O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


Download 1.31 Mb.
bet19/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

6-mavzu: Uslubiy vositalar
Asosiy savollar:

    1. Uslubiy vositalarning tasvirdagi o’rni va tasnifi.

    2. Sodda ko’chimlar.

    3. Murakkab ko’chimlar.

Tayanch tushuncha va iboralar:
Uslubiy vosita, sodda ko’chimlar-sifatlash, tashbeh; murakkab ko’chimlar-istiora, tashxis.
Mavzuga oid muammolar:

    1. Uslubiy vositalarni evropacha atamalar bilan nomlash hamon hukm surmoqda, ularni sharq atamasi bilan atashga sizning munosabatingiz?

6.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Uslubiy vositalar va uning sodda hamda murakkab turlari borasida talabalarda bilim hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.1.1. Uslubiy vositalarning poetik tasvirdagi mavqeini idrok etadi.
6.1.2. Sodda ko’chimning o’ziga xosligini anglaydi.
6.1.3. Murakkab ko’chimning o’ziga xos sirlarini payqaydi.
6.1-asosiy savolning bayoni:
Nazmiy nutqda leksik va uslubiy vositalar muhim o’rin tutadi. Uslubiy vositalar badiiy nutqning tasviriy vositalari hisoblanadi. U tasvirda maxsus badiiy vazifa o’taydi: 1. Voqea-hodisani obrazli ifodalash; 2. Nutqning ifodaliligini oshirish; 3. Narsa-hodisa, shaxs xarakterini qisqa, aniq va obrazli tasvirlash yoki ifodalash.
Tasviriy vositalarning asosida ma’no ko’chish yotadi. Badiiy tasvir vositalari-badiiylik ilmining asosi. Badiiy tasvir vositalar- she’rning «joni» va «tani». Ko’chim arab va forslarda majoz, evropa tillarida trop deb yuritiladi. Ko’chim quyidagi xususiyatlarga ega.
Ko’chim yaqin va uzoq o’xshashlikka asoslanadi. Ko’chim quyidagi xususiyatlarga ega: 1) biror narsaning belgisi ikkinchisining narsa-hodisaga ko’chirilishi; 2) biror narsaning nomini ikkinchisi bilan almashtirish; 3) so’zni ko’chma ma’noda qo’llash.
Ko’chim ana shu tabiatiga ko’ra sodda va murakkabga tasniflanadi. Ko’chim o’xshashlikka, mantiqga, hayotiy moslikka asoslanishi shart.
Mantiqiy moslik:
Qading sarvu, sanobardek beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Moslik: yor qaddi sarv, sanobar; beli qildek ingichka. Agar yor qaddini go’zallikda majnun tolga qiyos qilinsa, mantiq buzilgan bo’lar edi. Mantiq buzilgan tashbehlar ham ko’plab uchraydi.
So’zning ma’no ko’chishi:
Gul bo’lib, gul-gul yonib,
Gulshan aro Gulchehralar.
Muhokama uchun savollar:
6.1.1. Uslubiy vositalarning badiiy mohiyatini so’zlang?
6.1.2. Ko’chimning xususiyatlarini tavsiflang?
6.1.3. Ko’chimni misollar orqali tushuntiring?
6.2–asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Sodda ko’chim turlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan talabalar tasavvuriga singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.2.1. Sodda ko’chimning bosh alomatlarini idrok qila oladi.
6.2.2. Sodda ko’chim turlarini misollar vositasida tasavvur eta oladi.
6.2.3. Tashbehni tasniflab, misollar keltira oladi.
6.2- asosiy savolning bayoni:
Sodda ko’chim belgi, shakl va mohiyat o’xshashlikka asoslanadi. U o’xshatish (tashbeh) va sifatlashga tasniflanadi. Insoniyat qiyoslash, o’lchash va taqqoslash natijasida o’z nutqiga aniqlik, ifodalilik, jonli tasvir va ta’sirchanlik baxsh etgan. Ayniqsa o’xshatishdan unumli foydalangan. O’xshatish fikrda oydinlik, ifodalilik, obrazlilik yuzaga keltirdi. Tashbehning etti navi keng istifoda etiladi: 1) tashbehi mutlaq (tom, sarih turlari mavjud); 2) tashbehi kinoyat; 3) tashbehi mashrut; 4) tashbehi izmor; 5) tashbehi tavze’; 6) tashbehi aks; 7) tashbehi musalsal.
Tashbehi mutlaqda (doimiy o’xshatish) o’xshatishning to’rt unsuri to’liq ishtirok etadi.
O’n sakkizga kirgan qishloq qizlarining yuzidek,
Qip-qizargan yuzlaringdan bir o’pich ber, shaftoli. (Cho’lpon)
O’xshash narsa-shaftoli, o’xshatilgan narsa- qizlarning yuzi, o’xshash belgi-go’zallik, o’xshatish vositasi-dek qo’shimchasi. Tashbehi kinoyatda o’xshagan narsa tushib qolib o’xshatilgan narsa qatnashadi:
Zo’r karvon yo’lida etim bo’tadek,
Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh.
O’xshagan narsa yig’layotgan shaxs tushib qolgan. O’xshatilgan narsa etim bo’ta ishtirok etmoqda xolos.
Sifatlash mumtoz adabiyotda tansiq as-sifat deb yuritiladi, ya’ni sifatlarni tizish ma’nosini beradi. Shoir ma’shuqaning ko’rkam va go’zalligini bir sifat orqali tavsiflash bilan cheklanmaydi. Zebolik olamida nimaiki bo’lsa ma’shuqaga nisbat beraveradi. Bu ham ijodkorning tahayul dunyosining miqyosidan dalolat beradi.
Bugun erta turib tongni ko’rdim,
Oq shohi ro’moli boshida. (Uyg’un)
Sifatning qatorlashib kelishi she’riyatda serob uchraydi.
Muhokama uchun savollar:
6.1. Uslubiy vositalarni tavsiflang?
6.2. Sodda ko’chimni tavsiflang va uning tashbeh turini izohlang?
6.3. Tashbehning mutlaq navini misollar vositasida tushuntiring?
6.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarning ko’chim va uning turlari bo’yicha mavjud bilimlarini chuqurlashtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

      1. Murakkab ko’chimlarni tasniflaydi.

      2. Murakkab ko’chim turi-istiorani misol asosida sharhlay biladi.

      3. Murakkab ko’chimning turi-tashxisni boshqa ko’chimlardan farqlay oladi.

6.3- asosiy savolning bayoni:
Sodda ko’chimlarda o’xshatishning deyarli barcha unsurlari ishtirok etadi. U belgi va o’xshashlikka asoslanadi. Murakkab ko’chimda uning bir yoki ikki unsuri mantiqan tushib qoladi. Boshqacha aytganda, birining nomi o’rniga ikkinchisini keltirish yoki birining qismi o’rniga butunni, butuni orqali qismni anglatish murakkab ko’chimni yuzaga keltiradi.
Murakkab ko’chimning istiora turi ikki narsa hodisa o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi, ammo uning biri tushib qoladi. Aristotelning aytishicha, topishmoq mo’’jaz istioradir. Masalan: ko’k ko’ylakka g’o’za yoydim topishmog’i quyidagicha tashbehi mutlaqdan paydo bo’lgan: osmon singari ko’ylakka yulduz kabi g’o’za yoydim. Shundan o’xshagan narsalar osmon va yulduz tushib qolib, istiora yuzaga kelgan.
Tashxis (jonlantirish) jonsiz narsaga inson xususiyatini berish san’atidir. Uning intoq turi tasvirga alohida joziba bag’ishlaydi:
Yoshligim, kel, qayta to’lgan
Qalbim oltin sozi bo’l,
Men qo’shiq aytay to’lib
Bir lahza jo’r ovozi bo’l. (E.Vohidov)
Metonimiya (yunoncha boshqa nom bilan aytaman ma’nosida) ikki narsa–hodisa o’rtasidagi uzoq- yaqinlikka asoslanib, birining nomini ikkinchisi bilan atash san’atidir.
Sinekdoxa qism bilan butunni, butun bilan qismni ifodalash san’atidir.
Men buyuk yurt o’g’lidurman,
Men bashar farzandiman. (E.Vohidov)
Shuningdek, kinoya, antifraza, perifraza (tanosib), ramz (belgi)lar ham murakkab ko’chimlar sarasiga kiradi.
Muhokama uchun savollar:
6.3.1. Sodda va murakkab ko’chimlarning farqini ayting?
6.3.2. Istioraning topishmoqqa munosabatini sharhlang?
6.3.3. Murakkab ko’chim -tashxis turini misollar bilan tushuntiring?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammolar:
Tashbeh va tashxis bo’yicha yirik tadqiqotlar talab qilinadi.
6-amaliy mashg’ulot: Uslubiy vositalar
Darsning maqsadi: Uslubiy vositalar- sodda va murakkab ko’chimlar borasidagi bilimlarni talabalarda chuqurlashtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.1. Uslubiy vositalarning ifodalilik va obrazlilikdagi mohiyatini anglab oladi.
6.2. Sodda ko’chimlarning badiiylikdagi mohiyatini payqaydi.
6.3. Murakkab ko’chimlarni tasniflay oladi.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Mavzu GulDU da tayyorlangan «She’r poetikasi» o’quv-uslubiy majmua (Guliston, 2005 y), V.Rahmonovning «She’r san’atlari» (T., 2001 y) risolasi asosida yoritiladi.

  2. Uslubiy vosita va ko’chim tushunchalarini izohlash.

  3. Uslubiy vositalar tasniflanadi va sodda ko’chimlarning o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi.

  4. Murakkab ko’chimning xossasi izohlanadi va uning tasnifi keltiriladi.

  5. Tashbeh va istioraga E.Vohidovning «O’zbegim» she’ridan misollar aniqlab chiqiladi.

Mashg’ulotni yakunlash:


Mustaqil ish topshiriqlari:
1-topshiriq: Cho’lponning «Go’zal» she’ridan sifatlash aniqlanadi va daftarga ko’chirib yoziladi.
2-topshiriq: Cho’lponning mazkur she’ridan tashbeh va istiora aniqlanadi va daftarga qayd qilinadi.
Adabiyotlar: 1,14,18,23.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling