O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov
-mavzu: Fasohat (figuralar)uslubiy vositalar
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
7-mavzu: Fasohat (figuralar)uslubiy vositalar
Asosiy savollar: 7.1. Nazmda fasohat - gap qurilishining o’ziga xosligi. 7.2. Fasohatda nazmiy ma’no jilolari. 7.3. Fasohatda tasviriylik, ifodalilik va obrazlilik. Tayanch tushuncha va iboralar: Fasohat, poetik sintaksis, inversiya, ritorik so’roq-istifhom, iltifot. Mavzuga oid muammolar: O’zbek adabiyotshunosligida fasohat uslubiy vositalarining poetik sintaksis qismi to’liq o’z echimini topgan, deb o’ylaysizmi? 7.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Nazmiy nutqda fasohat-gap qurilishining o’ziga xos qonuniyatlari va uning badiiyatdagi mavqeini talabalar tasavvurida shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: 7.1. Nazmiy nutqda gap qurilishi bilan nasriy nutqdagi gap qurilishini farqlaydi. 7.2. Fasohatda so’z va so’z birikmasi takrorining ifodalilik va badiiy jarangdagi vazifasini ilg’ay oladi. 7.3. Fasohat bilan bog’liq bir qator she’r san’atlarining mohiyati haqida tushuncha hosil qiladi. 7.1-asosiy savolning bayoni: Balog’at(ko’chim)ning asosini so’z, fasohatning negizini gap va gap qurilishi tashkil qiladi. Gapda so’zlarning o’rni, o’rin almashishi, takrori nazmiy nutqning jozibadorligi va ohangdorligini ta’min etadi. Joziba va ohang-ifodalilikka aloqador. Ifodalilik esa fasohatning maxsus tasviriy vositalari orqali amalga oshadi. Tasviriy vositalar maxsus ko’rinish va nomlarga ega. Balo ko’hsorining Farhodi men-men, Junun tasvirining Behzodi men-men. (Munis) Baytning fasohatini ochsak, quyidagilar ayonlashadi: 1) men-men ikki marta takrorlanishi grammatikada noqis hisoblanadi, ammo nazmiy nutqda radif bo’lib, ohangdorlikni bajarib kelmoqda; 2) jonli tilda «balo ko’hsori», «junun tasviri» deyilmaydi, ular poetik nutqni mubolag’alashtirib, tasviriylikni ko’chaytirgan; 3) «Farhodi men-men» – «Behzodi men-men» kabi so’z birikmalari ham faqat poetik nutqga xos bo’lib, ular nazmiy talmeh hisoblanadi. Nazmiy nutqda so’zlarning o’rni va o’rin almashib kelishi poetik sintaksisda o’rganiladi. Poetik sintaksis nazmiy nutq tarkibini o’rganib, uni ifoda, tasvir va obrazlilikdagi mavqeini belgilaydi. Inversiya bosh bo’laklarning o’rin almashib kelish holatiga aytiladi. Bir dram olmoq chekibon dast ranj, Yaxshiroq ondinki, birov bersa ganj. (Navoiy) Ega - birov jumla oxirida, kesim- yaxshiroq boshida kelgan. Buni aruz vazni va qofiya talab qilgan. Jumlada gap bo’laklarining o’rin almashib kelishidan tashqari ular qatorlashib, ketma-ket kelishi ham mumkin. Bu holat ta’did san’atini yuzaga keltiradi. Muhokama uchun savollar: 7.1.1. Nazmiy va nasriy nutqdagi gap qurilishining farqlarini ayting? 7.1.2. Poetik sintaksis haqida ma’lumot bering? 7.1.3. Poetik nutqda gap bo’laklarining ketma-ket kelishiga misol keltiring? 7.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Fasohatda so’roq gaplar va undov so’zlarning o’rni va ularning poetik fikrdagi mavqei talabalarga singdiriladi. Identiv o’quv maqsadlari: 7.2.1. Gap urg’usi poetik ma’noga ta’sir qilishi va uning natijasida ifodalilik zuhur topishini payqaydi. 7.2.2. Poetik nutqdagi so’roq gaplar javobsiz, savol-javob gaplar, albatta, javobli bo’lishini so’z san’ati nuqtai nazaridan tasavvur etadi. 7.2.3. Poetik nutqda undov so’zlarning fikrga alohida ma’no yuklashini idrok etadi. 7.2-asosiy savolning bayoni: Gap ma’nosining o’zgarishida gap urg’usining mavqei alohidadir. Gap urug’isi tufayli ma’no ta’kid topadi, da’vat kuchayadi. O’rni bilan munosabatni ham anglatadi. Grammatikada so’roq gaplar javob talab qiladi, ammo poetik nutqda bunday gaplarning javobi kutilmaydi. Javobsiz so’roq gap istifhom deyiladi. Bu san’at sirasidan savol – javob san’ati paydo bo’lgan. Unda berilgan savolga javob qaytariladi. «Nuqta lab ustida bejodur», - dedim, aydi kulib; «Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahririda». (Furqat) Nutqda gap urg’usidan tashqari misraning biror bo’lagi ohang (ovoz) jihatidan keskin o’zgarib ketishi mumkin. Buning vositalari turlichadir. Undov so’zlarning ishtiroki bilan ham she’r ohangida o’zgarish sodir bo’ladi. Hama obod bo’ldi, bo’lmadim men obod dastingdan, Ki men har qayga borsam dod etarman, dod dastingdan! Uyushiq bo’lak orasida bog’lovchining qo’llanishi va qo’llanmasligi ham she’r ohangiga tasir qiladi. Bog’lovchisiz kelsa ritmik ohang ortadiki, pasaymaydi. Amr va nahiy buyruq va man’ etish ma’nolalarini ifodalaydi. Boburning «Har kimki vafo qilsa vafo topqusudur» ruboiysi bunga yaqqol misol bo’ladi. Taajjub va nido san’atlari ham she’r ovozi va ohangigi ta’sir etuvchi fasohat vositalaridir. Muhokama uchun savollar: 7.2.1. Gap urg’usi vositasida hosil bo’ladigan istifhomga izoh bering? 7.2.2. So’roq gaplar vositasida paydo bo’ladigan she’r san’atlari haqida tushuncha bering? 7.2.3. Buyruq, taajjub, nido ma’nosidagi gaplarning poetik nutqdagi mavqeini tushuntiring? 7.3- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Poetik sintaksisning tardi aks, tasbe, tasdir, mukarrar, takror, aks, qaytariq kabi ko’rinishlari haqida talabalar tasavvurini boyitish. Identiv o’quv maqsadlari: 7.3.1. Poetik nutqda (gap) so’zlarning o’rin almashib kelish vositasida yuzaga kelgan tasbe, tasdir, aks san’atlarini tasavvur qiladi va amaliyotda qo’llay oladi. 7.3.2. Nazmiy nutq (gap)da takrorlashga asoslangan mukarrar va takror san’atlarni payqaydi. 7.3.3. Aks va qaytariq san’atlarni idrok etadi. 7.3.-asosiy savolning bayoni: G’arb donishmandlaridan biri she’r eshitish va ko’rishga mo’ljallanagan poetik nutqdir degan edi. Shu ma’noda poetik nutqda shunday she’riy san’atlar mavjudki, uning ko’rinishi alohida manzarani tashkil qiladi. Uning bir turi qaytariqdir. So’z va jumla qaytariqlarining aslida misra yoki band ohangdorligi va fikriy ta’kidni hosil qilishda xizmati alohidadir. Takror va qaytariq san’atlari misralarning mutanosibligi, fikriy tanosib va til jozibadorligini ta’min etadi. Joziba va ohang esa ifodalilikka ta’sir qiladi. Ko’zing ne balo qaro bo’libtur, Kim jonga qaro balo bo’libtur. Shoir Mirzabekning ushbu baytida «balo qaro» birikmasi ajoyib xushohanglikni uyushtirmoqda. Ma’no tarovatida ham nafislik bor. Tasbeda misra oxiridagi so’z ikkinchi misraning boshlanishi, tasdirda misra boshidagi so’z ikkinchi misra so’nggi bo’lib keladi. Onajonim, bunday qilma Bunday qilma, onajon! Baytda iltijo yanada kuchaytirilgan. Mukarrarda bir so’z yonma-yon takrorlanib, chiziqcha bilan yoziladi. Takrorda esa bir so’z shundayicha takrorlanadi. Aks san’ati zamonaviy she’rshunoslikda krest shakl deb ham yuritilgan. Unda misra turog’ining o’rni almashilib, qaytalanadi. Qaytariqda esa bir so’z yoki jumla misraning o’zida takrorlanadi: Yuraging – el yuragi. (E.Vohidov) Muhokama uchun savollar: 7.3.1. Aks san’atining gap qurilishi va bayt ohangdorligidagi xizmatini ayting? 7.3.2. Tasbe va tasdir san’atlarining misralar munosabatini uyushtirishdagi mavqeini tushuntiring? 7.3.3. Qaytariq san’atidagi tovush jarangdorligini misollar vositasida ifodalang? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammolar: Poetik sintaksisning obrazlilikdagi vazifasi atroflicha tadqiq qilinishi kerak. 7-amaliy mashg’ulot: Fasohat usulubiy vositalar Darsning maqsadi: Fasohat uslubiy vositalarni misollar vositasida talabalar tasavvuriga singdirish. Identiv o’quv maqsadlari: Poetik sintaksisni misollar vositasida tushuntiradi. Istifhom va savol – javob kabi fasohat uslubiy vositalarni tasavvur qiladi. So’z takrori va qaytarig’i vositasida hosil bo’ladigan san’atlarning ifodalilikdagi o’rnini tushuntira biladi. Kerakli jihozlar: Abdulla Oripovning «Saylanma»si va boshqa kitoblar. Ishni bajarish tartibi: Gap qurilishining grammatika va poetik nutqdagi tartibini farqlash. Poetik sintaksisning vazifasi sanaladi. So’roq ma’nosini bildirgan gaplar vositasida qanday san’at sodir bo’lishini aniqlash. Tasbe, tasdir, mukarrar, aks san’atlarini fasohatdagi o’rni misollar vositasida sharhlanadi. Aks va qaytariq san’atiga A.Oripov she’rlaridan misollar ishlanadi. Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq: 7.1.1. Ungurlarda sakraydi ohu Na’matakda sa’va mittijon baytining nasriy bayonini yozish orqali poetik sintaksisni aniqlash. Qorliklardan sipqorilgan suv, Daralarda uradi javlon baytini gap bo’laklari jihatdan tahlil qilib, unda qo’llanilgan she’r san’atini aniqlash. Asosiy adabiyotlar: 1,2,3,9,12,22,27. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling