O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
12-mavzu: G’azal tarhi
Asosiy savollar: G’azalning tarhi masalasi. G’azal tarhi tasnifi. Parokanda va yakpora g’azal tarhi. Tayanch tushuncha va iboralar: G’azal tarhi, yakpora, parokanda, voqeaband, musajja’, musalsal g’azal. Mavzu bo’yicha muammolar: 12.1. Adabiyotshunos O.Nosirov tarh bo’yicha g’azalni yakpora va voqeabandga tasniflaydi. Sizning fikringiz? 12.2. Parokanda g’azal baytlarini tarhiga ko’ra noqis deb bo’ladimi? 12.1- savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga g’azal tarhiga oid qarashlarni singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: G’azal tarhi tushunchasini tasavvur eta oladi. G’azal tarhiga oid bahsga munosabat bildiradi. Navoiyning yakpora va parokanda g’azal borasidagi qarashini idrok etadi. 12.1-asosiy savolning bayoni: G’azal- tuzilish jihatdan o’zining mustaqil unsurlariga ega. Matla’ bayt, maqta’ bayt va oraliq baytlarga bo’linishning o’zi g’azal qurilishi va tartibidan dalolat beradi. Bu Aristotelning tarh ibtido, intiho va oraliqdagi ibora degan fikrini eslatadi. G’azal tarhi qadimdan nazariyaning manbai bo’lsa-da, keyingi davrlarda maxsus va tizimli o’rganila boshlandi. Mavjud ilmiy adabiyotlarda parokanda, yakpora, voqeaband g’azallar haqida fikr boradi. Ammo ular alohida mustaqil g’azallarmi yoki bir turdagi (tip) g’azallarning turli ko’rinishlarimi bu haqda aniq qarashlar yo’q edi. G’azalshunos O.Nosirov ushbu masalaga qo’l urib, g’azal tarhini parokanda va voqeabandga tasniflaydi. Tasnif nixoyatda bir tomonlama. Olim voqeaband g’azal Lutfiydan boshlanib, Navoiyda kamolga etgan degan qarashga moyillik bildiradiki, bu fikr ham bahstalab. Adabiyotshunols A.Jumaxo’jaev voqeaband g’azal Rabg’uziy va Xorazmiydan boshlanganini isbotlab berdi. Ulug’ Navoiy yakpora va poraknda g’azal turlarini birinchilardan bo’lib nazariy asosladi. To’g’ri, ulug’ shoir mazkur atamalarni qo’llagan emas (qarang: Alisher Navoiy, Xazoinul ul-maoniy, 1-jild; T., 1959, 769-770-betlar). Biroq yakpora g’azal Navoiy g’azaliyotining mo’’jizasidir. Navoiyning yakpora g’azallarini o’z asrida Bobur, XX asrda esa Shayxzoda payqab, unga munosib baho berganlar. Muhokama uchun savollar: O’rta asr adab ilmida g’azal tarhi bo’yicha nazariy fikr bo’lganmi? G’azal tarhi haqida Navoiy qanday fikr bildirgan? Navoiyning yakpora g’azallari haqida kim baho bergan? 12.2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: G’azalning tarhga ko’ra tasnifini talabalar bilimiga ko’chirish. Identiv o’g’uv maqsadlari: G’azal tasnifini tushuntira oladi. Voqeaband g’azal tarhini parokanda g’azal tarhidan ajrata biladi. Musajja’ va musalsal g’azallarning tarhini farqlaydi. 12.2-asosiy savolning bayoni: Fanning isbotlashicha, tarh ham mazmun, ham shaklga daxldor. Ammo adabiyotshunos N.Jumaxo’jaev: «kompozitsiya shakl masalasi» (Munis g’azaliyoti, T., 1991, 78-bet), deb qaraydi. Agar tarhga shu tariqa qaralsa, uning g’oyaviy-badiiyatdagi muhim xizmatini bir tomonlama baholagan bo’lamiz. Shunga qaramasdan N.Jumaxo’jaev g’azal tarhi borasida katta izlanishlar qilib, uning tasnifini quyidagicha belgilaydi: 1) parokanda; 2) yakpora; 3) voqeaband; 4) musalsal; 5) musajja’; Shundan voqeaband g’azal tarhiga kelsak, unda poetik fikr uchun turtki bo’lgan voqea-hodisa haqida mulohaza ifodalanadi. Ne xush bo’lg’ayki, bir uyquluq baxtimni uyg’otsam, Kechalar tori mo’yidek beliga chirmashib yotsam. Ikkinchi baytda oshiq yor labidan bo’sa olmoqchi bo’lishi; uchinchisida – Farhod va Majnunlarga ishq o’rgatishga say’i harakat qilishi; to’rtinchisida ko’ngil tutunining buruqsishi, beshinchisi-yor oyyu, quyoshga qiyos qilinishi borasida lirik naql ketadi. Musalsal – tadrijli g’azalda fikr zinama-zina o’sib boradi. Musajja’ g’azalda esa ichki qofiya misra so’nggidagi qofiya bilan tadrijli uyg’unlashadi. Natijada fikrda zich tadrijiylik zuhur topadi. Muhokama uchun savollar: Tarhga ko’ra g’azal tasnifini keltiring? Voqeaband g’azal talqinini Boburning «Ne xush bo’lg’aykim» g’azali misolida tahlil qiling? Musajja’ g’azal tarhini tushuntiring? 12.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarning tasavvurida parokanda va yakpora g’azallar tarhi haqida tushunchani shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: Yakpora g’azalning tarhini nazariy jihatdan sharhlaydi. Parokanda g’azal tarhini yakporadan farqlay oladi. Boburning «Qoldimu?» g’azalini lirik tarh jihatdan tahlil qiladi. 12.3-asosiy savolning bayoni: Yakpora g’azalda matla’dan boshlangan mavzu maqta’gacha bir maromda davom etishi shart. Ya’ni unda bir muammo qo’yiladi va u hal qilinadi. Xatting aro uzoring sabza ichinda lola, Ul chashmi purxumoring loladag’i g’azola. Ikkinchi baytda yor pari va oyga qiyoslanadi; uchinchida- jabru jafo qilishi; to’rtinchida- oshiq hajrida ohu nola chekishi; beshinchida- har bir muktubi yuz sahifadan yuz risola yozishga Bobur tayyorligi haqida fikr ketadi. Ko’rinadiki, fikr bir mavzu atrofida zinama-zina rivojlanib borgan. Porakanda g’azalning har bir baytida alohida mavzu va masala ko’tariladi. Ammo lirik tarhda noqislik va parokandalik deyarlik sezilmaydi. Boburning «Qoldimu?» g’azali bunga yaqqol misol. Muhokama uchun savollar: Yakpora g’azalning musalsal g’azaldan farqini ayting? Parokanda g’azal tarhi bilan yakpora g’azal tarhini ajratib bering? Boburning «Qoldimu?» g’azali qaysi g’azal turiga kiradi? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammo: Tarh jihatdan g’azal tasnifi nisbiydir. Masala atroflicha o’rganishni talab qiladi. 12- amaliy mashg’ulot : G’azal tarhi Darsning maqsadi: Bobur g’azallarining tarhini aniqlab, uni talabalarning amaliy bilimiga aylantirish. Identiv o’quv maqsadlari: Boburning «Xatting aro…» g’azalining yakporalik xususiyatini aniqlay oladi. Boburning «Qoldimu?»g’azalining parokanda tarhini ajratadi. Boburning «Ne xush bo’lg’ayki,…» g’azalining voqeabandlik xususiyatini ilg’aydi. Ishni bajarish tartibi: 1. Porakanda g’azal tarhi bilan tanishish. Yakpora g’azalni Boburning «Xatting aro…» g’azali misolida tushunish. Boburning «Ne xush bo’lg’ayki…» g’azalini voqeabandlik jihatdan tahlil qilish. Musalsal g’azalga misol keltirish. Musajja’ g’azalni Bobur she’ri misolida o’rganish. Lirik tarh tabiatini misol vositasida ocha bilish. Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: Navoiyning «Qaro ko’zum…» g’azalini lirik tarh jihatidan tahil qilish. 2-topshiriq: Navoiyning «Kecha kelgumdur debon…» g’azalining tarhini aniqlash. Adabiyotlar: 6,8. 3-modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot: She’r poetikasi tahlili mo’’jaz tarzda tafsil, timsol, obraz va so’z san’atkorligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bu she’rning sof poetikasi deb yuritiladi. She’r, eng avvalo, yaratilish tarixi, tafsillari, timsollari, obrazlari va nihoyat badiiy xususiyatlari jihatidan tahilil qilinadi. Shu bilan birga tafsil va timsolning she’r ritmi hamda poetik mantiqqa mosligi kuzatiladi. Lirik tarh poetikaning yirik qismini tashkil qiladi. She’r tarhi 50-yillarda keng munozaraga bois bo’lgan. Unda she’rning syujetli va syujetsiz bo’lishi haqida ham mulohaza ketdi. Lirikada kompozitsiya his- tuyg’u tadrijining mutanosibligidir. Lirikada she’r kompozitsiyasi to’rtga bo’linadi. Qisqasi, she’rda kechinma, his-tuyg’u va fikr mantiqi tajrijli lirik tarhni tashkil qiladi. Kichik lirik janrlar poetikasida fard, tuyuq va ruboiy janrlari o’rganiladi. Har uchala janr - poetik jihatdan maxsus hususiyatlarga ega. Fard ikki misradan iborat bo’lib, masnaviy tarzda qofiyalanadi va birinchi misra ikkinchi misraga mantiqiy bog’lanadi. Fard aforizmga aylanadi. Tuyuq a a b a shaklda qofiyalanib, tajnisga asoslanadi. Ruboiy-axloqiy-ijtimoiy-siyosiy va falsafiy ma’no hamda mavzudagi maxsus to’rtlik shakli. U a a b a yoki a a a a shaklida qofiyalanadi, uning o’ziga xos kompozitsiyasi mavzjud. G’azal o’zbek adabiyotshunosligida tizimli ravishda asrimizning so’nggi choragida o’rganildi. Uning poetikasi borasida Navoiy va Boburlar tahsinga sazavor fikrlarni bildirganlar. Yaqin yillargacha tarhga ko’ra g’azal voqeaband va parokandaga tasniflangan edi. Hozircha uning besh turi ilmda aniqlandi. G’azal tarhi uning ham mazmun, ham shakl jihatini tayin etadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling