O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


Download 1.31 Mb.
bet16/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

4-mavzu: Notekis harakatli ritm
Asosiy savollar:

    1. Notekis harakatli ritm.

    2. Oddiy notekis harakatli ritm.

    3. O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm.

Tayanch tushuncha va iboralar:

Notekis harakatli ritm, oddiy notekis harakatli ritm, o’rtacha notekis harakatli ritm. G’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm.


Mavzuga oid muammolar:
Notekis harakatli ritmning kelib chiqish ibtidosiga munosabat bildiring?
4.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Notekis harakatli ritmning mazmun va mundarijasi, uning she’r ritmini o’zgartirishdagi vazifasini talabalar tasavvuriga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Notekis harakatli ritm tabiatini tahlil qiladi.

    2. Oddiy notekis harakatli ritmni idrok etadi.

    3. O’rtacha notekis harakatli ritmni tasavvur qila oladi.

4.1-asosiy savolning bayoni:


Asrimizning 20-30-yillari to’ntarishlar, o’zgarishlar yillari bo’ldi. Ijtimoiy dolg’ali voqealar she’r tabiati va ritmini ham o’zgartirdi. Oqibat barmoqning «temir qonun»lari sindi. Natijada notekis harakatli ritm paydo bo’la boshladi. Bu ko’rinish ritmga ijtimoiy hayotdagi notekislik, lirik qahramon tabiatidagi o’zgarishlar va nihoyat o’zga xalqlar she’ri ritmi ta’sir etdi. Masalan, Cho’lponning «Ko’ngil» she’rida bo’g’in tengligi, vazn tugalligi saqlanmagan. Bu ritmning keskin, shiddatli bo’lishini ta’minlagan. Ritmik zarblar fikr kuchayishini orttirgan.
Davr she’r vazni, voqeasi, turog’i va ritmiga ham jiddiy tahrir kiritdi. Band tuzilishida ham erkinlik paydo bo’ldi. O’zgarishga uchragan ritm uch ko’rinishga ega: 1) oddiy notekis harakatli ritm; 2) o’rtacha notekis harakatli ritm; 3) g’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm.
Muhokama uchun savollar:

    1. Nima sababdan ritmda o’zgarishlar bo’ldi?

    2. She’rning qaysi unsurlarida erkinlik yuzaga keldi?

    3. Notekis harakatli ritmni tasniflang?

4.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Oddiy notekis harakatli ritmning paydo bo’lishi va o’ziga xosligini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Oddiy notekis harakatli ritmni barmoq vazni bilan bog’lab so’zlay oladi.

    2. Bo’g’in, turoq, qofiyadagi turg’unsizlikni ayta oladi.

    3. Oddiy notekis harakatli ritm erkin vaznga taqalishini tushunadi.

4.2-asosiy savolning bayoni:


Oddiy notekis harakatli ritm notekis harakatli ritmning mahsulidir. U aslida erkin vaznning bag’ridan o’sib chiqqan. Barmoqning unsurlari to’liq bo’lmasada saqlanadi. Ritm, vazn, band, qofiya va zarbda o’zgarish sodir bo’ladi. Bo’g’inda notekislik, qofiya ohangdorligida to’liqsizlik vujudga keladi.
To’qqiz bo’g’in ettiga, etti bo’g’in beshga, besh bo’g’in uch bo’g’inga tushishi qonuniy holdir. «Turksib yo’llarida», «Sen etim emassan» she’rlari bunga yaqqol misoldir.
Barmoq va erkin vazn bag’ridan o’sib chiqqan oddiy notekis harakatli ritm ma’no salmoqdorligi va pafos jarangdorligi uchun xizmat qiladi.
Muhokama uchun savollar:
4.1.Qanday ritmga oddiy notekis harkatli ritm deyiladi?

    1. Bu nav ritmda she’rning qaysi unsurlarida o’zgarish sodir bo’ladi?

    2. Oddiy notekis harakatli ritmning xizmati nimalarda ko’rinadi?

4.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatlarini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatini ocha biladi.

    1. Bu ko’rinishdagi ritmning ildizlarini payqaydi.

    2. Mazkur ritmning mohiyatini biladi.

4.3-asosiy savolning bayoni:
O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm oddiy notekis harakatli ritm bag’ridan o’sib chiqqan. Unda satrlarning uzun-qisqaligi, bo’g’in notengligi bosh omil. Har ikkisi bir-biriga o’xshaydi. Farqi shundaki, oddiy notekis harakatli ritm uchun o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm unsurlari shart emas.
Jo’shqinlik, shiddatlilik, fikr tug’yonini o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm talab qiladi. Usmon Azim she’rlaridan bunga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Hayotda shunday voqealar ham bo’ladiki, unga bir maromdagi ritm torlik qiladi. U bir ritmdan ikkinchi ritmga o’tib turishni talab qiladi. Aslida bu lirik qahramon ruhiyatiga juda bog’liq.
Muhokama uchun savollar:

    1. O’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritm xususiyatini ayting?

    2. Tasvir jarayonida bir ritmdan ikkinchisiga o’tish mumkinmi?

    3. Qanday voqealar o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli ritmni talab qiladi?

Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammolar:


Notekis harakatli ritmning kelib chiqishi hali ilmda bahsli.
4-amaliy mashg’ulot: Ritm nazariyasi
Darsning maqsadi: She’r ritmini matn vositasida talabalarning bilimiga ko’chirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Ritmning ta’rifi va xususiyatlarini anglay oladi.

    2. Tekis va notekis harakatli ritmni farqlaydi.

    3. Notekis harakatli ritm ko’rinishlarini idrok qila oladi.

Kerakli jihozlar:

  1. Qodir Mahsumov, Tuyg’unoy Yunusxo’jaeva o’qigan g’azallar ohangini magnitafon orqali eshittirish.

  2. U.To’ychiev va D.Rajabovlarning kitoblarini ko’rsatish.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Bir me’yorda takrorlanadigan hodisa ritm hosil qilishini hayotiy misollar asosida tushuntirish.

  2. Ritmning ta’rifi va o’ziga xos xususiyatlarini izohlash.

  3. Zarb, marom atamalarining ritmga aloqasini sharhlash.

  4. Ritmik urg’u, ritmik zarb, ritmik marom tushunchalarini misollar vositasida anglash.

  5. Tekis va notekis harakali ritm tabiatini «O’rik gullaganda», «Ko’ngil» she’rlari misolida tahlil qilish.

  6. Ritm haqidagi nazariy bilimni matnga tadbiq qilish.

Mashg’ulotni yakunlash:


Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. A.Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’ri misolida tekis harakatli ritmni aniqlash.

  2. Cho’lponning «Kishan» she’ri misolida notekis harakatli ritmni talabalar tasavvuriga singdirish.

Asosiy adabiyotlar: 1,2,16,18,19,39.

1-modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot:



  1. «She’r poetikasi»- she’rning tuzilishi va u davr o’tishi bilan takomillashib, taraqqiy qilib borishi, unga boshqa xalqlar she’riy shakllari ta’siri, an’ana va nuktadonlikni o’rganadigan fan.

  2. She’r poetikasi monizm, shomonizm, buddizm kabi diniy oqimlar paydo bo’lgandan boshlab shakllana borgan, ayrim janrlar –to’rtlik, marsiya yuzaga kelgan.

  3. O’zbek she’r poetikasining taraqqiyot bosqichlari mavjud bo’lib, u to’rtga bo’linadi. Birinchisi- qadimiy, ikkinchisi- o’rta asrlar, uchinchisi- Sho’rolar davri-sotsiologik oqim, to’rtinchisi-mustaqillik davri.

  4. O’rta asrlarda she’r poetikasi bo’yicha ixtisoslashgan mutaxassislar etishib chiqib, qonunlashgan poetika yaratilgan. Biroq she’rni g’oyaviy-estetik jihatdan o’rganish birinchi rejaga ko’chmagan. Asosan, she’r san’atlari va so’z ma’no taraqqiyotini o’rganish etakchi bo’lgan.

  5. Sho’rolar davriga kelib she’r sotsiologik oqim nuqtai nazaridan o’rganilib, zararli oqibatlarga olib kelindi. Mustaqillik davrida esa she’r poetikasi asliyatiga qaytdi, ya’ni she’r so’z san’ati mezonida o’rganildi.

  6. Badiiy nutqning gultoji nazmiy nutq sayqallangan, mezonlangan va o’lchangan nutqdir. Uning o’ziga xos xususiyatlari mavjud: o’lchovlari-bo’g’in, turoq, qofiya, ritm. U nasriy nutq-sochmadan mutlaqo farq qiladi. Nasriy nutqga so’z, tovush takrori deyarli xos emas, ammo u nazmiy nutqning muhim omili hisoblanadi. Uning og’zaki va yozma shakllari bor.

  7. She’rning «joni» ritmdir. Ritm biror hodisaning me’yoriy va doimiy takrorlanish hodisasidir. U she’rning ohangi, jarangi va pafosini uyushtiradi. Shu bilan birga ritm she’r obrazliligini ifodalaydi. Ritm davr uslubi bilan bog’liq holda o’zgarishga uchrab turadi. U avval tekis harakatli ritm shaklida bo’lgan. 20-30-40-yillar shiddatli, oshkoralik davrining dolg’ali voqealari ta’sirida u notekis harakatli ritmga ko’chdi.

  8. Notekis harakatli ritm ta’kid topuvchi, keskin, isyonkor fikrlarni ifodalovchi eng monand ritm hisoblanadi.

  9. Notekis harakatli ritm oddiy, o’rtacha tezlikdagi notekis harakatli va g’oyani keskin o’zgartiruvchi notekis harakatli ritm ko’rinishlariga ega. Ular she’rning ma’nodor va jarangdor bo’lishiga xizmat qiladi.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling