O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


«She’r poetika»si kursidan seminar mashg’ulotlari


Download 1.31 Mb.
bet26/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

«She’r poetika»si kursidan seminar mashg’ulotlari
1-seminar mashg’uloti: Bobur g’azallarining lirik qahramoni
Darsning maqsadi: Bobur lirik qahramonlarini shoir g’azallari matni bilan bog’liq holda talabalarga tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Bobur g’azallaridagi shoir obrazini tasavvur qiladi.

    2. Shoir g’azallarida oshiq timsolini idrok etadi,

    3. Bobur g’azallarida ma’shuqa obrazini payqaydi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Seminar Boburning «Hazon yaprog’i…»g’azali misolida olib boriladi.

  2. G’azalning bosh lirik qahramoni Boburning o’zi ekani aniqlanadi.

  3. Bosh lirik qahramon o’rni bilan ma’shuqa obraziga murojaat qilib, ruhiyatini engillashtirishi.

  4. Bobur Vatan sog’inchini o’z kayfiyatiga qo’shib yuborishi.

  5. Vatan chamani xurram qolib, Bobur esa xazon bargidek borishi.

  6. Bobur ta’na va ta’rifni birday eshitishi.

  7. G’azalda ochiq ko’ngil, dunyoning achchiq-chuchugini barobar tortgan mardi maydon Bobur gavdalanishi.

  1. Topshiriq: Xazon yaprog’i poetik timsolining nazmiy ma’no ohanglarini o’rganish.

  2. Topshiriq: G’azalda tanosib va tazod san’atlarini kuzatish.

Adabiyotlar: 5,6,20.
2-seminar. Bobur g’azallari tarhi
Darsning maqsadi: Boburning «Qoldimu?» g’azali asosida porakanda va yakpora g’azal tarhini talabalarga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari.

    1. Yakpora g’azal tarhini farqlay oladi.

    2. Boburning «Qoldimu?» g’azali porakanda tarh ekanini idrok etadi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Seminar Boburning «Qoldimu?» g’azali misolida olib boriladi.

  2. G’azaldagi tushunarsiz so’zlar lug’ati tuziladi.

  3. G’azalning mavzu va g’oyaviy-falsafiy pafosi aniqlanadi.

  4. Birinchi baytdagi lirik qahramon charxning butun azobu uqubatlarini tortganiga fikr qaratiladi.

  5. Ikkinchi baytda teskari dunyo o’zining do’stiga yaxshilik, parvarish qilib, oshiqni e’tiborsiz qoldirganiga to’xtalinadi. Shu ikki bayt tahlilidan ayonlashadiki, g’azal tarhi porakanda ekan.

  6. Qolgan uchinchi, to’rtinchi va beshinchi baytlar ham shu tartibda tahlilga tortiladi.

1-topshiriq: 1) «Xazon yaprog’i» g’azalidan tafsil va timsollarni ajratib chiqish;
Mazkur g’azalda uchraydigan she’r san’atlarini aniqlash.
Aadabiyotlar: 5,6,20,27.
3-seminar: Bobur g’azallari poetikasi
Darsning maqsadi: Boburning «G’urbatda ul oy xajri meni pir qilibtur» g’azali misolida g’azal poetikasi haqida talabalar bilimlarini chuqurlashtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. G’azal poetikasi haqida nazariy tushunchaga ega bo’ladi.

    2. Boburning «G’urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur» g’azalini poetik jihatdan tahlil qila oladi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Seminar Boburning «Ul oy hajri meni pir qilibtur» g’azali asosida olib boriladi.

  2. G’azaldagi notanish so’zlar lug’ati tuziladi.

  3. Ayrim turg’un poetik tafsil va timsollarga sharh beriladi.

  4. G’azalning mavzusi, g’oyasi, falsafiy yo’nalishi aniqlanadi.

  5. G’azalning lirik tarhi belgilanadi.

  6. G’azaldagi timsol va poetik obrazlar (yor va Vatan) izohlanadi.

  7. G’azaldagi husni ta’lil va boshqa san’atlar o’rganiladi.

Topshiriq: A) g’azal qofiyasi ravi nuqtai nazaridan o’rganiladi;
B) g’azalning vazn taqti’si belgilab chiqiladi.
Adabiyotlar: 5,6,12,20.
4-seminar: Cho’lponning «Go’zal» she’ri poetikasi.
Darsning maqsadi: Cho’lponning «Go’zal» she’ri misolida talabalar shuuriga poetik lirizmni singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. «Go’zal» she’ridagi lirizmni idrok eta oladi.

    2. She’rdagi noma’lum suyuklining go’zalligini ilg’aydi.

    3. She’r «sehr» ekanini ushbu she’r misolida payqaydi.

Ishni bajarish tartibi:



  1. Seminar Cho’lponning «Go’zal» she’ri misolida olib boriladi.

  2. She’rdagi suyukli kimligi haqida muammo qo’yiladi. Bahs orqali har kim o’z qarashini ifodalaydi.

  3. She’rdagi lirizm suyukli tasviri orqali anglashiladi.

  4. Yulduz, oy, quyosh timsollari izohlanadi.

  5. She’rdagi tush usuliga alohida e’tibor beriladi.

  6. She’r tahlili jarayonida Cho’lpon lirik shoir sifatida gavdalanishiga e’tibor qaratiladi.

Topshiriq: She’rdan tajnis, tazod san’atlari aniqlanadi va


ularning badiiy «yuki» izohlanadi.
Alabiyotlar: 5,6,112,20,27.
5-seminar: Cho’lponning «Buzilgan o’lkaga» she’ri poetikasi
Darsning maqsadi: Cho’lponning «Buzilgan o’lkaga» she’ri misolida talabalarda ijtimoiy lirika haqida tasavvur tug’dirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. «Buzilgan o’lkaga» she’ri yaratilgan davrni izohlay biladi.

    2. She’rda hurriyat deb qayta aldangan va talangan o’lka qiyofasini idrok etadi.

    3. She’rning ijtimoiy pafosini tushunadi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. Seminar «Buzilgan o’lkaga» she’ri misolida olib boriladi.

  2. She’rdagi ijtimoiy atamalarga izoh beriladi.

  3. She’r yaratilgan davr milliy o’lkaning qaytadan oyoq osti bo’lishi tushuntiriladi.

  4. Turkiston muxtoriyati tarafdorlarining o’qqa tutilishidan keyingi o’lka qiyofasi she’rda ifodalangani sharhlanadi.

  5. She’rda ijtimoiy muammolar ramziy obrazlarda ochib berilishi tahlil qilinadi.

Topshiriq: She’rdagi tafsil, timsol, ramz va poetik obrazlar aniqlanadi hamda izohlanadi, daftarga qayd qilinadi.
Adabiyotlar: 5,6,12,20,27.
6-seminar: Cho’lponning «Kleupatra uyqusi» she’r poetikasi
Darsning maqsadi: «Kleupatra uyqusi» she’ri misolida sevgiga sadoqat tuyg’usini talabalarda singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Kleopatraning tarixiy shaxsligini tushunadi.

    2. «Kleupatra uyqusi» she’rini Cho’lponning «Kleupatra» hikoyasi bilan muqoyasa qila oladi.

    3. «Kleupatra uyqusi» she’ri ishq madhi ekanini anglaydi.

Ishni bajarish tartibi:

  1. «Jahon tarixi» darsligidan Kleopatra hasbi holi o’rganiladi.

  2. U sevgini ko’ngilxushlik deb bilgani tufayli salbiy timsolga aylangani uqtiriladi.

  3. Jumladan, Cho’lponning «Kleupatra» hikoyasidagi musaffo sevgidan masuvo malika haqidagi rivoyat keltiriladi.

  4. Hikoya zamiridan «Kleupatra uyqusi» she’rining tug’ilishi.

  5. She’r poetikasiga e’tibor qaratiladi.

Topshiriq: 1.1. Cho’lponning «Kleupatra» hikoyasi bilan uning shu nomdagi she’ri qiyosiy o’rganiladi.
1.2.She’rdagi poetik obrazlar aniqlanadi



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling