O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti hayitboy mirhaydarov


Download 1.31 Mb.
bet25/28
Sana30.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1309703
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
portal.guldu.uz-SHE’R POETIKASI

3-modul bo’yicha nazorat savollar:
9-mavzu bo’yicha:

  1. Poetikaning predmeti va vazifasini ayting?

  2. Ogahiyning «Ustina » ridifli g’azalining qo’shiq qilib aytilganini eshitganmisiz, u sizga qanday ta’sir qilgan?

  3. « Ustina» g’azalidagi timsollarning poetik «yuki»ni sharhlang?

  4. Shoir «sod» va «nun» harflarni nimalarga qiyoslagan?

  5. «Gar ko’rmasang gul bo’lg’onin shamshod ustina» misrasini badiiy – estetik jihatdan izohlang?

  6. «Gardun agar ming Besutun yog’dirsa Farhod ustina» misrasidan she’r san’atini kuzating va sharhlang?

  7. «Ustina» g’azalidan an’anaviy timsollarni ajratib ko’rsating va uning yangiligini ayting?

  8. Tasavvuf aks etgan bayt keltiring va uni sharhlang?

  9. Abdulla Oripovning « Birinchi muhabbatim» she’ridagi timsol va ritm uyg’unligini tushuntiring?

  10. Abdulla Oripovning «Bahor kunlarida kuzning havosi» she’ridagi tafsil va she’r ohangdorligini aniqlang?

10-mavzu bo’yicha:

  1. Izzat Sultonning tarhga bergan ta’rifini ayting?

  2. Sharq adabiyotida qo’llanilgan «tarh» atamasining istilohiy ma’nosini izohlang?

  3. L.Tolstoyning tarhga bergan aniqlamasini tushuntiring?

  4. Belinskiyning tarhga oid fikrini misollar yordamida sharhlang?

  5. Tarh unsurlarini sanang va misollar asosida tushuntiring?

  6. Lirik tarh tasnifini keltiring?

  7. Voqeaband she’r tarhini Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha» she’ri misolida izohlang?

  8. Bir oniy his-tuyg’udan iborat she’r tarhi haqida nimalar bilasiz?

  9. Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’rining tarhini bandma-band sharhlang?

  10. Raddul matla’ning lirik tarhdagi vazifasini izohlang?

11-mavzu bo’yicha:

  1. Fard yozilajak g’azalning matla’si deyishlik to’g’rimi?

  2. Fard atamasining lug’aviy va istilohiy ma’nolarini ayting?

  3. Fardga qisqacha aniqlama bering?

  4. Fard turlarini sanang va misollar keltiring?

  5. Tuyuq janrining kelib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?

  6. Tuyuq borasida Navoiy fikrini aynan keltiring?

  7. Mumtoz va zamonaviy she’riyatda tuyuq yaratgan shoirlarni nombar qiling?

  8. Ruboiyning qofiya tartibi va vaznini xotirga keltiring?

  9. Ruboiyning tarhiga izoh bering?

  10. Ruboiyning mavzu doirasini sharhlang?

12-mavzu bo’yicha:

  1. Tarh va kompozitsiya atamalarining teng tushunchaligini sharhlang?

  2. G’azalning tarhga ko’ra tasnifi borasidagi bahsga sizning munosabatingiz?

  3. G’azal tarhi haqida Navoiy qarashlarini aynan keltiring?

  4. Boburning Navoiy g’azallariga nazariy jihatdan bergan bahosini aynan yoddan ayting?

  5. Adabiyotshunos N. Jumaxo’jaevning «kompozitsiya shakl masalasi» deyishiga siz qanday baho berasiz?

  6. Navoiyning «Qaro ko’zum» g’azali misolida yakpora g’azal tarhini tushuntiring?

  7. Porakanda g’azalga misol keltiring?

  8. Voqeaband g’azalni nazariy jihatdan sharhlang?

  9. Musalsal g’azal tarhini misol orqali tushuntiring?

  10. Qanday g’azal musajja’ deyiladi?


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling