O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov
- mavzu: Kichik lirik janrlar poetikasi
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI
11- mavzu: Kichik lirik janrlar poetikasi
Asosiy savollar: Fard janri poetikasi. Tuyuq janri poetikasi. Ruboiy janri poetikasi. Tayanch tushuncha va iboralar: Kichik lirik janr, fard, tuyuq, ruboiy. Mavzuga oid muammolar: Fard yozilajak g’azalning matla’si deyiladi, bunga sizning fikringiz? Ruboiy turkiy nazmdagi to’rtlikdan kelib chiqqan degan qarashga munosabat bildiring? 11.1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Kichik lirik janrlar poetikasi bo’yicha bilim berish. Identiv o’quv maqsadlari: Fard janri haqida to’liq tasavvurga ega bo’ladi. Tuyuq janri poetikasini anglay oladi. Ruboiyning tarhini farqlaydi. 11.1-asosiy savolning bayoni: Sharq she’riyatida kichik lirik janrlar nihoyatda ko’p. Birgina Navoiy o’n oltita poetik lirik janrlardan foydalangan. Mumtoz she’riyatda bir misradan o’n misragacha bo’lgan she’rlar maxsus janrlarni tashkil qiladi va ular alohida nomlanadi. Shundan fard, tuyuq va ruboiy janrlari poetikasi bo’yicha to’xtalamiz. Fard (arabcha-yakka, yolg’iz ma’nosida) bir baytdan iborat eng kichik mumtoz lirik janrdir. U tugal poetik ma’noga ega bo’lib, masnaviy shaklida qofiyalanadi. Har ikki misra bir- biriga mazmunan va tarh jihatdan nihoyatda mustahkam bog’langan bo’ladi. Uning uch turi mavjud: mufradot fard, tajnisli fard, oddiy fard. Mufradot fardga: Bu gulshan ichraki, yo’q baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot. Saodat so’zidan ot chiqsa, Sa’diy ismi kelib chiqadi. Fard shoir mahoratini namoyish qiladigan eng mo’’jaz lirik janrdir. Ulug’ Navoiy bu janrda 86 fard yozgan. Muhokama uchun savollar: Fard so’zining lug’aviy ma’nosini izohlang. Fard lirik janriga aniqlama bering. Fard janrini tasniflang. 11.2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarning tuyuq janri bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish. Identiv o’quv maqsadlari: Tuyuq haqida Navoiy va Bobur ta’riflarini keltira oladi. Tuyuqning xalq og’zaki ijodi va mumtoz she’riyatdagi ko’rinishlarini farqlay biladi. Tuyuq qofiyasining tajnis bo’lishini idrok qiladi. 11.2- asosiy savolning bayoni: Tuyuq-qadimgi turkiy xalqlar she’riyatining lirik – janri. Uning kelib chiqishi qadim turkiy to’rtliklarga borib taqaladi. Keyinchalik mumtoz she’riyat ta’sirida aruz va mumtoz qofiya tizimida yoziladigan bo’lgan. Unda ulug’ Navoiy «Birisi, «tuyuq»turkim, ikki baytda mukarradur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg’ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim»: Yorab ul shahdu shakar yo labmudur, Yo magar shahdu shakar yolabmudur, Foilotun foilotun foilotun Jonima payvasta navak atqali, G’amza o’qin qoshig’a yolabmudur. Foilotun foilotun foilotun. Mirzo Bobur ham «Risolai aruz» kitobida tuyuqqa mukammal baho beradi. Tuyuq turklarda ma’ni, turkmanlarda la’li, ozarlarda bayot deb yuritiladi. Mumtoz adabiyotda Burhoniddin Sivasiy, Lutfiy, Navoiy, zamonaviy adabiyotda Habibiy, Charxiylar tuyuq ijod qilganlar. Muhokama uchun savollar: Tuyuqning qofiya xususiyatini sharhlang? Tuyuq haqida Navoiy aniqlamasini keltiring? Tuyuqda kimlar ijod qilgan? 11.3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarning ruboiy bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish. Identiv o’quv maqsadlari: Ruboiy janrining axloqiy-falsafiy xususiyatlarini anglay oladi. Ruboiyning vazni va qofiyasini farqlaydi. Ruboiyning tarh xususiyatini Bobur ruboiysi misolida tushuntira biladi. 11.3-asosiy savolning bayoni: Ruboiy (arabcha-to’rtlik demakdir) Sharq she’riyatining eng qadimiy va shuhratli janridir. Turkiy xalqlar she’riyatida uning paydo bo’lish o’ziga xos tarixi mavjud. «Devoni lug’atit turk»dagi ayrim to’rtliklar ruboiyni eslatadi va uning inkishofi juda qadimlarga borib taqalishini isbotlaydi ham. Ayrim qarashlarga ko’ra ruboiy to’rtlikdan, ba’zi manbalarga qaraganda fors adabiyotida tug’ilgan, so’ng arab, urdu va boshqa xalqlar she’riyatiga ko’chgan deyiladi. Hali bu masala o’zining tugal echimini topganicha yo’q. Ruboiy – o’ziga xos tarhga ega. Birinchi misra tezis, ya’ni boshlanma, ikkinchisi– antitezis, uchinchisi - fikr rivoji, to’rtinchisi- xulosadan iborat bo’ladi. Ba’zi ruboiylarning birinchi va ikkinchi baytida tezis kelishi mumkin. U axloqiy, ishqiy-ijtimoiy-falsafiy-siyosiy fikrlarni o’zida yuksak badiiy yo’sinda ifodalaydi. Uning o’zbek adabiyotida inkishofi XII asrdayoq to’liq shakllangan, janr sifatida kamoli Navoiy, so’ng Bobur ijodi bilan bog’liq. Munis va Ogahiylar ishqiy, axloqiy ruboiylarga ravnaq berdi. Zamonaviy she’riyatda Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yo’ldosh kabilar qalam tebratib, ijodiy muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ruboiy-notakror lirik janr. Bu uch holatda:1)qofiya tizimi (a a b a, a a a a); 2) vazn (hazaji ahram, axrab); 3) keng hayotiy-falsafiy fikrni mo’’jaz ifodalashda ko’rinadi. Zamonaviy she’riyatdagi ruboiylarda qofiya tizimi saqlansa-da, ammo vaznga rioya qilinmagan. Ularni ruboiy deyishdan ko’ra dubayta deyish ma’qulroq. Kuylanadigan yoki a a a a shaklda qofiyalangan turi ruboiyi tarona deb yuritiladi. Muhokama uchun savollar: Ruboiyning to’rtlikdan farqini ayting? O’zbek adabiyotida ruboiy inkishofini sharhlang? Ruboiyning o’ziga xos tarhiga aniqlama bering? Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan muammo: Zamonaviy ruboiylar vazn jihatidan to’liq o’rganilgan emas. 11-amaliy mashg’ulot: Kichik lirik janrlar Darsning maqsadi: Talabalarning kichik lirik janrlar borasidagi nazariy bilimini chuqurlashtirish. Identiv o’quv maqsadlari: Fardni boshqa kichik lirik janrlardan farqlay oladi. Tuyuqning janr xususiyatini tushuntira biladi. Ruboiyning o’ziga xos belgilarini idrok etadi. Kerakli jihozlar: Navoiy va Bobur ruboiylari (kitob). Ishni bajarish tartibi: Kichik lirik janrlar sanaladi. Fardning paydo bo’lishi haqida tushuncha berish. Fardning bayt tuzilishi so’zlanadi. Tuyuq tajnisga asoslanishi va uning qofiya tuzilishiga to’xtalinadi. Ruboiyning inkishofi haqida fikr bildiriladi. Ruboiyning o’zbek adabiyotidagi taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratiladi. Ruboiy qofiyasi, vazni va mavzu doirasi tahlil qilinadi. Mashg’ulotni yakunlash. Mustaqil ish topshiriqlari: 11.1-topshiriq: Navoiy fardlaridan misol keltirib, janrniing o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. 11.2-topshiriq: Boburning «Ko’ngil tilagan murodiga etsa kishi» ruboiysi asnosida mazkur janr xususiyatlarini tahlil qilish. Adabiyotlar: 6,7,18. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling