetika tarixida muhim voqea bo’ldi. Ikkinchi davr XV asrning ikkinchi yarmi Navoiy zamonasiga to’g’ri keladi. Bu davrda mazmun va shakl mutanosibligi, she’rni bir butun holda o’rganish, pafos (dard), g’azal tarhi poetikaning asosiy manbaiga aylandi. Uchinchisi – she’rni ijtimoiy –sotsiologik jihatdan tahlil qilish davri. Bu davrda vazn, mumtoz she’r shakli va timsollardan foydalanish, yangi poetik obraz hamda lirik qahramon bahsli o’rganildi. Tahlilda g’oyaviy-ijtimoiylik birinchi darajaga ko’chdi. To’rtinchisida - she’r aslicha, ya’ni san’at hodisasi sifatida o’rganila boshlandi. Yanada to’g’rirog’i, she’rni badiiy- estetik jihatdan to’liq tahlil qilish jarayoni kechdi. Birinchi bosqichda Forobiy, Ibn Sino va Beruniylarning she’r ilmi haqidagi qarashlari tarixiyligi bilan juda muhimdir. Forobiy Aristotelning «She’r san’ati» kitobiga sharh yozish borasida she’rning rassomchilik bilan farqli va o’xshash jihatlarini izohlaydi. Shoir she’rda so’z, rassom bo’yoq bilan fikrlaydi. Har ikkisi ham kishilarda ta’savvur va tuyg’u uyg’otadi. Biroq uning she’r tabiatga taqlid deyishi bahslidir. Beruniyning «she’rda so’zni o’rniga topib qo’yish muhimdir» degan qarashi qimmatlidir. Buyuk olim hindlarning chanda she’r tizimini izohlagan. Uning poetikadagi buyuk xizmati tashbehning hayotiyligi va aniqligini ilmiy asoslashidir. Buyuk allomaning «Hindiston» asarida oniks, andom va ko’z yoshi kabi tashbehlarning mantiqiy ma’no jihatlari keng sharhlagan. Muhokama uchun savollar: Belinskiyning she’r poetikasini o’rganish borasidagi qarashlari o’zbek she’rshunosligining tarixiy tariqqiyotiga to’la mosmi? Forobiyning she’r tabiatga taqlid tushunchasini qanday izohlaysiz? Chanda she’r vaznini qanday tushundingiz? 1.2-savol bo’yicha darsning maqsadi: XIV XV asrlar she’r poetikasi tarixining cho’qqisi ekanini talabalarga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.2.1. Ixtisoslashgan she’rshunoslar va ularning asarlari haqida ma’lumot bera oladi. 1.2.2. Tazkirada poetikaning qorishiq kelish holatlarini tushunadi. Tanqidning poetikadagi mavqeini ilg’aydi. 1.2-asosiy savolning bayoni: XV asrda ixtisoslashgan she’rshunoslar etishib chiqib, qonunlashgan poetika nazariyasi yaratildi. Nazariya bilan adabiy tanqid ham adabiyotshunoslikning bag’rida o’sdi. Adabiy tanqidning tug’ilishini Oktyabr to’ntarishiga bog’lash, umuman, noto’g’ridir. Aslida adabiy tanqid badiiy ijod paydo bo’lgandan boshlangan (I.Sulton). Poetika adabiyot nazariyasining o’zagini tashkil qilishini hisobga olsak, adabiy tanqid ham adabiyotshunoslikda qorishiq yashab kelgan. Arablardagi naqd so’zi avval forslarga o’tib, tanqid va munaqqid shaklini olgan (S.Olimov). Sharq poetikasida tanqidiy fikrlar “ayb” so’zi bilan ifodalangan, u avval ilmi uchlikda yashab kelgan, undan so’ng “ilmi naqd” shaklida ifodalangan. Ilmi naqd ilmi uchlikning alohida bobini tashkil qilgan. Qays Roziy, Atoulloh, Husayniylar o’z kitoblarida ilmi naqdga alohida bob ajratganlar. Navoiy zamondoshi Koshifiy naqdning istilohiy ma’nosini “yaxshi she’rni yomondan ajratish va ularni o’zaro farqlash ilmidan iborat” degan. Tanqid atamasi ayrim tadqiqotlarda (Rustam Tojiboev) tatarchadan kirib kelgan deya noto’g’ri xulosa chiqariladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, u aslida Sharq poetikasida bo’lgan. O’rta asr poetikasi she’r tahlilida badiiy -estetik mazmun va g’oyaga kam e’tibor bergan. Bu, umuman, she’rning mazmuni e’tibordan soqit qilingan degani emas. (“Har bir yangining lazzati bor”- Atoulloh Husayniy). O’rta asrda she’rshunoslik bilan shug’ullanish va uning nazariy asoslarini chuqur o’zlashtirish shart qilib qo’yilgan. Atoulloh Husayniy tajnis haqida gapirib: “Bu fan tolibiga alarni ilojsiz bilmak zarurdir”, degan edi. Bu bosqichda she’r san’atlari to’rt qiyosiy usulda o’rganilgan: 1) san’atlarning qo’llanish darajasi va doirasi; 2) o’zi va o’zga olimlar fikrini chog’ishtirish; 3) ba’zi san’atlarni tushuntirishda unga yaqin san’atni taqqosga jalb qilish; 4) nazariy fikr bilan amaliyotni muqoyasa qilish. “Ayb” ham tasniflangan: nasx ayb, salx ayb, naql ayb kabilar. Qisqasi, Sharq mumtoz poetikasi so’z ohorligiga asoslangan (ibdo’-yangi so’z). Biz she’r san’atlarini so’z o’yini deb keldik. Holbuki Sharq poetikasida so’z o’yini degan so’z san’atining o’zi yo’q. Muhokama uchun savollar: 2.1. Sharq poetikasida g’oyaviy-estetik mazmun qanday o’rganilgan? 2.2. O’tmish she’rshunoslik bilan bugungi she’rshunoslikning farqli tomonlarini siz qaysi masalalarda ko’rasiz? 2.3. Bugungi ijodkor yoki poetika bilan shug’ullanuvchilarning she’rshunoslikka oid bilimiga qanday baho berish mumkin? 1.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: XX asrda badiiy asarni g’oyaviy-ijtimoiylik nuqtai nazardan baholash, o’rganish va tahlil qilishga o’tishning zararli oqibatlarini talabalarga tushuntirish. Identiv o’quv maqsadlari: Oktyabr to’ntarishidan so’ng she’r poetikasida sodir bo’lgan o’zgarishlarni aniqlaydi. She’rni sotsiologik tahlil qilish tamoyilining zararli tomonlarini payqaydi. 1.3-asosiy savolning bayoni: XX asrning 20-yillariga kelib she’r ritmi, vazni, qofiyasi va pafosida o’zgarish sodir bo’ldi. Hatto she’rni sotsiologik oqim nuqtai-nazaridan o’rganish va baholash kelib chiqdi. Ya’ni she’rni g’oyaviy ijtimoiylik asnosida baholash hokim tus oldi. She’rdagi vazn, ritmik va badiiy nuqsonlar ham g’oyaviylik mezonda baholandi. Usmon Nosirning Pushkin asarlari tarjimasida mahoratsizlikka yo’l qo’ygan o’rin g’oyaviy-siyosiy mezonga yo’yildi. Cho’lponning «Buzilgan o’lkaga» she’ri aksilinqilobiy ruhda baholandi. Cho’lpon bilan bir qatorda Fitrat she’riyatidan ham faqat siyosiy g’alizlik izlandi. Oqibat she’riyat ijtimoiy publitsistik tamoyil olib, siyosatlashgan she’riyat keng tomir otdi. Muhokama uchun savollar: 3.1. Cho’lponning istiqlolga bag’ishlangan she’rlarini sotsiologik oqimda baholashning tub zararli mohiyati nimalarda ko’rinadi? 3.2. Siyosatlashgan she’rni bugungi kunda qanday baholanishini ma’qul ko’rasiz? 2-mavzu: Poetik nutq Asosiy savollar: 2.1. Nazmiy nutq va uning tasnifi. Nazmiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari. Nazmiy nutqni uyushtiruvchi unsurlar. Tayanch tushuncha va iboralar: Badiiy nutq, poetik nutq, og’zaki (tovush), yozma nutq (harfiy nutq), tashqi va ichki nutq, poetik nutqning to’rt unsuri. Mavzuga oid muammolar: So’z obrazmi yoki semantiklashgan so’z obrazga aylanadimi, bunga munosabatingiz? So’zning atamalik va timsollik xususiyati borasida hali aniqlanishi lozim bo’lgan muammolar bor deb o’ylaysizmi? 2.1-asosiy savolning bayoni: Nazmiy nutq badiiy nutqning bir ko’rinishidir. Badiiy nutq sayqallangan nutq. Poetik nutqga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, Jomiy: «She’r (poetik nutq) muqaddimoti xayol, ya’ni tinglovchi xayolini qo’zg’atuvchi va ma’nosi unga iqbol beruvchidir» degan. Poetik nutq shakliga ko’ra og’zaki (tovush) va yozmaga (harfiy) bo’linadi. Aslida yozma nutq ilmiy, rasmiy, publitsistik, badiiy nutqga tasniflanadi. Poetik nutq badiiy nutqga mansub. Poetik nutq monolog va diolog ko’rinishga ega. Muhokama uchun savollar: Nazmiy nutq sayqallangan nutq ekanligini tavsiflang? Poetik nutqning ta’rifini izohlang? Poetik nutqni shaklga ko’ra tasniflang? 2.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Boshqa nutqlardan poetik nutqning o’ziga xosligi haqida talabalarda tasavvur va tushuncha hosil qildirish. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Poetik nutqning o’lchovli nutq ekanini tushuna oladi. 2.2. Poetik nutqning musiqiylik jihatini ocha biladi. 2.3. Poetik nutqda so’z takrorini misollar vositasida asoslaydi. 2.2-asosiy savolning bayoni: Nasriy nutq - sochma, poetik nutq -o’lchovli nutq. O’lchovli bo’lishi bo’g’in, turoq, vazn va ritm bilan bog’liq. Bundan tashqari misralar oxiridagi ohangdoshlik ham poetik nutqga alohida jarang beradi. Poetik nutqda bir xil so’zning qaytalanishi qonuniy holdir. Nasrda esa bu hol g’ayri qonuniydir. Ul sarvning soyasinda so’ldi gul netmak kerak, Sarvdin tobut yasab guldin kafan etmak kerak. Baytda gul, sarv so’zlari qaytalangan. Sarv so’zidagi «s» tovushi soyasi so’zidagi «s» tovushi bilan tavzi san’atini tashkil qilib, ajoyib xushohanglikni paydo qilgan. Muhokama uchun savollar: 2.1. Nasriy va nazmiy nutqga misol keltirib, qiyoslang? 2.2. Poetik nutqning o’lchovli nutq xususiyatini ochib bering? 2.3. Yuqorida keltirilgan baytning nazmiy nutq asnosida tahlil qiling? 2.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Nazmiy nutqni uyushtiruvchi to’rt unsur haqidagi tushunchani talabalarga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: Birinchi unsur-so’zning atamalik va obrazlilik xususiyatini tushuntira oladi. So’zning ma’no ko’chish xususiyatini misollar vositasida ocha biladi. Nazmiy nutqni uyushtiruvchi uchinchi unsurni ayta oladi. 1-amaliy mashg’ulot: She’r poetikasi tarixi (X-XV asrlar) Darsning maqsadi: Eng qadimgi davrdan XV asrgacha bo’lgan she’r poetikasi tarixi to’g’risida talabalarga tushuncha berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. She’r poetikasi tarixi bosqichlarini tavsiflab bera oladi. She’r poetikasi tarixining birinchi bosqichini izohlaydi. Timsollar va badiiy san’atlarning haqqoniyligini misollar vositasida sharhlay biladi. Kerakli jihozlar: She’rshunoslikka oid kitob va qo’llanmalar: Guliston Davlat universitetida tayyorlangan «She’r poetikasi» bo’yicha o’quv-uslubiy majmua va h.o. Ishni bajarish tartibi: Arastuning she’rga bergan tavsifini izohlash. Forobiyning she’r xususiyati haqidagi qarashini sharhlash. Poetika tarixini davrlarga bo’lish. Sharq poetikasidagi naqd (tanqid) masalasini o’rganish. Poetika tarixidagi «ayb» tushunchasini sharhlash. Adabiyotshunoslikda poetikaning qorishiq holda kelishini misollar asosida sharhlash. Mashg’ulotni yakunlash. Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: 1-mavzuning birinchi savoli bo’yicha: «Ayb» so’zi bilan ifodalangan adabiy tanqidni misollar bilan mustahkamlash. Navoiyning «Kecha kelgumdur debon…» g’azali tarhini aniqlash. Asosiy adabiyotlar: 1,14,18,23. 2-amaliy mashg’ulot: She’r poetikasi tarixi (XV-XVII asrlar) Darsning maqsadi: XV asr she’r poetikasi- g’azal poetikasi haqida talabalarga tushuncha berish va nazariy fikrlarni Navoiyning «Qaro ko’zum» g’azali misolida isbotlash. Identiv o’quv maqsadlari: XV asr g’azal janri o’zgarishlarini sharhlaydi. She’rni mazmun va shakl birligida tushuntiradi. Shu davrdagi ilmi naqdning ilmi uchlikka munosabatini izohlay oladi. Ishni bajarish tartibi: She’r poetikasini bilish shartligining sabablarini aniqlash. She’r tahlilida g’oyaviy- estetikaga kam e’tibor berilganiga fikrni qaratish. She’r san’atlarini izohlashning to’rt tamoyili o’rganiladi. «Ayb» so’zi ifodalagan ma’noni bilish va uning turlari sanaladi. Asosiy e’tibor Sharq poetikasidagi yangi so’z, yangi she’r san’atiga qaratilishi. G’azal tarhida o’zgarish bo’lgani misollarda ko’rsatiladi. Mashg’ulotni yakunlash. Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: 1-mavzuning birinchi asosiy savoli bo’yicha: Olimov S. «Navoiyning she’rshunos shogirdi» (T., 1990 y.) kitobidan «ilmi naqd» masalasining tarixini konspektlashtirib o’zlashtirish. 2-topshiriq: Shu risola asosida Navoiy va Atoulloh Husayniyning she’r san’atlari haqidagi fikrlarini daftarga ko’chirish. Asosiy adabiyotlar: 1,14,18,23. 3-amaliy mashg’ulot: Poetik nutq Darsning maqsadi: Talabalarning poetik nutq haqidagi nazariy bilimlarini chuqurlashtirish. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. Poetik nutqning ko’rinishlari borasida tasavvur paydo qiladi. 3.2. Poetik nutqning birinchi va ikkinchi unsurlarini idrok etadi. Poetik nutqning uchinchi va to’rtinchi unsurlarini anglay oladi. Ishni bajarish tartibi: Badiiy nutqni tasniflash. Poetik nutqga Jomiy ta’rifini keltirish. Poetik nutqda so’zning atamalik va timsollik xususiyatlarini ajratish. Poetik nutqning o’lchovli nutq ekanini tahlil qilish. Poetik nutqning to’rt unsurini misollar vositasida tushuntirish. Mustaqil ish uchun topshiriqlar: 3.1-topshiriq: Poetik nutqning birinchi va ikkinchi unsurlari bo’yicha misollar ishlash (misol erkin tanlanadi). 3.2-topshiriq: Poetik nutqning ikkinchi va uchinchi unsurlari bo’yicha misollar ishlash (misol erkin tanlanadi). Mashg’ulot yakuni: Adabiyotlar: 1,2,3,12,16,18. 3-mavzu: Ritm nazariyasi Asosiy savollar: Ritm-she’r badiiyati asoslaridan biri. Ritm ko’rinishlari. Obraz, timsol, tafsil (detal) va ritmning muvozanati. Tayanch tushuncha va iboralar: Ritmik zarb, ritmik urg’u, ritmik marom, tafsil, timsol, tekis harakatli ritm. Mavzu bo’yicha muammolar: Tafsil, timsol va obrazning o’zaro munosabati ilmda to’liq tavsiflangan deb o’ylaysizmi? 3.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Boshqa unsurlar qatori ritm she’r badiiyatini uyushtiruvchi vosita ekanligini talabalarga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: Ritm she’r unsurlarining asosi ekanini anglab oladi. Ritm voqelik va uning ifodasiga ko’ra o’zgarishga uchrashini ayta oladi. Tekis va notekis harakatli ritmni farqlay biladi. 3.1-asosiy savolning bayoni: Ritm- she’r badiiyati bilan aloqador unsur. U she’rning poetik jarang va pafosini ta’minlaydi. Pafos esa badiiyatning «qaymog’i». Shu ma’noda ritm davr va uning voqeligi bilan chambarchas bog’liq. 70-80-yillar she’riyati ritmida tekis harakat o’rniga notekis harakatli ritm paydo bo’la boshladi. Bunga oshkoralik deb atalgan davrda fikriy keskinlik, isyonkorlik va shiddatlilik jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Voqelikdagi to’lqin ritm harakati va uning jarangida ham o’zgarish yasadi. Ana shu holatning o’zi ritmning she’r badiiyati bilan aloqadorligini ko’rsatadi. Ayonlashadiki, ritmda ham davr ruhi va muhri yotar ekan. Ritmning uch xususiyati ustuvordir: 1. Me’yorga asoslanishi. 2. Takroriylik; 3. Uni faqat eshitib his qilish. Ritm - she’rning «jaranggi» (Bualo), «dard» -pafos (Navoiy), «kuchi» (Fitrat). Muhokama uchun savollar: 70-80-yillar she’riyatida qanday sababga ko’ra ritmda o’zgarish bo’ldi? Ritmga ta’rif bering va unga hayotiy misollar keltiring? Ritmning ustuvor xususiyatini sanang? 3.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Ritmning turlari va uning o’ziga xos xususiyatlarini talabalar bilimiga ko’chirish. Identiv o’quv maqsadlari: Zarb ritmni tushuntiradi. Tovushdoshlik ritmni misollar vositasida ayta oladi. Obrazlilik ritmni tushuntirib beradi. 3.2-asosiy savolning bayoni: Ritmning konkret ko’rinishlari Tomashevskiy, Kojinov, Bluxatov tomonidan tasniflangan. Shundan Bluxatov tasnifiga tayanish mumkin. Zarb ritmi; 2. Obrazlilik ritmi; 3. Tovushdoshlik ritmi; 4. Bayt va band ritmi. Ritm –she’rning «joni». Ritm ohang, musiqiylik, jarangdorlikka asoslanadi. Jarangdorlik poetik ma’noni yuzaga chiqaradi, harakatga keltiradi, bu ritmning obrazlilikka daxldor tomoni. Hozirgi she’r ilmida ritm atamasi o’rniga zarb, marom so’zlari qo’llanilmoqda. Zarb bir marta urish ma’nosini beradi. U ritm atamasi ifodalagan mazmunni anglatmaydi. Zarb takrorlanmaydi. Ritm esa bir me’yorda takrorlanishni talab qiladi. Marom so’zi me’yor, bir xil o’lchov ma’nolarini anglatadi, o’z-o’zidan ayonki, maromda ham takrorlanish yo’q. Zarb va marom she’rda mustaqil vazifa bajaradi. Ularning vazifasi ritmni to’ldirish. Ritmik zarbning xususiyatlari: 1. Ritmning doimiy unsuri. 2.His-hayajon tug’diradi; 3. Mantiqiy urg’u oladi. Abdulla Oripovning «Karvon o’tadi» she’ri bunga misol bo’la oladi. Muhokama uchun savollar: Ritm ko’rinishlarini sanang? Zarb va marom atamalariga aniqlama bering? Zarb va maromning ritmdagi vazifasini aniqlang? 3.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Tafsil, timsol va obrazning mushtarak hamda nomushtarak tomonlarini talabalar bilimiga ko’chirish. Identiv o’quv maqsadlari: Tafsil va timsolning ma’nolarini ayta oladi. Timsol va obrazning mushtarak jihatlarini idrok qiladi. Tafsil va obrazning muvozanatini tasavvur etadi. 3.3-asosiy savolning bayoni: Ilmiy manbalarda obraz bilan timsol o’rtasiga tenglik alomati qo’yish holatlari mavjud, yoki obraz atamasi o’rniga timsol so’zini qo’llash keng an’anaga aylanmoqda. Timsol so’zini nasrda obraz atamasi bilan teng ishlatish mumkin. Ammo nazmda timsol va obraz alohida vazifaga ega. Badiiy timsol she’rda obrazning dastlabki zamini vazifasini o’taydi, boshqacha aytganda badiiy obrazning tagkursisi. She’rda avval tafsil (detal), keyin timsol, undan so’ng obraz shakllanadi. Ular bir-birini to’ldiradi. Poetik obraz tafsil va timsol o’rnini bosa oladi. Ammo tafsil va timsol poetik obraz darajasiga erisha olmasligi mumkin. Rauf Parfining daraxtga oid uchligidagi daraxt tafsildan timsolga, timsoldan obrazga o’sib chiqqan. Obraz, timsol va tafsilning o’zaro hamkorligi she’rning pafosini to’liq ta’minlay olmaydi. Buning uchun ritmik ohang, jarang va musiqiylik shart. Ritm she’rning sehrli ruh olishida etakchilik qiladi. Muhokama uchun savollar: Tafsil, timsol atamalari ifodalagan tushunchalarni izohlang? Timsol va obraz atamalari birmi? Timsol,obrazning ritmga munosabatini ayting? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammolar: Notekis harakatli ritmning kelib chiqishi moniy she’riyatiga borib taqalashi ilmda ishlanishi kerak. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling